67
5.Analiz va sintez jarayoni-kreativ tafakkur faoliyati
natijalarni tahlil
qilish jarayoni, ya'ni mantiqiy tahlil jarayoni. Bu davrda ong oqimida pishib
yetilgan barcha g'oyalar yaxlitlik va umumiylikda tahlildan o'tkaziladi, hamda
kreativ tafakkur mehnatining natijasi sifatida so'nggi qaror qabul qilinadi.
Yuqorida qayd etilgan jarayonlar o'ta murakkab jarayonlar bo'lib, u tezlik
bilan amalga oshiriladi. Kreativlik tafakkurni odatdagi fikrlash yo'lidan
ancha
qiziqarli bo'lgan noan'anaviy usullarga olib keladi, shu sababli inson tafakkurida
optimal qarorlar vujudga keladi va tug'iladi. Original, unikal, noan'anaviy,
optimal qarorlar esa zamonaviy jamiyatni ilg'orlik, taraqqiyot, iqtisodiy takomil
sari yetaklovchi kuch hisoblanadi.
Intellekt insonning aqliy salohiyati bo'lsa, kreativlik mana shu aqliy
salohiyatni maqsadga yo'naltirilgan tarzda erkin ishlata olish qobiliyati
hisoblanadi. U inson faoliyatiga ilhom va ijodkorlik
kabi xususiyatlarni baxsh
etadi.