42
Ta'limga ijodiy yondashuv
O'qituvchining professional kompetentligi kreativlik bilan tavsiflanadi.
Kreativlik – kasbda ishlash usuli, yangi pedagogik borliqni yaratish istagi va
ko'nikmasi. Professional-kompetent pedagog refleksiyaga qodir bo'lishi lozim.
Refleksiya - fikrlashning alohida usuli. U pedagogik jarayonga hamda o'z
shaxsiga muayyan kasb egasi sifatida chetdan nazar tashlashni ko'zda tutadi.
Ta'limga ijodiy yondashuv - shaxsga yo'naltirilgan o'qitishni to'la amalga
oshirishga imkoniyat yaratadi.
Xorijiy pedagoglar va psixologlar: D.Gilrord, YE.Torrans, L.Termen,
R.Sternberg,
M.Vollax,
Rossiyalik
olimlar
V.Dashlova,
P.Gal`perin,
V.Kalnikova, D.Bogoyavlenskiy, T.Kulikova va boshqalar tomonidan ijodiy
fikrlash nazariy jihatdan asoslangan bo'lsada, bugungi kunda ijodiy faoliyatni
rivojlantirish metodikalarini ishlab chiqishda yo'naltirilgan tadqiqotlar davom
etmoqda.
D.B.Bogoyavlenskaya fikricha ijodiy ish - muammoli vaziyatni hal qilishga
qaratilgan faoliyatdir. Ijodiy faollik deganda hodisalar, jarayonlar, ob'ektlar
ahamiyatini tushungan holda, qiyinchiliklarni yoki muammoni yengishga intilish
tushuniladi. Ya'ni shaxsning kasbiy faoliyati bo'yicha yangi yechimlarni izlash
va topish hamda natijalaridan qoniqish tushuniladi.
Ijodiy faollikni shakllantirish va rivojlantirish - bosqichmabosqich hal
qilinadigan muammodir.
Shaxs faolligi turli, ya'ni o'quv ilmiy ishlab chiqarish, ijodiy faoliyatlar
ta'sirida shakllanadi va rivojlantiriladi.
Psixolog olim S.L.Rubinshteynning fikricha, ijodiy faoliyat jarayonida
kishida asta-sekin ishning qaysi joyini, nimani o'zgartirish, yaxshilash,
takomillashtirish masalasini o'ylash tamoyili vujudga keladi.
Natijada mavjud bilimlarni taqqoslash, kuzatish va ijod jarayonida kelib
chiqadigan vazifalarga muvofiqlashtirish, mo'ljallangan yechim umumiy
tuzilishini fikran tasavvur etish zarurati tug'iladi.
43
Bu esa, o'z navbatida, xayolning inson miyasining faol ishlashi bilan
topilgan yechimlarni hisoblashlarda, chizmalarda, eskizlarni yaratishda,
buyumlarni bezash va hokazolarda aniq ifodalashni talab qiladigan o'ziga xos
aqliy ish bilan bog'liqdir. Ijodiy mehnat jarayonida faqat qandaydir buyum yoki
yangi narsa yaratilib qolinmay, balki shaxsning o'zi kiritgan original
xususiyatlari ham yaqqol namoyon bo'ladi. Shunga ko'ra, ijodiy faoliyat,
ijodkorlik sifatlari va shaxs xislatlarini shakllantirishning muhim omili
hisoblanadi.
Barcha sohada ijod ish natijasining farqli belgilari, uning yangiligi va
ijtimoiy ahamiyatga molikligidir. Pedagogik entsiklopediyada o'quvchilarning
texnik ijodkorligi foydali va muhim yangilik belgilariga ega bo'lgan texnik
ob'ektlar yaratiladigan faoliyat turidir», deb ta'riflanadi.
Q.Abdullaevaning fikricha texnik ijodkorlikka individual yondashish
ta'limning eng muhim printsiplaridan birini amalga oshirish, yuqori darajadagi
qiyin ijodiy faoliyatga doir qobiliyatni rivojlantirish imkonini beradi. Binobarin,
ana shunday yondashishda o'quvchining ma'naviy kuchi namoyon bo'ladi,
mustaqil ijodiy ishda qatnashadigan barcha o'quvchilarning, shu jumladan, eng
bo'sh o'quvchilarning ham bilim ham hunarni puxta egallashi uchun haqiqiy
sharoit vujudga keladi.
P.I.Pidkasistiy o'quvchining kelajakda butun mehnat faoliyati davomida
kasbiy mahoratini o'zi oshirib borishga, mustaqil va ijodiy yondashgan holda
muammolarni yechishga o'rgatishdan iborat bo'lishi kerak.
Agar hozirgi ta'limni tahlil qiladigan bo'lsak bugungi kunda o'qituvchining
vazifasida an'anaviy qarash hali ham mavjud. Odatda o'qituvchining vazifasi
o'quvchilarga muayyan fan bo'yicha bilim va ko'nikmalarini berish deb
tushuniladi. Bunday qarashga asosan o'quvchiga bilimni “qachon” va “qanday”
qilib berish bo'yicha o'qituvchi qaror qabul qiladi va auditoriyada kechadigan
barcha jarayonlarning yagona diktatori hisoblanadi. O'qituvchi ta'lim jarayonini
44
tasdiqlangan o'quv rejasiga muvofiqligini ta'minlash maqsadidagi auditoriyada
kechadigan jarayonlarni nazorat qila olishi mumkin va lozim. Ammo o'qituvchi
o'quvchilarning xayollari va qalblarida kechadigan jarayonlarni nazorat qila
olmaydi.
