Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika




Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/72
Sana14.12.2023
Hajmi1,95 Mb.
#119015
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72
Bog'liq
kreativ-pedagogika-qullanma

1.O'quvchi muammoni yechish, topshiriqlarni bajarish yo'llarini o'zi izlay-
di, mustaqil fikrlab, mulohaza yuritadi. 
2.O'quvchi berilgan topshiriq yoki vazifani mustaqil bajaradi, ammo ijo-
diy yondosholmaydi. Mustaqil holda topshiriqni bajarishda muammolarni hal 
etadi, ammo natija qanchalik darajada to'g'riligini kuzatmaydi. Berilgan 
topshiriq yoki muammoli masalaga o'xshashlarini tuza oladi. 
3.Muammoning tayyor yechimlaridan foydalanishga intiladi. 
Muammoni yechishda qiyinchilikka duch kelishi bilan yordam so'raydi. 
Muammoli masalani yoki topshiriqni mustaqil yechishda qobiliyati yetmaydi. 
Uzluksiz ta'lim tizimida axborot texnologiyalari bilan zamonaviy 
pedagogik texnologiyani birgalikda ta'lim jarayoniga tatbiq etish o'qitish 
jarayonida juda yaxshi samara beradi. 
Ta'lim sifatini boshqarish asosan informatsion texnologiyalar asosida 
o'qitish jarayonini tashkil etish va samarali pedagogik faoliyat uchun sharoitlar 
yaratishga yo'naltirish kerak. 
Informatsion texnologiyalarni qo'llash sharoitida o'qituvchi faoliyati
o'zgaradi. Bu esa o'qituvchining yangi pedagogik muhitda yangi o'qitish 
vositalarini qo'llab, o'quvchilarga tayyor bilimlarni berish emas, balki ularga 
yangi bilimlarni mustaqil izlash va topish ko'nikmalarini shakllantirishdan 
iboratdir. 
Komp`yuter texnikasining qo'llanilishi an'anaviy o'qitish falsafasini 
o'zgartiradi, ya'ni o'quv jarayonida 3 chi ishtirokchi, komp`yuter ishtirok etadi.
An'anaviy o'qitish texnologiyasiga o'rgangan pedagoglar komp`yuterli 
o'qitishning ahamiyati va afzalliklarini ham sezmayaptilar. 
Ular uchun ta'lim jarayonida komp`yuterlar paydo bo'lishi qiyinchilik 
tug'dirayapti. Shuning uchun ham komp`yuterli o'qitish texnologiyalarini 
qo'llash uchun birinchi navbatda pedagog o'qituvchilarning komp`yuter bilan 
ishlash malakalarini oshirish, ularda informatsion madaniyatni shakllantirishni 
talab etadi. 


51 
Ta'limda mul`timediadan foydalanish - bu informatikaning dasturiy va 
texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika hamda animatsiya 
(ob'ektlarning fazodagi harakati) effektlari asosida o'quv materiallarini 
o'quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko'rinishidir. 
Mul`timedia - tasvir va matnni o'ziga olish, saqlash hamda namoyish etish 
vazifasini bajaradi. 
Fanlarni elektron darslik vositasida o'qitishda “Ish o'yinlari” texnologik 
jarayonning yoki alohida faoliyat usuli modeli sifatida namoyon bo'ladi. 
O'quvchiga bir texnologik jarayonning parametri beriladi, u yuqoridagi 
parametrlarda texnologik jarayon bajarish uchun ekranda tasvirlangan bir 
nechta mashina yoki apparatlardan birini tanlashi kerak. 
Dastur hisoblashda hisoblashlarni grafik ko'rinishni, parametrlarini 
kiritishni bajarishni ta'minlashi kerak. Dastur o'quvchining noto'g'ri javobida 
boshqa parametrlarni kiritishni topshirish paytidan bajarishni ta'minlash kerak. 
Demak, zamonaviy informatsion va o'qitish texnologiyalari birgalikda 
qo'llanilganda ta'lim samaradorligini oshirishga maksimal erishish mumkin. Shu 
o'rinda shuni ta'kidlash joizki zamonaviy ta'lim sharoitida elektron ta'lim 
resurslaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Elektron ta'lim resurslari 
(elektron darslik, elektron o'quv qo'llanma, mul`timedialar, vositalar, elektron 
ma'lumotnomalar va hokazo) bilan ta'lim jarayonini ta'minlash orqali 
komp`yuterli o'qitish texnologiyalari hamda mustaqil ta'limni to'la amalga 
oshirish mumkin. 
Elektron o'quv adabiyoti - mul`timedia texnologiyalariga asoslangan 
matn, audio, video ma'lumotlari bilan boyitilgan ma'lumotlarni tanlash, 
tasvirlash, saqlash, ma'lum bir sohani yoritishda bilimlarni interaktiv usulda 
taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo'lgan manbadir. 

Download 1,95 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72




Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika

Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish