Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika




Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/72
Sana14.12.2023
Hajmi1,95 Mb.
#119015
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72
Bog'liq
kreativ-pedagogika-qullanma

 
 
 
Ob'ekti 
Barcha yosh bosqichlari bo'yicha 
kreativ shaxsni kasbiy 
shakllantirish va rivojlantirish 
jarayoni 
Predmeti 
Kreativ shaxsni kasbiy 
shakllantirish va rivojlantirish 
metodologiyasi, ustuvor 
tamoyillari, yetakchi g'oyalari, 
muhim yo'nalishlari, asosiy 
bosqichlari va b. 


31 
Oliy ta'lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirish 
jarayonida quyidagi holatlar so'z yuritilayotgan jarayonda samaradorlikka 
erishishni kafolatlaydi: 
-oliy ta'lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishga 
alohida e'tibor qaratish; 
-oliy ta'lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishning 
nazariy asoslarini ishlab chiqish; 
-oliy ta'lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishga 
xizmat qiluvchi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini 
belgilash; 
-talabalarning kreativ tafakkurini shakllantirishga yordam beruvchi shakl, 
metod va vositalar tizimini asoslash; 
-mazkur jarayonda fanlararo aloqadorlikni ta'minlash; 
-talabalar tomonidan o'zlashtirilgan nazariy-pedagogik bilimlarning 
amaliyotga tadbiq etishga imkon beruvchi shart-sharoitlarni yaratish. 
 
 
 
Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy kategoriyalari 
 
Har qanday fan singari “Kreativ pedagogika” fani ham o'zining tarkibiy 
tuzilmasiga ega. Ushbu fan quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega: 
- kreativ ta'lim asoslari: maqsadi. vazifalari, ob'ekti, predmeti, sub'ektlari, 
mazmuni, metodologiyasi, shakllari, metodlari, vositalari, metodikasi va 
texnologiyalari; 
- malakali kadrlarni tayyorlash va ular tomonidan kasbiy faoliyatni 
tashkil etish jarayonida yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda kreativ 
shaxsni shakllantirish bosqichlari 


32 
Kreativ pedagogikaning umumiy mohiyati uning konpeptsual holatlarini 
ifodalovchi bir qator tushunchalar asosida ochib beriladi. Ular quyidagilardan 
iborat: 
Ijodkorlik – muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini 
belgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi 
Ijodkor shaxs – ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan 
hamda aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs 
Kreativ shaxs – jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi, 
masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o'ziga 
xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni 
yaratishga layoqatli va tayyor shaxs 
Bunyodkor shaxsham jarayon, ham natija sifatida ob'ektiv ijodkorlikni 
amalga oshiradigan va talablar darajasida ijodiy mahsulotlarini yarata oladigan 
shaxs. 
Kreativ shaxsni tayyorlash – ijodkorlikka o'rgatish va o'zini o'zi ijodiy 
namoyon etish jarayonida shaxsda barqaror kreativ sifatlarni shakllantirish va 
rivojlantirish mazmuni 
Ijod – ijtimoiy sub'ektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat yoki 
muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi 
Ijodkor shaxs – kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalarini qaror toptirish va 
boyitish asosida ijodiy g'oya, ularni amalga oshirish ko'nikma va malakalariga 
ega shaxsni shakllantirish hamda rivojlantirish. 
Kasbiy-ijodiy faoliyat – mutaxassisning kasbiy masalalarni ijodiy hal qilish 
muvaffaqiyatini tavsiflovchi faoliyati, innovatsion xatti-harakati 
Ijodiy topshiriqlar – muammoli vaziyatlarni tizimli tahlil asosida hal 
qilishga yo'naltirilgan masalalar tizimi 
Kasbiy-ijodiy imkoniyat – 
1) kasbiy kompetentsiya, malakaga egalik; 
2)kasbiy ijod metodologiyasi asoslarini o'zlashtirganlik; 


33 
3)ijodiy tafakkurning shakllanganlik darajasi; 
4)kasbiy-ijodiy layoqat va shaxsiy sifatlarning rivojlanganligi. 
Kasbiy ijodkorlik metodologiyasi – ijodkorlikning jarayon va natija sifatida 
ob'ektlar hamda muayyan kasbiy faoliyat turlariga munosabat ko'rinishidagi 
tuzilishi, mantiqiy tashkil etilishi, metod va vositalari haqidagi ta'limot 
Ijodiy tafakkur – tafakkurning ijod jarayonini tashkil etish va ijod natijalari 
(mahsullari)ni bashoratlashni ifodalovchi turi 
Kreativ qobiliyat – shaxsning ijodiy faoliyatni tashkil etish va uning 
natijalanganligiga erishishni ta'minlash imkoniyatini belgilovchi individual 
xususiyati
Ijodiy qobiliyat – ijodiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish va uning 
natijalanganligi, o'zini o'zi ijodiy faollashtirish – shaxsning ijodiy faoliyatda o'z 
imkoniyatlarini to'laqonli namoyon qilishi va rivojlantirishi, kabilar 
pedagoglarning kasbiy-ijodiy imkoniyati kasbiy masalalarni ijobiy hal qilish va 
ularning yechimini tegishli darajada baholashda ko'rinadi. 

Download 1,95 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72




Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika

Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish