Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika




Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/72
Sana14.12.2023
Hajmi1,95 Mb.
#119015
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72
Bog'liq
kreativ-pedagogika-qullanma

Konvergent fikrlash esa faqat bitta to'g'ri yechimni tanlash uchun barcha 
mavjud vazifalarni tahlil qilishga yo'naltirilganlik bilan tavsiflanadi. 
Konvergent fikrlash oldindan ma'lum bo'lgan muammoning sodda 
yechimiga yo'naltirilgan bo'lsa, divergent fikrlash muammo oldindan taklif 
qilingan, uning yechimini izlab topishning aniq belgilangan usuli yo'qligida 
namoyon bo'ladi.


27 
S.Spirmenning ta'kidlashicha, kreativlik bu inson aql kuchining yuqori 
darajasidir, u mavjud aloqadorliklarni o'zgartirish va yaratish orqali yangi 
mazmunni tarkib toptiradi. V.Simpson esa uni umumiy qabul qilingan, tafakkur 
jarayonida g'oyalarga amal qilishning odatiy tartibini buzishga qodirlik, deb 
izohladi.
Ye.Torrans kreativlik – bu maxsus emas, balki umumiy intellektning 
konstellyatsiyasi, sermahsul tafakkurga xos shaxsiy tavsif va qobiliyatlarga 
asoslangan umumiy qobiliyat, deb hisoblagan. U bilim yetarli emasligi 
sharoitida; yangi tuzilma va aloqalarga tegishli axborotni kiritish jarayonida, 
zaruriy axborotni identifikatsiya qilishda, yangi yechimlarni izlash va ularni 
tekshirish vaqtida, natijalarni taqdim etishda namoyon bo'ladi.
Kreativlik ostida u mavjud kamchiliklarning keskin qabul qilinishini, 
bilimlardagi nuqsonlarni va “Oq dog'” larni tushungan. 
V.N.Petrova, A.N.Petrovning ta'kidlashicha, kreativlik – bu hayratlanish, 
g'ayriodatiy vaziyatda yechim topish, yangilikka intilish, shaxsiy tajribani 
chuqur anglashga bo'lgan qobiliyat. Turli nuqtai nazarlarga qaramay, deyarli 
barcha ta'riflarda kreativlik (shaxs va jamiyat uchun) yangilik yaratish bilan 
bog'liq ekanligi anglashiladi. Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, 
dissertant tomonidan mazkur tadqiqot doirasida ta'limni axborotlashtirish 
sharoitida pedagog kadrlar kreativ salohiyatining ta'rifi aniqlashtirildi. Unda 
pedagogik tizimda mutaxassis kasbiy faoliyatining g'ayriodatiy yondashuvlarni 
ishlab chiqish bo'yicha uning faolligini ta'minlaydigan kompetentsiya 
tushuniladi. 
Konvergent 
fikrlash 
shaxs 
intellektini, 
divergent fikrlash esa kreativlikni belgilashga 
xizmat qiladi. 


28 
Kreativ salohiyatning tashkiliy aspektida pedagog kadrlar kasbiy 
faoliyatining o'ziga xosligini ob'ektiv tarzda aniqlash uchun uning tuzilmasi va u 
bilan bog'liq pedagog uchun zarur nazariy va amaliy malakalar tahlil qilindi.
Pedagogik faoliyatni pedagog kadrlar tomonidan shakl, metod, vosita va 
uzviylashtirilgan pedagogik faoliyat shartsharoitlarini ratsional tanlovi sifatida 
ko'rib chiqish lozim, degan xulosaga kelindi.
Pedagogik adabiyotlarda kasbiy pedagogik faoliyat avval egallanganlarni 
(moslashuv, reproduktsiya, bilim va tajriba qo'llanishi) o'zlashtirishdan 
boshlanadigan va keyinchalik mavjud tajribani o'zgartirishga olib keladigan 
jarayon sifatida ko'rib chiqildi. Pedagogik vaziyatga moslashuvdan uning 
o'zgarishigacha bo'lgan yo'l pedagog kadrlar faoliyati dinamikasining mohiyatini 
anglatadi. Kreativlikni o'rganish bo'yicha pedagogik faoliyatning o'ziga 
xosliklari va yondashuvlarni inobatga olib, pedagog kadrlarning kreativ 
salohiyatini: faoliyatli, samarali, shaxsiy, muhitga doir, muammoli aspektlarda 
ko'rib chiqish lozimligi aniqlandi. 
Pedagogning kasbiy muhim xislati, muvaffaqiyatga erishish siri 
innovatsion pedagogik faoliyatga intilishi hisoblanadi. Bundan bo'lajak 
pedagoglarning innovatsion faoliyatga moyilligi pedagog kadrlar kreativ 
salohiyatining muhim tarkibiy qismi, degan xulosaga kelindi. 
Ta'kidlash joizki, kreativ salohiyat pedagog tomonidan yangi metod va 
usullarni izlash, standartlardan voz kechishga bo'lgan zaruriyatning anglanishi 
orqali ham shakllanadi. Shu tariqa jamiyat va ta'lim-tarbiya jarayoni maqsadlari 
ham muammolarni uddaburonlik bilan yechish, o'qitish va tarbiyaviy ishga 
noodatiy yondashuvlarni talab qiladi.
Kreativ salohiyatning tashkiliy aspektida pedagog kadrlar kasbiy faoliyatining 
o'ziga xosliklari tahlili kreativ salohiyatni quyidagi tarkibiy qismlarini ajratib 
ko'rsatishga imkon berdi: motivatsion; muammoli; hissiy; informatsion;
fikrlashga oid; o'z-o'ziga ishonch; kommunikativ, tahliliy; konstruktiv
innovatsion. 


29 

Download 1,95 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72




Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika

Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish