“Kreativ pedagogika”ning boshqa fanlar bilan aloqadorligi




Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/72
Sana14.12.2023
Hajmi1,95 Mb.
#119015
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72
Bog'liq
kreativ-pedagogika-qullanma

“Kreativ pedagogika”ning boshqa fanlar bilan aloqadorligi 
Shaxs kamolotini ta'minlash, uning intellektual, ma'naviy-axloqiy hamda 
jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning 
o'ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga 
olish maqsadga muvofiqdir. Yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil 
etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o'rganiladi. Shu bilan birga “Kreativ 
pedagogika” fani bir qator ijtimoiy fanlar bilan o'zaro aloqadorlikda kreativ 
shaxsning shakllanishi va rivojlanishi masalalarini tadqiq etadi.“Kreativ 
pedagogika” fani bir qator ijtimoiy fanlar bilan o'zaro aloqadorlikda: 
t/r 
Fanlar 
Mazmuni 

Umumiy pedagogika 
nazariyasi 
va
amaliyoti
har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni 
shakllantirish, unda dunyoqarash va yuksak 
ma'naviy-axloqiy 
sifatlarni 
tarbiyalash, 


34 
pedagogik fikrlarning paydo bo'lishi va 
rivojlanish tarixini, turli davrlarda bola 
tarbiyasini tashkil etishga oid bilimlarning 
shakllanishini tadqiq qiladi. 

Maktabgacha 
ta'lim 
pedagogikasi
maktabgacha 
ta'lim 
yoshi 
bolalarini 
tarbiyalash, ularga boshlang'ich bilimlarni 
berish 
masalalarining 
tadqiqi 
bilan 
shug'ullanadi. 

Boshlang'ich 
ta'lim 
pedagogikasi
boshlang'ich 
sinf 
o'quvchilarining 
yosh, 
psixologik xususiyatlarini inobatga olgan 
holda ularni o'qitish va tarbiyalash jarayonini 
o'rganadi. 

Pedagogik mahorat va 
pedagogik 
texnologiya
bo'lajak 
o'qituvchilar, 
tinglovchilarda 
pedagogik jarayonni metodik jihatdan to'g'ri, 
samarali tashkil etish, o'qituvchi va o'quvchi 
munosabatlarini 
oqilona 
yo'lga 
qo'yish, 
bo'lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatni 
tashkil etishga tayyorlash, ta'lim va tarbiya 
jarayonlarini texnologik yondashuv asosida 
takomillashtirish, 
ilg'or 
pedagogik 
texnologiyalarni yaratish va ta'lim amaliyotiga 
samarali tatbiq etish masalalarini o'rganadi. 

Korrektsion (maxsus) 
pedagogika
imkoniyati 
cheklangan 
kar-soqov 
(surdopedagogika), 
ko'r 
(tiflopedagogika), 
aqliy jihatdan rivojlanishda ortda qolgan 
(oligofrenopedagogika) bolalarga ta'lim berish 
va 
ularni 
tarbiyalashning 
o'ziga 
xos 
xususiyatlarini o'rganadi. 

Xususiy 
metodika 
(xususiy 
fanlarni 
o'qitish)
turli o'quv fanlari (mas., fizika, matematika
biologiya. kimyo. tarix, huquq, jismoniy 
tarbiya va h.o.lar)ni o'qitishning o'ziga xos 
jihatlarini tadqiq qiladi. 

Kasbiy pedagogika
turli (ijtimoiy, texnik, madaniy-maishiy, ishlab 
chiqarish) yo'nalishlarida tegishli soha (mas., 
qishloq xo'jaligini rivojlantirish, madaniy-
maishiy 
xizmat 
ko'rsatish 
tizimini 
takomillashtirish va boshqalar) bo'yicha kasbiy 


35 
faoliyatni samarali yo'lga qo'yish yo'llarini 
o'rganadi. 

Ta'lim menejmenti
ta'lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil 
etish va oqilona boshqarish masalalarini tadqiq 
qiladi. 

Qiyosiy pedagogika
ta'limning jahon, mintaqa, davlat miqyosidagi 
rivojlanishining 
umumiy 
va 
alohida 
tendentsiyalari, qonunlari va qonuniyatlarini 
o'zaro solishtirish, qiyoslash asosida o'rganadi, 
xalqaro pedagogik tajribaning ijobiy va salbiy 
jihatlarini, milliy pedagogik madaniyatlar 
almashinuvining shakl va usullarini aniqlaydi. 
10 
Pedagogik innovatika
ta'lim sub'ektlari nuqtai nazardan pedagogik 
innovatsiyalarning mohiyati, paydo bo'lish, 
rivojlanish qonuniyatlarini hamda pedagogik 
an'analar 
bilan 
kelajak 
ta'limining 
loyihalashtirilishi 
o'rtasidagi 
aloqalarni 
o'rganadigan fan. 
11 
Harbiy pedagogika
harbiy ta'limning o'ziga xos jihatlarini, uni 
tashkil etishning samarali shakl, metod va 
vositalari, ilg'or texnologiyalarini, harbiy 
faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etish yo'llarini 
ochib beradi. 
12 
Hamkorlik 
pedagogikasi
turli fanlar yoki mutaxassislik asoslarining 
ta'lim beruvchi hamda oluvchilar o'rtasidagi 
o'zaro muloqot asosida samarali o'rganish 
mazmuni, tamoyillari, shakllari, metodlari va 
vositalarini ko'rsatib beradi. 
13 
Neyropedagogika
inson 
miyasining 
ijodiy 
imkoniyatlarini 
aniqlash va amaliy (funktsional) rivojlantirish, 
shaxsda faoliyatga nisbatan faol, ongli 
munosabatni qaror toptirish, ijtimoiy hulq- 
atvorni psixologik korrektsiyalash, bolalar 
ruhiy 
rivojlanishni 
tashxislash 
va 
bashoratlashning 
yangi 
ilmiy 
dasturlari, 
samarali shakl va metodlarini, shuningdek, 
yangi 
turdagi 
maktabgacha 
ta'lim 


36 
muassasalari faoliyatini tadqiq etadi. 
14 
Pedagogik texnika
nopedagogik OTM pedagoglarini pedagogik 
mahorat va pedagogik texnika asoslari bilan 
tanishtirish orqali ularda ta'lim jarayonini 
sifatli, samarali tashkil etish ko'nikma, 
malakalarini 
rivojlantirish 
masalalarini 
o'rganadi. 
15 
Pedagogik 
kvalimetriya
ta'lim sifatini izchil nazorat qilish va samarali 
boshqarishga oid muammolarni tadqiq etadi. 
16 
Pedagogik 
jarayonlarning tizimli 
tahlili
pedagoglarda ta'lim va tarbiya jarayonlarining 
mohiyatini yaxlit tizim sifatida anglash, turli, 
shu jumlaan, muammoli vaziyatlarni yaxlit, 
izchil tahlil qilish malakalarini rivojlantirish 
muammolarini tadqiq etadi. 
17 
Pedagogik 
prognostika 
va 
pedagogikaning 
istiqbolli yo'nalishlari
mavjud sharoitda pedagogik turkum fanlarni 
sifatli o'qitish, ta'lim va tarbiya jarayonlarining 
samaradorligini 
oshirish 
muammolarini 
aniqlash, ularni bartaraf etish yo'llarini izlash, 
istiqbolli yo'nalishlarini belgilash masalalarini 
tahlil etadi. 
18 
Pedagogik jarayonni 
boshqarishda qarorlar 
qabul qilish
pedagoglar tomonidan ta'lim va tarbiya 
jarayonlarining 
izchil, 
tizimli, 
samarali 
boshqarilishini ta'minlash, mavjud pedagogik 
vaziyatlarda tizimli tahlil asosida oqilona 
qarorlar qabul qilinishiga erishish masalalarini 
o'rganadi. 
19 
Falsafa
tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining 
umumiy qonuniyatlarini o'rganadi. 
20 
Estetika asoslari
nafis san'atni, badiiy ijodiyotni, tabiat va 
turmushdagi 
go'zallikning 
mohiyati, 
shakllarini, inson va ijtimoiy borliq o'rtasidagi 
qadriyatlar munosabatini o'rganadi. 
21 
Psixologiya
inson 
faoliyati, 
shaxs 
xatti-harakatlarida 
borliqning aks etishini, ruhiy jarayonlar, 
hodisalar va xislatlarning mohiyatini yoritadi. 


37 

Download 1,95 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72




Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Kreativ pedagogika”ning boshqa fanlar bilan aloqadorligi

Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish