41
darajasini aniqlash maqsadida qo'llaniladi. Uni qo'llashda o'quvchilarning ijodiy
ishlari –
ikki varaqli kundalik, insho, yozma ish, kichik esse, referat, kurs ishi,
bitiruv
malakaviy ishlari, pedagogik amaliyot hisobotlari muhim vosita bo'lib
xizmat qiladi.
Metod ma'lum o'quvchiga xos bo'lgan individual imkoniyatni ko'ra olish,
baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi. Ekspert baholash metodi
zamonaviy sharoitda deyarli barcha sohalara olib boriladigan tajribalarda
jarayonida qo'llaniladigan va keng ommalashgan ilmiy-taqiqot metodlardan biri
sanaladi. Ko'p holatlarda shaxsda kreativlik sifatlari
va ijodiy faoliyat
ko'nikmalarining shakllanganlik darajasini aniqlash psixolog, pedagog va
bevosita kreativlikka dahldor sohalarning vakillari –
malakali mutaxassislar
ishtirokida amalga oshiriladi.
Ammo ta'lim jarayonida hamkorlik ta'limi tamoyillariga muvofiq
talabalarning o'rtasida ham ularning o'quv topshiriqlarini bajarishga nisbatan
kreativ yondashuvlarining samaradorligini baholash
maqsadida ekspert guruhi
shakllantirilishi ham mumkin. Bu guruh talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy
mahsulotlar va ularning sifatini baholaydi.
Shunday qilib, zamonaviy sharoitda ta'lim va tarbiya jarayonlarining sifatli,
samarali tashkil etilishi ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo'yilmoqda.
Mazkur zaruriyatning qondirilishi pedagoglarning yuqori darajada kasbiy
kompetentlik, mahorat va malakalarga ega bo'lishlarini taqozo etadi. ta'lim
olishga bo'lgan qiziqishni yuzaga keltiradi, ularning o'quv-bilish
faoliyatlarini
faollashtirishga yordam beradi. Qolaversa, talabalarning mutaxassis sifatida
kreativ sifat, ijodkorlik ko'nikma, malakalarini faol o'zlashtirishlari uchun zarur
sharoitni yaratadi. “Kreativ pedagogika” fanining
asoslari talabalar va
pedagoglarda kreativlik sifatlari va ijoiy faoliyat ko'rsatish malakalarini samarali
shakllantirishga xizmat qiladi.