140
yoki undan ko`p maqbulini topishimiz mumkin. Ko`p hollarda o`qituvchilar
bo`lajak pedagoglarda ravonlik ko`nikmasini shakllantirish uchun “aqliy hujum”
strategiyasidan foydalanadilar. Bu mashq og`zaki yoki yozma (g`oyalarni
qog`ozga yozib, keyingi talabaga qo`shimcha g`oyalar kiritish uchun uzatishi
lozim) tarzda bajarilishi mumkin. “To`xta va boshla” mazmundagi “Aqliy
hujum” mashqida Bo`lajak pedagoglar g`oyalarni o`rataga tashlab, ularni tahlil
qiladilar va baholaydilar, so`ng bu yana bir bor qaytariladi. Bo`lajak pedagoglar
bu mashqda yaxshi natijalarga erishsalar,ulardagi kreativlik ko`nikmasi erkin va
ravon fikrlash ko`nikmasi bilan chambarchas bog`liq bo`ladi.
Agarda aksi
bo`lsa, doimiy mashq va tajriba yordamida yashxi natijalarga erishi mumkin.
O`qituvchi mazkur mashqni bajarishda qiyinchilikka uchragan bo`lajak
pedagoglarni kuzatishi tabiiy. Faqatgina yuzaki ma`lumotga ega bo`lgan
bo`lajak pedagoglar cheklangan bilimga ega bo`lganliklari sababli turli va
qiziqarli g`oyalarni o`ylab topishda qiynaladilar. Ba`zi hollarda esa,
etarlicha
ma`lumot va bilimga ega bo`lajak pedagoglar ham mazkur mashqni bajarishda
qiyinchilikka uchrashlari mumkin. Bunday vaziyatda o`qituvchi quyidagi
strategiyalardan foydalangan holda bo`lajak
pedagoglarga yordam berishi
mumkin:
-bo`lajak
pedagoglarga
ruh
bag`ishlovchi
muhitni
yaratish.
O`qituvchi bo`lajak pedagoglarga sinfdagi barcha buyumlar, jihoz, deraza va
devorga osilgan rasm, jadval, sxemalarga e`tibor qaratishni va ularga sinchiklab
qarashni so`raydi.
Sinf
xonasidagi
barcha
narsalar
bo`lajak
pedagoglarda
qanday
g`oyalarning paydo bo`lishiga sabab bo`ldi.
Ularga bu jihoz va buyumlar
nimalarni eslatdi yoki qanday ma`lumot bilan bog`liqligi bor?
Masalan, agarda bo`lajak pedagoglar tsunami haqida “Aqliy hujum”
mashqini bajarayotgan bo`lsalar, tashqarida nur sochib turgan quyosh ularga
tsunami quyoshli kunda ro`y berishini eslatishi mumkin.
141
- Yangi g`oyalarni o`ylab topishda bo`lajak pedagoglar qiziqishlaridan
foydalanish. “Aqliy hujum” mashqi ma`lum bir adabiy asar haqida bo`lsa, asar
qahramonlari xarakteri va ularning hatti-haraktlarini
ular yoqtirgan asar
qahramonlari, televizion ko`rsatuv ijodkorlari yoki mashhur sportchilarning
fe`latvori va hatti-harakatlari bilan solishtirishlari mumkin.
Bo`lajak pedagoglar kreativlikda ravonlik va erkinlikka erishmasalar,
mashq va darslar jarayonida ularning miyasiga birinchi kelgan g`oyagagina
tayanib
qoladilar, vaholanki bunday g`oya boshqalarning g`oyasida ajralib
turmaydi va talabaning keng fikrlashidan dalolat bermaydi. Qolaversa,
muammoning echimini topishda qancha ko`p g`oya topilsa, to`g`ri
javob yoki
variantni tanlash imkoniyati shuncha katta bo`ladi.