52
mashqlar, masalalar to'plami, xarita va sxemalar al`bomi, tuzilmalarga oid
atlaslar, xrestomatiya, diplom loyihasi bo'yicha ko'rsatmalar, ma'lumotnoma,
entsiklopediya, trenajer kabilardir.
Elektron ta'lim resurslari vositasida o'qitishda o'qituvchi va o'quvchining
komp`yuter bilan ishlash malakasiga ega bo'lishni talab etadi, ya'ni informatika
va hisoblash texnikasi
asosiy tushunchalarni, komp`yuter texnikasining
funktsional imkoniyatlarini hamda printsipial qurilmalarini bilish, asosiy
komandalar
va dasturlar bilan ishlash, dasturlashtirishning tili hamda
algoritmlari to'g'risida dastlabki tushunchalarga ega bo'lish kerak. Elektron
ta'lim resurslari asosiysi bu elektron darslik hisoblanadi. Quyidagi komp`yuterli
o'qitish texnologiyasi amalga oshirishda elektron darslikning bevosita o'qitish
vositasi sifatida qaralishi to'g'risida qisqacha fikr yuritamiz.
Komp`yuterli o'qitish texnologiyasi qo'llanilgandan asosiy maqsad ta'lim
oluvchilarning informatsiya bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, ularning
intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, optimal
yechimlarini mustaqil izlash,
topish, tadqiqotchilik faoliyatlarini kuchaytirishdan iboratdir.
O'qitish ob'ekti funktsiyasi komp`yuter dasturlashtirish, dasturiy
mahsulotlarni yaratish, turli informatsion muhitni qo'llash sifatida bajaradi.
Komp`yuter o'qitish texnologiyasida o'qituvchi quyidagi vazifalarni bajaradi:
- elektron darslik vositasida o'qitish jarayonini tashkil etish;
- komp`yuter
sinfidagi tarmoqli boshqarish, instruktaj o'tkazish,
o'quvchilarni faollashtirish;
- o'quvchilarni individual kuzatish, ularga yordam ko'rsatish, ya'ni elektron
darslik bilan mustaqil ishlashga yo'naltirish;
- o'quvchilarning o'quv materiallari bilan ishlashda maslahatlar berish;
- o'quvchilarning topshiriqlarni bajarish bo'yicha qo'shimcha ko'rsatmalar
berish;
- o'quvchilarning o'z-o'zini baholash natijalarini tahlil etish.
53
Elektron darsliklar didaktikaning asosiy tamoyillarini ishonchli va yuqori
darajada joriy qilish imkonini beruvchi, samarali o'qitish vositasidir.
Tadqiqotchilar elektron darsliklarni masofaviy o'qitishda,
uyda mustaqil
o'rganishda, guruhiy va individual ishlarni tashkil etishda hamda o'tkazishda
qo'llanilganda yaxshi samara beradi, deb fikr bildirganlar.
Elektron darslik va qo'llanmalar masofali o'qitishda yuqori faollikka ega
bo'lish lozim. Ular tinglovchilar uchun ta'lim berish tizimlari vazifasini
bajarishlari kerak. Har bir fanga mo'ljallangan kurslar eng kamida uchta:
ta'limiy, mashqli va nazorat qilish kabi asosiy qismlarga ega bo'lishlari zarur.
Elektron darsliklar turlicha bo'lishi mumkin. Masalan,
animatsiya, ovoz,
grafik, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari bor bo'lgan darsliklar. Elektron
darslik mavzuni o'quvchiga eng qulay ko'rinishda taqdim eta oladi, u o'quvchi
bilan interfaol usulda muloqotda bo'ladi.
O'quvchi mavzularni mustaqil o'rganishi va o'zi olgan bilimni test sinovi
asosida sinab ko'rishi mumkin. Elektron darslikni yaratuvchi ishchi guruhi har
bir mavzu, mavzular
bloki uchun stsenariy yozadi, qaysi mavzuda
komp`yuterning qanday imkoniyatidan, yangi pedagogik texnologiyaning qaysi
elementidan foydalanish mumkinligini aniqlaydi.