Mulliflar:  G.O.Ernazarova




Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/72
Sana14.12.2023
Hajmi1,95 Mb.
#119015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
kreativ-pedagogika-qullanma

Mulliflar: 
G.O.Ernazarova- Toshkent viloyati Chirchiq davlat 
pedagogika instituti, “Umumiy pedagogika” kafedrasi 
professori, p.f.d.  
 
Yakubova Marhabo Yusufovna, Oblaqulov
Sherali Davronovich - Toshkent viloyati Chirchiq davlat 
pedagogika instituti, ilmiy-tadqiqotchilari 
Taqrizchilar:
p.f.d.,prof.X.Ibraimov 
Qori 
Niyoziy 
nomidagi 
O`zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti 
direktori 
 
p.f.d.,prof.Ximmataliyev D.O. TVCDPIning “Pedagogika 
va menegment” kafedrasi professori 
 
 



Kirish 
“Kreativ pedagogika asoslari” fanining maqsadi: kurs talabalarini kreativ 
pedagogikaning umumiy asoslari, tamoyillari, pedagoglarda kreativlik sifatlarini 
rivojlantiruvchi metod, vosita va texnologiyalar bilan tanishtirish orqali ularda 
o'quv va ma'naviy-ma'rifiy ishlar jarayonini, talabalarning ilmiy-tadqiqot 
faoliyatlarini samarali tashkil etishga nisbatan kreativ yondashish malakalarni 
rivojlantirishdan iborat. 
Ushbu “Kreativ pedagogika asoslari” o'quv qo'llanma, talabalarni kreativ
pedagogikaning umumiy asoslari, tamoyillari, pedagoglarda kreativlik sifatlarini
rivojlantiruvchi metod, vosita va texnologiyalar bilan tanishtirish; mashg'ulotlar 
uchun didaktik ishlanmalar tayyorlash; nazariy va amaliy mashg'ulotlar uchun 
o'quv topshiriqlari turlarini belgilash; o'quv topshiriqlarini ishlab chiqish; o'quv 
topshiriqlari uchun ish qog'ozlarini hama o'quv fanlari bo'yicha joriy, oraliq va 
yakuniy nazoratlar uchun sinov topshiriqlarini tayyorlashga kreativ yondashish 
ko'nikmalarini shakllantirish; talabalarning mavzu mohiyatidan kelib chiqqan 
holda to'liq, g'oyaviy mazmun va ilmiy asoslarga ega, amaliy qiymatga ega 
o'quv materialini tayyorlay olish, ma'ruza mashg'uloti uchun mo'ljallangan 
matnning vizual xususiyat kasb etishi (o'quv axborotining grafik (sxema, jadval, 
diagramma, tasvir, giperbolik va b.) ko'rinishda bo'lishi)ga erishish, ma'ruza va 
amaliy mashg'ulotlar, shuningdek, reyting nazorati uchun keyslar va darajali 
testlar to'plamini shakllantirish 
borasidagi ko'nikmalarining 
malakaga 
aylanishini ta'minlashga qaratilgan. 
“Kreativ pedagogika asoslari” fanini o'zlashtirish jarayonida amalga 
oshiriladigan masalalar doirasida talaba: “Kreativlik” va “Kreativ pedagogika”
tushunchalarining mohiyati; kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti 
va predmeti; kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va muhim 
kategoriyalari; 
kreativ 
pedagogikaning 
ilmiy 
tadqiqot 
metodlari; 
pedagoglarning kreativlik sifatlari, kreativlik imkoniyatlari va malakalari; 
pedagoglar kreativ imkoniyatining muhim darajalari va ularni aniqlovchi 



mezonlar; pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning samarali yo'llari 
va shartlari; pedagoglarda kreativlikni rivojlantirishga to'sqinlik qiluvchi 
omillar; pedagoglarning kreativlik sifatlariga egaliklarini aniqlash shakllari, 
metod va vositalari; pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish bosqichlari, 
metod va vositalari to'g'risidagi bilimlarga ega bo'lishi; o'quv dasturlarini 
yaratish; nazariy va amaliy mashg'ulotlar uchun materiallarni to'plash va ularni 
saralash; o'quv axborot (ma'lumot)larini samarali izlash; nazariy va amaliy 
mashg'ulotlar uchun didaktik ishlanmalar tayyorlash; nazariy va amaliy 
mashg'ulotlar uchun o'quv topshiriqlari turlarini belgilash; o'quv topshiriqlarini 
ishlab chiqish; o'quv topshiriqlari uchun ish qog'ozlarini hama o'quv fanlari 
bo'yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar uchun sinov topshiriqlarini 
tayyorlashga kreativ yondashish; mavzu mohiyatidan kelib chiqqan holda to'liq, 
g'oyaviy mazmun va ilmiy asoslarga ega, amaliy qiymatga ega o'quv materialini 
tayyorlay olish; ma'ruza mashg'uloti uchun mo'ljallangan matnning vizual 
xususiyat kasb etishi (o'quv axborotining grafik (sxema, jadval, diagramma, 
tasvir, giperbolik va b.) ko'rinishda bo'lishi)ga erishish ko'nikmalarini egallashi; 
ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar, shuningdek, reyting nazorati uchun keyslar va 
darajali testlar to'plamini shakllantirish; ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil 
etishda kreativlik sifatlarini to'laqonli namoyish etish; mavzu mohiyati va o'quv 
materialining xarakteridan kelib chiqqan holda auditoriyani jihozlash; ma'naviy-
ma'rifiy tadbir mavzusi, yo'nalishi va xarakteridan kelib chiqqan holda u 
o'tkaziladigan joyni jihozlashga kreativ yondashish malakalarini egallashi; 
kreativ yondashuv asosida o'quv va ma'naviy-ma'rifiy ishlar jarayoni 
muvaffaqiyatli tashkil etish; talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali 
yo'lga qo'yishda pedagogik kreativlik sifatlarini egallashi ko'zda tutilgan. 




Download 1,95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish