Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika




Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/72
Sana14.12.2023
Hajmi1,95 Mb.
#119015
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
kreativ-pedagogika-qullanma

Yaratuvchanlik. “Yaratuvchanlik” tushunchasi boshqa bir g`oyani 
rivojlantirish va uni kengaytirishga asoslanadi, ya`ni berilgan vazifalar anu shu 
g`oya asosida bajariladi. Bir g`oyani kengaytirish uchun bo`lajak pedagoglar 


146 
mavzu, muammo yoki vazifa mazmunin chuqur anglab etishlari va talab etilgan 
darajada bilimga ega bo`lishlari lozim. 
Bo`lajak pedagoglarga “yaratuvchanlik” tushunchasi haqida gapirganda, 
ularga hayotiy misollar keltirish maqsadga muvofiqdir (masalan, kompyuterlar, 
rekonstruktsiya, kino va adabiy asarlar, ilmiy tushunchalar va nazariyalar, 
insonlar hayotida yuzaga keladigan muammolarni echish maqsadida tashkil 
etilgan tashkilotlar). Bo`lajak pedagoglarda ishlab chiqish ko`nikmasini 
shakllantirisha adabiy yoki asarlarni bir-biri bilan taqqoslash (ba`zan ko`p betli 
asarlar kichkina kam betli asarlar kabi ko`p ma`lumot bermaydi) mashqi katta 
samara beradi”. 
 
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish va undan foydalanishning 
samarali yo`llari 
Kreativ fikrlash – bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, 
noodatiy va hokazo…) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va 
hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan 
ifodalashga qaratilgan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish 
jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir. 
Bo`lajak pedagoglarda kreativlikni odatga aylantirish orqaligina 
kreativ 
fikrlash 
ko`nikmasini 
muvaffaqiyatli 
shakllantirish 
mumkin. 
Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va 
kreativ fikrlash ko`nikmalarini baholashda qo`llaniladigan metod va vositalar 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shaxsan siz nima deb o`ylaysiz: Bo`lajak pedagoglarni kreativ fikrlashga 
undash jarayonida mazkur yo`llardan qay tartibda foydalanish kutilgan 
natijalarni kafolatlaydi. Bu o`rinda Patti Drapeau quyidagi maslahatni beradi: 
“Bir manzildan ikkinchi manzilga borish uchun biz ikki va undan ko`p 
yo`nalishlarni bosib o`tamiz. Bu fikr quyida biliriladigan ko`rsatmalarga ham 


147 
taalluqlidir. O`qituvchi dars jarayonida bir yoki bir nechta (yuqorida keltirigan) 
yo`llardan foydalanishi mumkin.
O`qituvchi 
kreativ 
fikrlash 
ko`nikmalarini 
shakllantiruvchi 
fe`llarni (1-yo`l) qo`llashga qaror qilsa, u bevosita kreativ muammolarni hal 
etish (3-yo`l) ustida ish olib borayotgan. Bo`lajak pedagoglarni kreativ fikrlash 
strategiyalari (2-yo`l)dan foydalanishga ham samarali jalb etadi. Dars esa kreativ 
mahsulotni (4-yo`l) ishlab chiqish bilan yakunlanadi.
Kreativ fikrlash jarayonini mohiyatini yorituvchi xarita o`qituvchilarga dars 
jarayonida namoyon bo`ladigan kreativlik darajasi, turini aniqlashga yordam 
beradi. 
Ko`p holatlarda o`qituvchilar hamda bo`lajak pedagoglarning o`zlari ham 
shunday savolga duch kelishadi: kreativ fikrlash jarayonining odat sifatida 
namoyon bo`lishiga erishish mumkinmi? Bu o`rinda Patti Drapeau shunay 
fikrlarni ilgari suradi: “Miya tadqiqotlari kreativ fikrlash ko`nikmasini 
rivojlantirish usullari va uni qanday qilib odatga aylantirish mumkinligini 
tushunish imkonini beradi.
Kreativlik 
miyaning 
old 
(g`oyalar 
yuzaga 
keladigan) 
va chekka (tahlil qilish) sohalarining o`zaro muvofiqlikda ishlashi va dopamin 
(kishining o`zini yaxshi his etishiga yordam beruvchi) moddasining ishlab 
chiqarilishi natijasida ro`y beradi.
Ta`lim olish miyada kichik burmalarining paydo bo`lishiga olib keladi 
hamda miyaning faol ishlashi natijasida bu jarayon kuchayadi.
Inson miyasi obraz, bashorat, xis tuyg`u, emotsiya va ma`no boy 
ma`lumotlar olishni ma`qul ko`radi.
“Agarda ma`lumot hech qanay hissiyot va fikriy jarayonlardan holi bo`lsa, 
u miyada saqlanmaydi”. Biroq, kreativ fikrlash miyada uning “ta`lim olish va 
o`rganish metodlariga zid bo`lgan yangi usullarni qo`llash va noan`anaviy, 
orginal g`oyalarning ishlab chiqilishini taqozo etadi.


