• Kreativ tafakkurni shakllantirishning pedagogik asoslari Kalit sozlar
  • Texnik-texnologik malakalar




    Download 1,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/72
    Sana14.12.2023
    Hajmi1,95 Mb.
    #119015
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72
    Bog'liq
    kreativ-pedagogika-qullanma

    Texnik-texnologik malakalar: 
    ta'lim jarayoniga zamonaviy texnik vositalarini tatbiq etish; 
    dars jarayoni mazmunini texnologik pasport va texnologiya xarita 
    yordamida yoritish; 
    o'quv materiali mazmunini yorituvchi slaydlarni tayyorlash; 
    o'quv mashg'ulotlarini axborot texnologiyalari, interfaol metodlar 
    yordamida tashkil etish; 
    ixtisoslik fani xususiyatidan kelib chiqqan holda turli texnik vositalardan
    foydalanish; 
    darslarda proektorni qo'llay olish; 
    o'quv materiallarini audio va video yozuvlari, taqdimot asosida bayon 
    qilish; 
    talabalarda 
    o'quv materialini mustahkamlash va o'quv topshiriqlarini 
    berishda axborot texnologiyalarini qo'llash; 
    komp`yuter imkoniyatlaridan foydalanishga doir o'quv topshiriqlarini 
    ishlab chiqish; 
    talabalarning BKMni baholashni komp`yuter asosida tashkil etish; 
    talabalarning bilim olganlik va tarbiyalanganlik darajalarini tashxis qilishda
    komp`yuter yordamiga tayanish va b.sh. 
    Kreativ tafakkurni shakllantirishning pedagogik asoslari 
     
     Kalit so'zlar: kreativ tafakkur, intellekt, aqliy salohiyat, kreativ fikrlar, 
    g'oyalar inkubatsiyasi, kontsentratsiya jarayoni, analitik tahlil, analiz va sintez. 
     
    Kreativ tafakkur jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichlarini ta'minlash 
    uchun xizmat qiladigan noan'anaviy fikrlash qobiliyati va taraqqiyot omillarini 
    ta'minlashga yo'naltirilgan tafakkur hisoblanadi. 


    64 
    Kreativ tafakkur rivojlangan davlatlarni xalq xo'jaligining barcha 
    tarmoqlarida eng quyi bosqichdan tortib eng yuqori darajalargacha kreativ 
    tafakkur talab qilinadi. Chunki u jamiyat taraqqiyotida uning takomili, o'sishi, 
    rivojlanishi, kengayishi va mo''tadil saqlanishining vositasi hisoblanadi. Shu 
    nuqtai nazardan pedagogik faoliyatda shunday o'qitishni tashkil etish kerakki
    o'quvchi kreativ fikrlovchi, kelgusida zamonaviy jamiyat va ishlab chiqarishda 
    muhim rejalashtirish, tashkillashtirish, tahlil qilish, asoslash, motivatsiyalash, 
    nazorat qilish kabi funktsiyalarni kreativ tashkil etish imkoniyatiga ega bo'lsin.
    Kreativ tafakkur inson ma'naviyati, tarbiyasi, bilimi, intellekti, iqtidori 
    kabilarni ishlata olish qobiliyatini o'z ichiga qamrab oladi.
    Demak, har bir fan o'qituvchisi o'quvchilarda mana shu xislatlarni 
    pedagogik diagnostika metodlari orqali aniqlagan holda, uni shakllantirish va 
    rivojlantirishi zarur. Buning uchun o'qituvchi o'quvchilarni ong, tafakkur va 
    aqlni barcha yo'nalishlarda istiqbolni ko'rish va anglashga o'rgatish, ularda 
    tafakkur aqlning peshqadamligi, tafakkurning noan'anaviyligi, oldindan 
    bashoratlay olish, ya'ni prognoz qila olish kabi xususiyatlarni pedagogik 
    jarayonda maqsadli shakllantirilishi kerak. 


    65 
    Har qanday muammoning yechimi bo'yicha bir emas bir nechta 
    yechimlarni ko'rsata olish, hamda ularning barchasini o'ziga xos ijobiy va salbiy 
    tomonlarini har tomonlama asoslab berish, ko'pchilik o'ylab ko'rmaydigan 
    masalaning boshqa jihatlarini ham ochib berish kabi aql peshqadamligiga ega 
    bo'lish; 
    zamonaviy taraqqiyot uchun yangi yo'nalishlar va yo'llarni ko'ra bilish, 
    ularni tafakkur qila olish va shakllantira bilish, faoliyatni yangilash, faoliyatdagi 
    masalalar yechimini yangi yo'nalishlarini topa bilish kabi noan'anaviy 
    tafakkurga ega bo'lish; 
    O'z mehnat faoliyati sohasidagi istiqbol o'zgarishlarning mohiyati, 
    zaruriyati, amalga oshirirish muddatlarini tafakkur orqali oldindan anglash kabi 
    prognoz, bashorat qila olish kabi xususiyatlar uzluksiz ta'lim jarayonida 
    shakllanishi va takomillashishi o'qituvchining ta'lim-tarbiya jarayonini qanday 
    tashkil etishiga bog'liq.
    Ushbu xususiyatlar ma'ruzalar, pand nasihat yoki ko'rsatmalar bilan emas, 
    balki yo'naltirish, abstrakt mashqlar va bilimlar asosida, tarbiyalash orqali bilan 
    hosil qilinishi mumkin.
    Kreativ tafakkur maqsadga yo'naltirilgan, ammo shu vaqtgacha ma'lum 
    bo'lmagan va an'anaviy tarzda tajribaga kiritilmagan, batamom yangi usul, yo'l, 
    vosita, yondashuvlarning tanlanishi va ishlab chiqilishini anglatadi. 
    Katta keng qamrovli ishlab chiqarish tarmoqlarida o'nlab yoki yuzlab 
    kreativ tafakkurga ega bo'lgan insonlarnig fikrlari, qarashlari va tahlillarni 
    umumlashtirish, rejalashtirish, o'rganish va umumiy yechimga keltirish asosida 
    nostandart qarorlar va yechimlar qabul qilinadi. Jahonda katta biznes 
    strukturalarning faoliyati korporativ manfaatlar tafakkuri targ'ib qilinishi kreativ 
    tafakkurning vujudga kelishiga turtki bo'lgan.
    Kreativ fikrlar inson ongining yuqori chegarasidagi va u o'rganmagan 
    fikrlar, noan'anaviy usullar, mavjud holat negizida yangi qarashlar asosida 
    yangicha faoliyatni tashkil etishga qaratilgan mustaqil mushohadalardir.


    66 
    Insonda ma'lum soha bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarning hamda
    tarbiyalanganlikning mavjudligi kreativ tafakkurni shakllantirishga asos bo'lib 
    xizmat qiladi.
    Zamonaviy menejmentda kreativ tafakkur amaliyotini bildiruvchi ma'lum 
    tizim shakllantirilgan: 

    Download 1,95 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72




    Download 1,95 Mb.
    Pdf ko'rish