Shunday qilib, o'qituvchi azaldan bilimlar “Egasi” hisoblangan. Agar
o'qituvchilikning kelib chiqish tarixiga nazar solsak, bunda biz ushbu kasbni,
aniqrog'i o'qituvchi rolining ildizi hisoblangan kitoblarning yozilishi va
ko'paytirishi endigina rivojlangan davrlarga taqalishini ko'ramiz. O'tmishda
kitoblar kam uchraydigan va noyob bo'lganligi sababli, ulardan faqatgina
kishilarning tor doirasi foydalangan. Ushbu insonlar ziyoli bo'lib, o'qishni
bilganlar, kitoblardan o'qiganlarini esa boshqalarga aytib berganlar. Avvalgi
davrdagi ularning tinglovchilari uchun mavzuni tanlash imkoniyati bo'lmagan,
so'zamollar aytgan “Haqiqat”ni eshitaverganlar, shu sababli ushbu ziyoli
insonlarni barcha bilimlarning “Egasi” va “Bilag'oni” deb qabul qilganlar.
Ko'pgina pedagoglar va olimlarning insonning qanday qilib ilm o'rganishi
haqida ko'pgina turli xil nazariyalar, qarashlari mavjud. Ammo tadqiqotlarning
ko'rsatishicha, ta'lim olish jarayoniga muvofiqlashtirilgan holda bir xil
yondashib bo'lmaydi, chunki o'rganish jarayoni har bir inson uchun
individualdir. Shuningdek, ta'lim jarayoni ko'p omillarga, ya'ni ob-havo sharoiti,
o'qituvchiga bo'lgan shaxsiy munosabat, o'qishdan tashqari ishlar bilan bandligi,
oilaviy sharoit, jismoniy holatlarga bog'liq bo'lib bularning barchasi intellektual
bilimlar o'quvchining darslarda va darsdan tashqarida faolligi, o'qishga bo'lgan
ishtiyoqi, o'zlashtirish darajasiga ta'sir qilishi mumkin.
N.Muslimov va Sh.Sharipovlar fikricha o'quvchilarda ijodiy fikrlashni
rivojlantirish uchun ularning har biriga alohida individual yondashish lozim.
Ijodiy fikrlashni rivojlantirishning eng muhim usullaridan biri o'quvchilarni turli
darajadagi muammoli savollarni yoki topshiriqlarni yechishga jalb etish,
ularning yechimlarini mustaqil izlab topishga o'rgatishdan iboratdir. Amaliyotda
45
ijodiy
fikrlashni
rivojlantirish
jarayonida
muammoli
savollar
yoki
topshiriqlardan foydalanish mumkin.
Ijodiy fikrlash insonning tevarak-atrofda bo'layotgan jarayonlar, voqea va
hodisalarga bo'lgan munosabatida turli muammolarni har xil usullar yordamida
hal eta olishda namoyon bo'ladi. Faqat fanga oid formula, teorema, hamda
ta'riflarni eslab qolish bilan ijodiy qobiliyatini shakllantirib bo'lmaydi.
Ijodiy fikrlashni rivojlantirish har bir o'quvchiga alohida yondashish orqali
amalga oshiriluvchi jarayondir.
U.Sodiqov fikriga ko'ra ijodiy fikrlashni rivojlantirishning eng muhim
usullaridan biri o'quvchilarni turli darajadagi quyidagi noan'anaviy masalalarni
yechishga jalb etish, betakror va o'ziga xos yechimlarni izlab topishga
o'rgatishdan iboratdir:
- dastlabki ma'lumotlar yetarli bo'lmagan masalalar;
- ortiqcha ma'lumot bilan berilgan masalalar;
- qarama-qarshi yoki xato ma'lumotlar bilan berilgan masalalar;
- savollari noaniq qo'yilgan masalalar;
- yechim vaqti cheklangan masalalar.
Noan'anaviy masalalarning bunday turli darajalar bo'yicha guruhlanishida
o'quvchilarning psixologik va ijodiy ishlari qobiliyatlarining inobatga olishni
nazarda tutadi.
Psixolog olimlar fikriga ko'ra o'quvchi u yoki bu muammoni nazariy va
amaliy bilimlariga asoslanib o'rgansa, o'rganilayotgan muammoning 70-80 foizi
uzoq vaqt uning xotirasida saqlanib qoladi.
O.Qo'ysinov tadqiqot ishlarida o'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash
qobiliyatlarini aniqlash uchun umumiy o'quv materialidan muhimlarini ajratib
olish mahoratini yuqori, o'rta hamda quyi darajalarga ajratiladi va ularga
quyidagicha tavsiflab beriladi:
|