148 
Kreativ fikrlash ko`nikmasini mashq qildirish natijasida bo`lajak 
pedagoglar faqatgina o`rnatilgan aloqalarga tayanibgina qolmay, balki miyada 
yangi, ma`noga boy aloqalarni o`rnatish, yangi g`oyalarni ishlab chiqish va 
yangicha fikrlashga moyil bo`ladilar. Doimiy ravishda olib borilgan mashqlar 
natijasida yangicha kreativ fikrlash odatiy va avtomatik xarakterga ega bo`ladi. 
Inson miyasi doimo to`g`ri ishlashga odatlangan, ya`ni, miya uchun faqat 
birgina to`g`ri javob mavjud bo`ladi. 
Vaholanki, bu kreativlik emas. Kreativlik – bo`lajak pedagoglarning o`z 
qarashlarini himoya qilish jarayonida barcha javoblar to`g`ri bo`lishi mumkin 
degani. Kreativlik muhitiga singib ketish sanaladi. Shu sababli kreativ fikrlashni 
odatga aylantirish uchun bo`lajak pedagoglar mazkur jarayonga ishonch bilan 
qaray olishlari lozim. 
Bo`lajak pedagoglar kreativlik rag`batlantirilsa va samimiy muhit 
yaratilsagina, kreativ fikrlashni odatga aylantira oladilar. Kreativ muhitda 
o`qituvchi va bo`lajak pedagoglar boshqalarga nisbatan samimiy munosabatda 
bo`lishni va ularning fikr mulohazalarini hurmat qilishni o`rganadilar. Xato 
qilishdan yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qo`rqish, haddan tashqari 
baxolarga e`tibor qaratish, boshqalardan ajralib turish, mensimaslik va tanqidga 
uchrashdan, kamsitilishdan qo`rqish xissi mavjud bo`lajak pedagoglarda 
kreativlik odatga aylanmaydi. Kreativlikni odatga aylantirish, bo`lajak 
pedagoglarning o`qishdagi muvafaqqiyat va o`z-o`ziga bo`lgan hurmatni 
oshirish faqatgina kreativ fikrlashni muvofiq ravishda qo`llash orqali va 
sog`lom muhitdagina erishish mumkin”. 


149 
Xorijliy pedagoglar, xususan, Patti Drapeauning fikricha, bir shaxsning, 
ayniqsa, o`qituvchining kreativligi boshqa (talaba)larni ijodiy jarayonni tashkil 
etishga ruhlantiradi. “Kreativlik yuqumlilik xususiyatiga egadir; kreativ bo`lish 
uchun kishi ko`proq kreativ insonlar bilan muloqot qilishi va hamisha izlanishda 
bo`lishi lozim.


150 
Har qanday konikmani shakllantirish mumkin bo`lganiday, kreativ 
fikrlash qobiliyati yoki ko`nikmasini ham rivojlantirish mumkin. Bu bo`lajak 
pedagoglarga ham taalluqli bo`lib, kreativlik ustida ishlash bo`lajak 
pedagoglarga noodatiy tarzda fikrlashga yordam beradi. Biroq, bo`lajak 
pedagoglarni ruhlantirish va kreativ bo`ishga undash o`qituvchining qay 
darajada malakali ekanligiga bog`liq. Kreativlik bo`yicha olib borilgan 
tadqiqotlar va kreativlik nazariyachilarining ishlari bo`lajak pedagoglarda 
kreativlik ko`nikmasini shakllantirishda qo`llanma sifatida xizmat qiladi. Bu 
auditoriyadagi muhit, bo`lajak pedagoglarda fikrlash tarzining shakllanishi, 
o`qituvchining yondashuv va strategiyalari elementlarini o`z ichiga oladi. 
Bo`lajak pedagoglarda kreativ fikrlash ko`nikmalarini shakllantirishda 
o`qituvchi alohida o`rin tutadi. Bu jarayonda o`qituvchining roli auditoriyada 
kreativlik muhitini yaratishdan iborat. Pannels va Klakstonlar qayd 
etganlaridek, muhit kreativlikni shakllantirishga ta`sir etadi, boshqa tadqiqotchi 
Piirtoning fikricha esa, kreativlik tavakkal qilishni talab etadi. Vaholanki, 
o`qituvchi sinfd bo`lajak pedagoglar o`zini erkin seza oladigan va o`z fikrlari, 
g`oyalari bilan bo`lisha oladigan muhit yaratishi lozim. Bo`lajak pedagoglar 
kreativlik sinf xonasida o`z g`oya va fikrlarini turli yo`llar bilan ifoda etishlari 
mumkin va ular buni qadrlamoqlari lozim. Bo`lajak pedagoglar miyada yuz 
berayotgan jarayonlarni yanada faollashtirish uchun o`rnatilgan qonun qoidalar, 
standartlardan chetga chiqib, turli savollar berishda erkin harakat qilishlari 
kerak.
O`qituvchi bo`lajak pedagoglardagi kreativlikni noodatiy g`oyalarni 
o`rtaga tashlash va ularni verbal va noverbal tarzda rag`batlantirish orqali 
qo`llab-quvvatlaydi. O`qituvchining bo`lajak pedagoglar berayotgan kreativ 
g`oyalariga nisbatan to`g`ri munosabati ularning mumkin bo`lgan va mumkin 
bo`lmagan shartlarni anglashida muhim ahamiyatga ega. Mazkur elementlarning 
barchasi o`qituvchi-talaba munosabatining muhim qismi bo`lib, bo`lajak 
pedagoglar muvaffaqiyatini ta`minlaydi. 


151 
Muayyan 
omillar 
pedagoglarda 
kreativlik 
sifatlari, 
malakalarini 
rivojlantirishga to`sqinlik qiladi. Shu sababli pedagogik jarayonda o`qituvchilar 
ushbu omillarni bartaraf etishga e`tibor qaratishlari lozim. Quyidagi omillar 
shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to`sqinlik qiladi: 
1) o`zini tavakkaldan olib qochish; 
2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo`pollikka yo`l qo`yish; 
3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi; 
4) boshqalarga tobe bo`lish; 
5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o`ylash 
Kreativ muhitda o`qituvchi bo`lajak pedagoglar diqqat-e`tiborini jalb 
etish maqsadida biror bir yangilikdan foydalanadi. Qiziquvchanlik va 
shubhani uyg`otuvchi ma`lumot, bo`lajak pedagoglarni o`ziga jalb etib, ularda 
o`qishga bo`lgan intilishni kuchaytiradi. 
Olib borilgan miya taqiqotlari shuni ko`rsatdiki, yangilik hamisha 
miyani faollashtiradi. O`qituvchi bo`lajak pedagoglarni yangi ma`lumot 
va manbalar bilan ta`minlaganda yoki yangi strategiyalarni qo`llaganda, miya 


