38
Suhbat indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda o'tkaziladi. Suhbat
jarayonida talabalarning kreativlik imkoniyatlari to'la namoyon bo'lishiga
erishish muhim.
2.
Pedagogik tahlil. Tadqiqotni olib borish
jarayonida ushbu metodni
qo'llashdan ko'zlangan maqsad tanlangan shaxs tomonidan kreativlik sifatlari,
imkoniyatlari va malakalarining o'zlashtirish darajasini aniqlashdan iborat bo'lib,
pedagog tomonidan ilgari surayotgan g'oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini
asoslashga xizmat qiladi.
3.
Pedagogik-psixologik tashxis metodlari. Bu kabi metodlar shaxsning
kreativlik sifatlari va ijodiy faoliyatni tashkil etish ko'nikmalariga
egaligini
tashxislash hamda baholashga xizmat qiladi. Zamonaviy sharoitda shaxsning
kreativlik sifatlari, ijodiy faoliyatni tashkil etish ko'nikmalariga egaligini
tashxislashda o'nlab metodlar qo'llanilmoqda.
Ular orasida bir guruh metodlar amaliy jihatdan samarali bo'lib, ular
rivojlangan xorijiy mamlakatlarda keng qo'llanilmoqda. Gauenaning “Zahiraviy
model”,
Slosson testi, Vekslerov shkalasi. Vekslerov shkalasi (“WPPSI” testi),
boshlang'ich maktablar uchun mo'ljallangan Stanford testi hamda Torrens
testlari (jumladan, “Tugallanmagan rasmlar” testi) shular jumlasidandir.
4.
Pedagogik tajriba (lot. “eksperiment” – “tajriba qilib ko'rish”)
metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini o'rganish, mavjud
pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi,
berilayotgan
tavsiyalarning amaliyotda o'z in'ikosiga ega bo'la olishi va ularning
samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Pedagogik tajribaning
quyidagi turlari mavjud.