60
Ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar:
alohida-alohida ma'lumotlardan foydalangan holda yaxlit o'quv va
tarbiyaviy xarakterdagi materialni shakllantirish;
o'quv materialini turli rasm, surat, jadval,
diagramma, model va
boshqalar bilan boyitish;
o'ziga xos, orginal o'quv materialini tayyorlash;
mustaqil ravishda
yangi metodni asoslash;
o'quv mashg'uloti (dars) va tarbiya tadbir uchun ko'rsatmali qurollar
to'plamini yaratish;
dars yoki tarbiyaviy tadbirning texnologik pasporti, xaritasini yaratish;
dars yoki tarbiyaviy tadbirda foydalanish uchun mul`timediya
materiallarini yaratish;
o'quv materialining taqdimot variantini tayyorlash;
turli mavzulardagi tarbiyaviy tadbirlar
uchun talabalarning faol
ishtirokida video roliklar yaratish;
dars konspektini tayyorlash;
turli shakl va metodlarga asoslangan sinov topshiriqlari (savol, topshiriq,
masala, misol, mashq, test), baholash mezonlarini ishlab chiqish;
nazorat ishlarini tashkil etishga ijodiy yondashish.