152 
“uyg`onadi” va e`tibor qaratadi. Masalan, biror bir adabiy asar qahramoni 
yoki tarixiy shaxsga o`xshab kiyinish, tarixiy buyum yoki zamonaviy 
predmetlardan 
foydalanish, 
musiqa 
eshittirish, 
latifalar 
aytish, 
sinf 
xonasidagi jihozlar o`rnini almashtirish, o`yinlar o`ynash (bu o`rta 
maktab o`quvchilari va oliy ta`lim muassasalari bo`lajak pedagoglariga ham 
birdek taalluqli), dars shaklini o`zgartirish. Kreativ muhitda o`qituvchi bo`lajak 
pedagoglarga tez-tez tanlash imkonini beradi. 
Tanlov 
kreativlikni 
shakllantirishda 
muhimdir, 
bo`lajak 
pedagoglarni ruhlantirib, ularga o`qishni nazorat qilish imkonini beribgina 
qolmay, balki huquq va imkoniyatlarini kengaytiradi. Tanlov huquqi nafaqat 
o`qituvchi-talaba munosabatini yaxshilash, balki har ikki tarafning ham 
individualligini 
ifodalashga 
zamin 
yaratadi. 
Tanlov 
huquqi 
faqat 
bir tomonlama bo`lishi ham mumkin, ya`ni tanlov talaba tomonidan mustaqil 
ravishda amalga oshirilishi va yakuniy natija ikki yoki undan ko`p shaklda 
taqdim etilishi mumkin. 
Oliy ta`lim muassasalarida ham o`qituvchilar bo`lajak pedagoglarda kreativ 
fikrlash ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ularning jamoa bo`lib, 
kichik yoki katta guruhlarda ishlashlari uchun zarur shart-sharoitni yaratib bera 


153 
olishlari zarur. Zero, katta va kichik guruhlarda ishlash jarayonida bildirilgan har 
qanday fikrni kreativ jihatdan rivojlantirish imkoniyati yuzaga keladi. 
“O`qituvchi 
kreativlik 
darslarida 
jamoa 
tuyg`usining 
ahamiyatini 
angalagan holda, doimiy ravishda guruhlarni o`zgartirib, bo`lajak pedagoglarda 
jamoa bo`lib ishlash, boshqalar qobiliyati va mahoratini hurmat qilish 
ko`nikmasi shakllantiradi. Vaholanki, yakka tartibda ishlash ma`lum 
vaziyatlarda samara bersa, kreativlik darstarida kichik guruhlarda ishlash 
maqsadga muvofiqdir, chunki kreativlik ko`nikmasi ijtimoiy fenomendir; 
Soyerning fikriga ko`ra, kreativ qarashlar jamoa bo`lib ishlash jarayonida va 
kreativ hamkorlik natijasida shakllanadi. 
Zamonaviy ta'lim tizimida o'qituvchi faoliyatining ustuvor yo'nalishi. 
muloqotning dialogik usullariga, yechimni birgalikda izlashga va turli ijodiy 
faoliyatga beriladi. Bularning barchasi o'qitishning interfaol usullarini qo'llash 
orqali amalga oshiriladi. Interfaol ta'lim jarayonida o'quvchilar tanqidiy 
fikrlashni, vaziyat va tegishli ma'lumotlarni tahlil qilish asosida murakkab 
masalalarni yechishni, muqobil fikrlarni topishni, puxta o'ylangan qarorlar qabul 
qilishni, muhokamalarda qatnashishni o'rganadilar. Buning uchun darslar juftlik 
va guruh usullari asosida tashkil etiladi, ilmiy-tadqiqot loyihalari, rolli o'yinlar 
qo'llaniladi. 
O`quvchilarni kichik guruhlarga bo`lish mezonlari: 
- Bo`lajak pedagoglarni ma`lum sohadagi qobiliyatlariga ko``ra kichik 
guruhlarga bo`lish; Bo`lajak pedagoglarni bunday qobiliyatiga ko`ra bo`lish 
aslo kreativ fikrlash ko`nikmasiga bog`liq bo`lmasligi lozim. Bunday guruhlarda 
Bo`lajak pedagoglar erkin harakat qila olishlari va vaqti kelsa boshqa guruhga 
o`tishga tayyor bo`lishlari lozim; 
hamkorlik guruhlari bo`lajak pedagoglarning qiziqishlari asosida tashkil 
etiladi; bunday guruhlar turli bilim va qobiliyat darajasiga ega bo`lajak 
pedagoglardan iborat bo`lishi ham mumkin. Ko`p hollarda bunday guruhdagi 
Bo`lajak pedagoglar ma`lum bir rol, ya`ni mas`uliyatni o`z elkalariga oladilar. 


154 
Mazkur 
guruhni 
shakllantirishda 
asosiy 
e`tibor 
talabaning 
kognitiv 
hohishistalariga emas, balki uning ilmiy va ijtimoiy bilimiga beriladi; 


Download 1,95 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika

Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish