• Slosson testi
  • Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika




    Download 1,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/72
    Sana14.12.2023
    Hajmi1,95 Mb.
    #119015
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72
    Bog'liq
    kreativ-pedagogika-qullanma

    1.Katta kreativlar (“katta K”). Ular o'zlari faoliyat olib borayotgan 
    sohaning yetakchilari bo'lib, sohada doimo o'zgarishlarni sodir etishga intiladi. 
    2.Kichik kreativlar (“kichik K”). Ular o'zlarining kreativlik sifatlaridan 
    faqatgina kundalik hayotda muayyan foydaga erishish uchun foydalanadi. 
    Aksariyat talabalar o'zlarini kreativ shaxs emas, deb hisoblaydi. Ularning 
    nazarlarida kreativlik go'yoki ular yetisha olmaydigan orzu va u faqat iqtidorli 
    shaxslardagina namoyon bo'ladi. Bunday fikrga ega talabalar kreativlik 
    sifatlariga egalik o'z sohasining yetakchilari (ya'ni “katta K” toifasiga kiruvchi 
    shaxslar), san'at sohasida tahsil olayotgan yoki faoliyat yuritayotgan talabalarda 
    bo'lishiga ishonadilar. Talabalar qachonki kreativ shaxs bo'lish uchun o'z
    sohasining yetakchisigina bo'lish shart emasligi tushunsalar, o'zlarida kreativlik 
    sifatlarini samarali shakllantirishga muvaffaq bo'ladi. Shundagina ular o'zlarini 
    past baholashga barham berib, yangi, ilg'or g'oyalar bilan o'zlarini namoyon 
    etishlari, ta'lim jarayoni kun sayin faollik ko'rsatishga muvaffaq bo'ladilar, ta'lim 
    olishga bo'lgan qiziqishlari ortadi, o'zlashtirish ko'rsatkichlari yanada 
    yaxshilanadi. O'zlarini baland baholay boshlab, kreativ sifatlarni namoyon etish 
    borasida mavjud ko'rsatkichlardan ko'ra yuqori natijalarga erishishga intiladilar.
    Amaliyotning ko'rsatishicha, talabalar qancha ko'p kreativlik sifatlarini 
    namoyon etsalar, shuncha ko'p faollikka erishadilar. Kreativ xarakterga ega 
    mashg'ulotlar talabalarning qiziqishlarini kuchaytirib, ular yanada ko'proq 
    harakat qilishga undaydi.
    Duek tomonidan e'tirof etilishicha, talabalar amaliy harakat va faollik 
    jiddiy o'zgarishlarga olib kelmasligiga ishonishdek salbiy tushunchalarga ega. 
    Ular o'zlarining muayyan imkoniyatlarga egaliklarini biladilar, biroq, mavjud 
    imkoniyatlari hech narsani o'zgartirmaydi deb hisoblaydi. Shu sababli ular 
    o'zlarining faollik darajasini erishayotgan yutuqlari bilan emas, aksincha, doimo 
    muvaffaqiyatsizliklari bilan baholashga odatlanib qolishadi. Bu esa nihoyatda 


    81 
    xavfi. O'zlarini yuqori baholaydigan talabalar esa mavjud ko'nikma, malaka va 
    iqtidorlari yanada rivojlanib borishiga ishonadilar.
    Bunday talabalar odatta murakkab ishlarda faol qatnashadilar va o'zlarini 
    namoyon eta oladilar ham. Xato qilsalar undan xulosa chiqarib, o'sishda davom 
    etadilar. Bunday fikrlash odatiga ega o'quvchilar kirishimliroq va kreativlik 
    ko'nikmasidan foydalanishga moyil bo'ladi. 
    Rivojlangan xorijiy mamlakatlar bugungi kunda iqtidorli bolalarni aniqlash 
    borasida katta tajribalarga ega. Ta'lim tizimida iqtidorli bolalarni aniqlash va 
    ularga ta'lim berishga oid ko'plab metodikalar mavjud. Quyida ularning 
    ayrimlari to'g'risida to'xtalib o'tiladi: 
     Slosson testi. Katta yoshlilar hamda bolalarning aqliy qobiliyatini 
    o'lchashga xizmat qiladi. Berilayotgan barcha testlarga javoblar og'zaki tarzda 
    olinadi. Kichik yoshli bolalarga berilayotgan topshiriqlarning ayrimlari bolalar 
    tomonidan ayrim harakatlar (masalan, qog'oz, qalam yoki ruchkalardan 
    foydalanish)ning bajarilishiga oiddir. Test aqliy qobiliyat darajasining 
    o'rganilayotgan sifatlarga nisbati tarzida aniqlanadi. Bu o'rinda yuqori natija 120 
    va undan ortiq ko'rsatkich sanaladi. 

    Download 1,95 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72




    Download 1,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika

    Download 1,95 Mb.
    Pdf ko'rish