55
Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko'zga tashlansada, biroq,
bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo'lga kiritishlarini
kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko'nikma,
malakalarni o'zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi.
Tadqiqotchi N.Fayzullaeva pedagogik tafakkurga ega bo'lish uchun
talabalar pedagogika oid bilimlarni puxta o'rganish asosida quyidagi ko'nikma,
malakalarni o'zlashtira olishlari zarur deb hisoblaydi: pedagogikaning asosiy
g'oyalari, kontseptsiyalari, qonuniyatlarini va pedagogik hodisalarning
rivojlanish qonuniyatlarini bilish; pedagogikaning eng muhim nazariy g'oyalari,
asosiy kategoriyalari va tushunchalarini bilish; asosiy pedagogik faktlarni bilish;
ta'lim va tarbiyaning umumiy uslubi haqidagi amaliy bilimlarni egallash.
Bugungi kunda psixologiyada shaxs kreativligi uning faoliyatiga xos ikki
jihatga ko'ra aniqlanmoqda. Bunda faoliyatning ikki jihatini yorituvchi
testlardan foydalaniladi. E.P.Torrensning shaxsa kreativ sifatlarini namoyon
bo'lishini aniqlovchi testlarning turlari mavjud. Ular quyidagilardir:
Talabalarda kreativ fikrlash ko'nikmasini shakllantirishdan oldin sinfda
qulay muhitni yaratish lozim. Kreativ muhitda ta'lim olayotgan talabalarda asta-