24
Kreativlik darslarida pedagoglardan ajoyib g'oyalarni o'ylab topish (o'ziga
xoslik); ularni kengaytirish (ishlab chiqish); yoki boshqa g'oyalar
bilan
solishtirish va ulardagi bog'liqlikni topish (moslashuvchanlik) talab etilganda,
mazkur ko'nikmalar bir-biri bilan kesishadi.
Patti Drepeau tomonidan ham shaxsda kreativlik sifatlari ni muvaffaqiyatli
rivojlantirishning to'rtta yo'li ko'rsatilgan:
Kreativ fikirlash ko'nikmasini shakllantirish;
Amaliy kreativ harakat ko'nikmalarini rivojlantirish
Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish;
Kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish.
Xorijiy pedagoglar, xususan, Patti Drapeauning fikricha,
bir shaxsning
ayniqsa o'qituvchining kreativligi boshqalarni ijodiy jarayonini tashkil etishga
ruhlantiradi.
2-modul.Kreativ pedagogikaning nazariy asoslari
Reja:
Kreativlikka oid tadqiqotchilarning fikrlari va uning dolzarbligi
Kreativ salohiyatning tashkiliy aspektida pedagog kadrlar kasbiy
faoliyatining o'ziga xosligi
Kreativlik xaqida
nazariy tushunchalar
Tayanch tushunchalar: Kreativlik, kreativ pedagogika, tadqiqotchilar,
dolzarblik, kreativ salohiyat, pedagog kadr, kasbiy faoliyat, nazariy
tushunchalar
Ijod madaniyat singari, inson hayotiga, demak, ta'lim tizimiga ham kirib
borishi kerak.
Binobarin, ijodiy pedagogikaning ijtimoiy fanlari tizimida ya'ni
25
pedagogikaning yangi tarmog'i sifatida rivojlanishi uchun qator shart-sharoitlar
mavjud.
Kreativ pedagogika - bu ijodiy ta'lim fani va san'atidir. Bu pedagogikaning
majburlash pedagogikasi, hamkorlik pedagogikasi, tanqidiy pedagogika kabi
pedagogika turlariga qarama-qarshi bo'lgan pedagogikaning bir turi hisoblanadi.
Kreativ pedagogika o'quvchilarni
ijodiy fikrlashga, kelajagini yaratuvchisi
bo'lishga o'rgatadi.
Kreativ pedagogika, har qanday fanga, xoh matematika,
xoh fizika, xoh
tillar, xoh iqtisod bo'lsin, qo'llanilish mumkin bo'lgan pedagogikadir. Ma'lum
darajada aytish mumkinki, uning metodologiyasi o'qitish va o'rganish jarayonini
o'zgartiradi.
Xorij
olimlaridan
S.Godnik,
A.Dunaeva,
N.Kichuk,
N.Anoxina,
V.Bespal`ko,
D.Bogoyavlyanskaya,
YE.Varlamova,
S.Stepanov,
N.Vishnyakova, I.Voloshuk, A.Zakirov, I.Isaev, M.Kaplonova, S.Sisoeva,
I.Zyazyun, N.Nikolaenko kabi olimlar tomonidan pedagog kadrlarning kreativ
faoliyatining o'ziga xosliklari o'rganilgan.
I.Borzenkova, M.Kashanov, V.Klimenko, YA.Ponomarev, Ye.Nikoleva,
M.Merovich,
A.Raximova,
V.Romenets
tomonidan
kreativlikni
shakllantirishning psixologik masalalari tadqiq etilgan.
Xorijiy
tadqiqotlar
tajribasida
kreativlik
va
kreativ
qobiliyatni
shakllantirish masalasi A.Rou, E.De Bono, Dj.Gilford, G.Demos, Ye.Torrans,
E.From, K.Rodjers, A.Maslou, F.Barron, R.Stenberg, T.Lyubard, K.Mushiru,
S.Tordjman, F.Zenasni, CH.Lendri, T.Amabail, E.Xemlin, R.Vaysberg,
N.Davidovich, R.Milgram, D.Xenriskon tadqiqotlarida o'z ifodasini topgan.
Pedagog kadrlarni zamonaviy bilimlarning yetkazuvchisi, yaratuvchisi
sifatida tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonida ularning kreativ salohiyatni
shakllantirish katta ahamiyat kasb etadi. Kreativlikka
oid tadqiqotlar asoschisi
D.Gilford muammolarning samarali yechimi mavjud intellektual testlar bilan
o'lchanadigan bilim va malakalarga emas, balki tezkor ravishda turli usullar
26
bilan vazifani hal qilish uchun taqdim qilingan axborotni qo'llashga bo'lgan
individual qobiliyatga bog'liqligini isbotladi. Bunday o'ziga xoslik esa kreativlik
deb nomlandi.
D.Gilford va Ye.Torrans kreativ tafakkurning o'ziga xosliklarini
tavsiflovchi 16 ta intellektual qobiliyatni ajratib ko'rsatdi. Ular orasida tezkorlik,
uddaburonlik, qiziquvchanlik va mantiqiy fikrlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Keyinroq D.Gilford mazkur qobiliyatlarni turli yo'nalishlarda
sodir
bo'ladigan va muammoni hal qilish yo'llarini tasniflashlashga imkon beradigan
“
Divergent tafakkur” nomi ostida umumlashtirdi.