Kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti Ko'z oldingizga ta'lim jarayonini yuksak mahorat bilan boshqarayotgan, uni
o'ziga xos va qiziqarli tarzda jo'shqinlik, zavqu shavq bilan tashkil etayotgan
o'qituvchini keltiring. U, garchi, o'zini kreativ shaxs yoki ijodkor deb bilmasa-a,
biroq, kreativlikni namoyon etuvchi ta'lim jarayonini tashkil etayotganidan, unga
imkon beradigan metod, usullarni qo'llayotganligidan o'zi ham mamnun,
qolaversa, talabalarning minnatdor bo'lishlariga erishmoqda. Talabalarda
kreativlik sifat va ko'nikmalarining o'zlashtirilishida “Kreativ pedagogika”
muhim o'rin tutadi.
O'qituvchi ta'lim jarayonida kreativ metod, usullardan qancha ko'p
foydalansa, o'ziga va o'zining ijodiy, kreativ imkoniyatlariga nisbatan ishonchi
shuncha ortadi. “Kreativ pedagogika muayyan vazifalarni bajaradi. Ular
quyidagilardan iborat:
Kreativ pedagogika – 1) pedagogda ta'lim va tarbiya jarayonini tashkil
etishga nisbatan ijodiy, kreativ yondashish, mavjud pedagogik muammolarni
ijobiy hal qilishga bo'lgan qobiliyat va malakalarini rivojlantirish; 2)
talabalarda o'quv materiallarini o'zlashtirishga ijobiy, mustaqil yondashish,
o'quv topshiriqlarini bajarishda yangi, ijodiy va kreativ g'oyalarni ilgari
surish qobiliyati ko'nikmalarini shakllantirish hamda bosqichma-bosqich
rivojlantirish asosida kasbiy tayyorlash asoslarini yoritadigan, shaxs
kreativligining turli yosh bosqichlari xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi
masalalarini o'rganuvchi fan.
1)ta'lim mazmuni, o'quv rejalari va dasturlarini saralash;
2)o'quv moduli (fani)ni o'qitishning taktika va strategiyalarini
belgilash;
3)mos psixologik-pedagogik tashxis vositalarini tanlash;
4)ta'lim oluvchilarning kreativ rivojlanishini bashoratlash;
5)kreativ shaxsni shakllantirishning boshqaruv tizimini ishlab
chiqish
30
Har qanday fan kabi “Kreativ pedagogika” o'quv predmeti ham aniq
maqsadni ko'zlaydi.“Kreativ pedagogika” fanining maqsadi shaxsni kreativ
o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishdan iborat. Ma'lumki, har bir fan o'zining tadqiqot ob'ekti va predmetiga ega bo'ladi.
“Kreativ pedagogika” ham o'z ob'ekti va predmetiga ega. Ular: