Individuallashtirish tamoyili




Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/72
Sana14.12.2023
Hajmi1,95 Mb.
#119015
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72
Bog'liq
kreativ-pedagogika-qullanma

4. Individuallashtirish tamoyili
Ushbu tamoyilning asosiy jihati har bir talabaning individual tarbiyaviy ish 
uslubini, uning shaxsiy rivojlanishining o'ziga xos trayektoriyasini va ruhiy 
jarayonlarning ishlash xususiyatlarini hisobga olishdan iborat. Shunda 
dasturning har bir ishtirokchisining individual natijasi, shaxsiy xususiyatlar 
sifatida kreativlikning shakllanish darajasiga mos keladigan ijodiy yutug'i 
bo'ladi. 
Kreativlikning rivojlantirishning bosh maqsadi bu o'quvchilarning aqliy 
faoliyati va mantiqiy fikrlashini rivojalntirishdan iborat. Buning uchun biz talaba 
erishgan rivojlanish darajasiga emas, balki bir oz oldinroq qadam tashlab, uning 


22 
fikrlash qobiliyatidan biroz yuqoriroq bo'lgan talablarni qo'yishimiz kerak. 
Shuningdek kreativlikni rivojlantirish quyidagi vazifalarni hal qilishga ham 
yordam beradi: 
1. Talabalarni turli yo'nalishlarda fikrlashga o'rgatish; 
2. Nostandart vaziyatlarda muammoning yechimlarini topishni o'rgatish; 
3. Aqliy faoliyatning o'ziga xosligini rivojlantirish. 
4. Talabalarni mavjud muammoli vaziyatni turli tomonlardan tahlil qilishga 
o'rgatish; 
5. Tez o'zgaruvchan dunyoda yanada samarali hayot va moslashish uchun 
zarur bo'lgan fikrlash xususiyatlarini rivojlantirish. 
Shu bilan birgalikda pedagogik kerativlikni rivojlantirish sharti o'qituvchi va 
o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda insonparvarlik psixologiya 
tamoyillarini amalga oshirishdir. Ushbu tamoyillar quyidagilarni nazarda tutadi: 
1. Har bir talabaning g'oyasini yuqori baholash, bu barcha g'oyalar va 
javoblarni ijobiy mustahkamlash, xatodan tanish narsaga yangicha qarash 
imkoniyati sifatida foydalanishni nazarda tutadi. 
2. O'zaro ishonch, psixologik xavfsizlik muhitini yaratish. 
3. Tanlash va qaror qabul qilishda mustaqillikni ta'minlash.
Kreativ salohiyatga ega o'qituvchi quyidagi sifatlarga ega bo'ladi: 
Kreativ fikrlashi kengayadi; 
Tadqiqot ko'nikmalarini yaxshi egallaydi; 
Pedagogika yoki maxsus fan yutuqlaridan hamda ilg'or tajribalardan 
foydalanish imkoniyatlarini mustaqil tahlil qiladi; 
Professor-o'qituvchilar tomonidan olib borilayotgan ijodiy loyihalar va 
ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi. 
Kreativ fikrlaydigan o'qituvchiga qo'yiladigan zamonaviy talablar shundan 
iboratki, u axborotchi emas, balki o'quvchilarning individual imkoniyatlarini 
hisobga olgan holda muvofiqlashtiruvchi (koordinator), boshqaruvchi (menejer), 
muloqot tashkilotchisi, maslahatchisi bo'lishi kerak. O'qituvchi bilimlarni 


23 
o'zlashtirishning eng samarali usullarini izlashni qo'llab-quvvatlaydi va 
boshqaradi, qiziqarli kashfiyotlarni rag'batlantiradi, muvaffaqiyasiz urinishlarni 
tahlil qiladi, o'quvchilarni mag'lubiyat va g'alabalarni amalga oshirishga 
undaydi. 
Demak, kreativlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari sinfda 
maqsadli ravishda yaratilgan ijodiy tarbiyaviy muhitga bog'liq bo'lishi mumkin; 
o'qituvchining ijodiy xulq-atvori namunasining mavjudligi va talabalarning 
ijodiy qobiliyatlarini ifodalovchi sifatida o'qituvchining shaxsiyati; talabalar va 
o'qituvchilarning birgalikda yaratilishi; ijodiy faoliyatdagi sub'ektiv o'rni; ijodiy 
muhitni saqlash va muvaffaqiyat holatlarini yaratish. 
Talabalar ijodining eng samarali rivojlanishi ijodiy ta'limning uzluksiz tizimi 
sharoitida maqsadli, har tomonlama pedagogik ta'sir ko'rsatish orqali 
ta'minlanadi. Bu va boshqa masalalarni ishlab chiqish bilan fundamental amaliy 
pedagogika sohasi sifatida kreativ pedagogika shug'ullanishi lozim. 
Shuningdek nostandrt fikrlovchi, qiyin vaziyatlarda xotirjam, muammoning 
yechimini topishda bir tomonlama emas, turli tomonlama yondashadigan 
salohiyatli mutaxassislarni yetishtirishdan iborat. 
Kreativlik otasi" nomi bilan mashhur Pol Torrans to'rtta kreativlik 
konikmasini aniqlagan. Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, 
mazkur kreativ ko'nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkun: 

Download 1,95 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72




Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish