Yuqori daraja - o'rganilayotgan materialning muhim xususiyatini oson
va tez ajratib oladi.
46
O'rta daraja - o'qigan materialdagi muhim xususiyatlarini ajratishni
asosan bajara oladi, shu bilan birga bir qancha xatolarga yo'l qo'yadi.
Quyi daraja - materialning muhim xususiyatlarini odatda gapira olmaydi.
Uning fikricha, ushbu darajalar orqali o'quvchilarning mustaqil va ijodiy
ishlash faoliyatini rivojlantirish uchun ularning har biriga individual
yondashuvni talab etadi.
Har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishning yetakchi omillaridan
biri, o'quvchilarning umumkasbiy va maxsus fanlaridagi biror mahsulotni
tayyorlashdagi texnologik faoliyatidir. Bunda texnik fanlar bo'yicha olingan
nazariy bilimlarni mustaqil ravishda amalda ongli qo'llaniladi va mahsulotlarni
tayyorlashda amaliy ifodasini topadi. Shu tariqa, o'quvchilar faoliyatida jismoniy
hamda aqliy mehnatni birlashtirish orqali ularda ijodiy qobiliyat rivojlantirib
boriladi.
Pedagogik adabiyotlar va ilmiy tadqiqotlarda “O'quv topshirig'i”, “Ijodiy
topshiriq” yoki “Masala” tushunchasi keng berilgan.
P.I.Pidkasistiyning ta'kidlashicha, o'quvchilarda bilimlarni o'zlashtirish
qobiliyati muammoli topshiriqlar yechimini mustaqil izlashda, ularni mustaqil
bajarishda shakllanadi.
S.L.Rubinshteyn topshiriq tushunchasini tahlil qilar ekan, motiv,
munosabat, maqsad, sharoit kategoriyalarini tahlil qiladi: motiv - o'quvchi bilan
o'quv topshirig'i o'rtasidagi munosabatni yuzaga chiqarib, o'quvchilarni
maqsadga yetaklaydi, hatti-harakatlarni ishga tushiradi.
O'quv topshiriqlarni bajara olish malakasi shaxsning ongi va fikrlash
qobiliyatini ko'rsatuvchi malakasidir. O'quv topshiriqlarni hal etish natijasida
o'quvchi bo'lajak kasbiy faoliyat muammolarini yechish usullarini egallaydi.
“Insonning ongli faoliyati topshiriqlarni bajarishdir.Topshiriqda berilgan
munosabat, maqsad, shart-sharoitga ko'ra topshiriq qabul qilinadi, yechiladi”.
A.N.Leont`ev topshiriq tushunchasiga quyidagicha ta'rif bergan: “Topshiriq
- bu ma'lum shart asosida berilgan maqsaddir”.
47
Ya.A.Ponomaryov “Topshiriq” tushunchasini sharhlashda “Topshiriqli
holat” kategoriyasini asoslangan. U sub'ektni-topshiriqni bajaruvchi, intellektni
“Topshiriqli holat” kontekstida tahlil qilgan. “Sub'ekt va ob'ektning
mavjudligidan topshiriqli holat paydo bo'ladi. Shu bilan birga shu holatning
murakkabligidan
sub'ekt
o'z
bilimlarini
to'ldiradi,
takomillashtiradi,
rivojlantiradi”.
L.M.Fridman topshiriqqa quyidagicha ta'rif beradi: “Muammoli holatning
yozuv shaklidagi modelini topshiriq deb tushunadi”.
“Ta'limga tadbiq qilinadigan topshiriqlarni 2 guruhga ajratib o'rganamiz.
Bajarish usuli o'quvchilarga ma'lum bo'lgan topshiriqlar. Bunday topshiriqlarni
mashqdeb qaraymiz. Bajarish usuli o'quvchilarga noma'lum bo'lgan topshiriqlar.
Bunday topshiriqlarni muammoli topshiriqlar deb tushunamiz”.
O'quv topshiriqlar to'plami - bu o'qituvchi yordamida o'quvchi tomonidan
mustaqil hal etiluvchi asosiy vazifalarni aks ettiradi.
O.Roziqov o'quv topshirig'iga quyidagicha ta'rif bergan. “ ...o'quv
topshirig'i – bu o'qitish va o'qish ehtiyojiga ko'ra o'quv materialining
o'zgartirilgan shakli”.
N.Muslimovning fikricha, mustaqil bilim olishni ta'minlashga imkon
beradigan topshiriqlar tushuncha, sabab va qadriyatli yo'nalishlarni o'zlashtirishi
past darajali hamda qoniqarsiz bo'lgan talabalar uchun qulay sharoitni yaratishni
ko'zda tutadi. Birgina muvaffaqiyatni his etish ham o'quvchini mustaqil bilim
olishga undovchi psixologik holatni yuzaga keltiradi.
Bizning fikrimizcha, o'quv topshiriqlarni bajarish orqali mustaqil bilim
olishga o'tish uchun katta imkoniyatlar yaratiladi.
Savol va topshiriqlar ustida ishlash o'quvchilardan ijodiy faoliyatni, badiiy
estetik tafakkur hamda tashabbuskorlikni talab qiladi.
O'quvchi darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlaganda ozmi-ko'pmi
mehnat qiladi, izlanadi, o'z ehtiyojiga javob topadi. Demak, mehnat bilan
topilgan bilim, o'zlashtirilgan malaka va ko'nikmalar asta-sekin o'z-o'zidan
48
insonning qalbiga, ongiga abadiy muhrlanib qoladigan ilmiy, hayotiy
dunyoqarash va yuksak ahloqiy fazilatlarni tarkib toptiradi.
O'quvchilarning u yoki bu amaliy topshiriqni tez va yuqori sifatda
bajarishga qiziqish bilan intilishi uchun ularning ratsionalizatorlik faoliyatini
sermehnat jarayonlarni qisqartiruvchi hamda mehnat samaradorligini oshiruvchi
turli xil moslamalarni yaratishga yo'naltirish muhimdir.
O'quvchining mustaqil o'quv faoliyatiga nisbatan o'qituvchi tomonidan
muayyan talablarning qo'yilishi ularning mazmunini boyitadi. O'quv topshiriqlar
oldin o'zlashtirilgan bilimlarga tayangan holda berilishi kerak.
Ijodiy topshiriqlar tarkibiga ijodiy mashq, ijodiy mustaqil ish, turli didaktik
o'yinlar kiradi. Agar ijodiy mashq vositasida o'rganilgan bilimlar yangi o'quv
holatlariga tatbiq qilinsa, ijodiy mustaqil ish dalillardan yangi xulosalar
chiqarish hamda yangicha faoliyat usullarini faoliyatda qo'llash bilan ajralib
turadi.
O'quv topshiriqlarini bajarish jarayonida o'quvchilarda tashkiliy (o'quv
faoliyatini mustaqil tashkil etish mazmunli-jarayonli (o'quv faoliyatining
mazmuni va mohiyatini bilish hamda bu faoliyatni samarali amalga oshirishni
belgilovchi
shaxsiy
sifatlarni
rivojlantirish),
o'zo'zini
baholash
kabi
ko'nikmalarning shakllanishi mustaqil bilim olishi jarayonida muhim ahamiyat
kasb etadi.O'quv topshirig'i mustaqil bilim olishning tashkiliy shakli sifatida
belgilanadi va unga asoslanib, o'quv topshiriqlar tizimiga qo'yiluvchi talablar
ishlab chiqiladi.
O'qituvchi o'rganilayotgan hodisa yoki jarayonlarning o'zaro zid
xususiyatlarini aks ettirish uchun muammoli vaziyatdan foydalanilsa, u holda
ob'ektiv muammo o'quv muammosiga aylanadi. O'quvchilar uchun tushunarli
bo'lgan muammo o'quv topshirig'i sifatida berilishi lozim.
Mustaqil va ijodiy ishlash uchun o'quv topshiriqlarini ishlab chiqishda
quyidagi qoidalarga rioya etilishi tavsiya etiladi:
49
- topshiriqlar haqiqiy vaziyatlar bilan bog'liq muammolarga qaratilishi
kerak;
- o'quv topshirig'idagi muammoni hal etishda o'quvchilar aqliy faoliyatini
turli usullar yordamida rivojlantirishni ko'zda tutadi;
- topshiriqlar mazmunida aks ettirilgan hodisalar va jarayonlar o'rtasidagi
muhim bog'liqlik ko'rsatilishi kerak;
-topshiriqlar yechimini aniqlash va o'quvchilar ongida hodisalar yoki ja-
rayonlar o'rtasida bog'liqlikni mustahkamlash imkoniyatlarini nazarda tu-tilishi
lozim;
- topshiriqlarni bajarish jarayonida o'quvchi oddiy tushunchalardan, u hali
o'zlashtirilmagan yanada murakkabroq tushunchani keltirib chiqarish imkonini
berishi lozim;
- topshiriqni bajarish jarayonida oddiy tushunchalar o'quvchiga ma'lum
bo'l-magan tushunchalar bilan o'zaro tahlil qilinadi;
- topshiriqni bajarishda o'quvchi tushunchalarning shakli va mazmunini
o'zgartirmasdan hamda o'zgartirib, ularni qayta ishlab chiqadi;
- ijodiy fikrlash asosida yangi bilimlar shakllanadi.
O'quvchilarning
o'quv-topshiriqlarini
bajarish
jarayonida
dastlabki
amallarni bajarish o'qituvchi tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.
Topshiriq yechimlarini tahlil qilish natijasida o'quvchi o'quv topshiriqlarini
bajarishning umumiy usullarini o'zlashtiradi.
O'quv topshiriqlari murakkablashtirib borilishi kerak. Ijodiy va izlanish
xususiyatiga ega bo'lgan iqtidorli o'quvchilar murakkab topshi riqlarni
bajarishlari, kamroq tayyorgarlikka ega bo'lgan o'quvchilar topshiriqlarni
bajarishlariga qaramasdan, ularga topshiriq yechimini topishi guruh bilan birga
ishlashga imkon beradi.
O'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash mahoratlarini quyidagi 3 ta
darajaga ajratish mumkin:
|