56
sekin kreativ vazifalarni bajarishga nisbatan qiziqish ortadi,
shuningdek, kreativ
tafakkurga ega o'qituvchini kuzatish natijasida kreativ fikrlashga moyil bo'ladi.
Psixologiyada P.Torrens tomonidan shaxs kreativligini aniqlovchi test
ishlab chiqilgan. P.Torrensning fikricha, shaxs kreativligi o'zida
quyidagi
belgilarni namoyon qiladi:
1) savollar, kamchiliklar va bir-biriga zid ma'lumotlarga e'tiborsiz
bo'lmaslik;
2) muammolarni aniqlash uchun harakat qilish,
ilgari surilgan taxminlar
asosida ularning yechimini topishga intilish
Kreativlik xarakteridagi o'quv-bilish muhiti talabalarda ta'lim jarayonida
katta ahamiyatga ega bo'lgan tanqidiy va kretiv fikrlash ko'nikmasining
rivojlanishiga olib keladi.
Kreativ tafakkurga ega talabalar:
-boshqa talabalarning xayoliga kelmagan g'oyalarni bildiradi;
-o'zlarini ifoda etishning o'ziga xos uslubini tanlaydi;
-ba'zan mavzu aloqasi yo'q yoki g'ayrioddiy savollar beradi;
-yechimi ochiq qolgan vazifalardan zavqlanadi;
-g'oyalarni aniq dalillar asosida muhokama qilishni afzal ko'radi;
57
-muammoning yechimini topishda noan'anaviy yondashuvni tanlaydi.
Shaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi.
Shaxsga xos kreativlik sifatlarining turlari
1
Ijodiy yo'nalganlik
2
Mantiqiy fikrlash
qobiliyati
3
Eruditsiya (bilag'onlik)
4
Boy tasavvurga
egalik
5
Ijodiy ta'sirchanlik va tashabbuskorlik
6
O'z ijodkorligini to'la-to'kis namoyish etish
7
Refleksiya qobiliyati
8
Hissiyotga boylik
9
Tavakkal qila olish qobiliyati
10
Tafakkur tezligiga egalik
11 Ichki sezgining rivojlanganligi
12 O'ziga xos (orginal) g'oyalarni ilgari sura olish qobiliyati
13 Innovatsion qobiliyatga egalik
14 Yuksak badiiy qadriyatlarga egalik
15 Mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish
malakasi
Kreativ jihatdan rivojlanisha har bir shaxs hayotida davr va bosqich muhim
ahamiyat kasb etadi. Demak: Kreativlikning rivojlanish davri – ma'lum
kreativlik sifatlarining rivojlanishi yakuniga yetgan qandaydir vaqt birligi.
Kreativlikning rivojlanish bosqichi – muayyan kreativlik sifatlarining
ivojlanganlik darajasi . Shunga ko'ra ma'lum davr va bosqichlarda pedagoglarda
ham kreativlik sifatlari, ijodiy faoliyat malakalari rivojlanadi.
Pedagoglar kreativlik sifatlari bilan bir qatorda
ijodiy faoliyatni tashkil
etishga layoqatlilikni ifodalovchi quyidagi malakalarga ham ega bo'lishlari
zarur:
58
Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malakalar
guruhlari:
bilishga oid (gnostik) malakalar;
loyihalash malakalari;
ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar;
tadqiqotchilik malakalari;
muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari;
tashkilotchilik malakalari;
Quyida ushbu malakalar guruhlarining mohiyati yoritiladi: