Pedagogik kreativlikning dolzarbligi




Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/72
Sana14.12.2023
Hajmi1,95 Mb.
#119015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
kreativ-pedagogika-qullanma

 
Pedagogik kreativlikning dolzarbligi 
Respublikamizda ta'lim-tarbiya jarayonini rivojlantirishga qaratilgan 
innovatsion ta'lim muhitini shakllantirishning muhim omili sifatida ta'lim 
oluvchilarning faolligi, ijodkorligi, tadqiqotchilik faoliyatiga yo'naltirilgan 
pedagogik eksperimentlarni loyihalash, tashkil etish va o'tkazishning zamonaviy 
shakl va metodlaridan keng foydalanilmoqda. Shuningdek, ilm-fan, texnika va 
texnologiyalarning tezkor rivojlanishi bugungi zamon talablari asosida ta'lim 
tizimini isloh qilish, pedagogika sohasida ilg'or innovatsiyalar, ilmiy va amaliy
tadqiqotlar olib borilishi va ularni keng joriy etilishi muhim ahamiyat kasb 
etmoqda.
Shu sababli bo'lajak mutaxassislarning pedagogik muammolarni qiyosiy 
taqqoslash, tanqidiy tahlil qilish, umumlashtirish va o'qitish metodlarining 


12 
optimal variantlarini tanlash asosida amaliy ko'nikmalarini shakllantirish orqali
pedagogning kreativlik potentsiali darajasini oshirish, pedagogik faoliyatga 
tayyorlash jarayonini takomillashtirish zaruratini taqozo etadi.
Ta'lim sifatini ta'minlash - bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasi 
bilan birga o'quv jarayonining qanday tashkil etilishi va uning belgilangan sifat 
mezonlariga javob berishida ko'rinadi. Ushbu vazifa bir qator qonunchilik va 
me'yoriy hujjatlarda, xususan, kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini 
mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat 
ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy 
yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish misolida aniq maqsadlarga 
yo'naltirilgan ko'rsatma va tamoyillar ko'rinishida o'z aksini topgan. 
Hozirgi davrda ta'lim samaradorligini oshirish, mutaxassislarning kasbiy 
kompetentlik darajasini rivojlantirish, rahbar va pedagog kadrlarni innovatsion 
faoliyatga yo'naltirish, oliy ta'lim muassasalaridagi o'quv jarayoniga innovatsion 
ta'lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, ilg'or xorijiy 
tajribalarni o'zlashtirish va maqsadli yo'naltirish oliy ta'lim tizimini 
modernizatsiyalashdagi dolzarb vazifalar sifatida belgilandi. Bu esa o'z 
navbatida oliy ta'lim muassasalaridagi o'quv-uslubiy faoliyat mazmunini 
takomillashtirish, o'qitishning innovatsion shakl va metodlari, zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish 
zaruratini shakllantiradi.
Ta'limni 
modernizatsiyalashdan 
maqsad 
ta'limning 
taraqqiyotini 
ta'minlash, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlari, har bir shaxsning va 
oilaning ehtiyojlari aks etishi lozim. Bunday taraqqiyot tizimini yaratish uchun 
quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim: 
-davlat tomonidan to'liq ta'lim olish huquqini ta'minlanishi; 
-ta'lim tizimining barcha bosqichlarida zamonaviy ta'lim sifatini 
ta'minlash; 


13 
-ta'limning xuquqiy-me'yoriy bazasini takomillashtirish va tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmlarni yangi resurslarini aniqlash va jalb etish; 
-pedagog kadrlarning kasbiy-innovatsion kompetentligini rivojlantirish va
rag'batlantirish; 
-ta'lim tizimiga ilg'or xorijiy tajribalarni, axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining so'nggi yutuqlarini keng joriy etish; 
-fan, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi konsorsiumni rivojlantirish; 
-uzluksiz ta'lim tizimida yoshlarning kreativ ko'nikmalarini, intelektual 
sifatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan innovatsion ta'lim texnologiyalarini 
tatbiq etish va boshqalar. 
Bugungi kunda ijodkorlik, yaratuvchanlik, yangilik yaratishga qaratilgan 
faoliyat kreativ faoliyat deb tushuniladi. Kreativlik so'zi (inglizcha “kreate” – 
yaratuvchanlik, ijodkorlik) so'zidan olingan bo'lib, inson shaxsining ijodkorlikka 
bo'lgan qobiliyati, ijodkorlik iste'dod darajasi, individning an'anaviylik yoki odat 
tusiga kirgan fikrlash sxemasidan uzoq bo'lgan, prinsipial yangi g'oyalarni 
yaratishga tayyorlikni xarakterlovchi, shuningdek, muammolarni o'zgacha tarzda 
bartaraf etish, iqtidorning mustaqil faktori sifatida qabul qilingan ijodiy 
qobiliyatlaridir. 
Kreativ shaxs bo'lish, bizning misolimizda esa, kreativ o'qituvchi bo'lish – 
bugungi ta'limiy faoliyatda fzalliklarga ega bo'lish, masalan, boshqa 
o'qituvchilar ichida ajralib turish, boshqalarga qaraganda qiziq suhbatdosh 


14 
bo'lish, ta'limda uchraydigan qiyinchiliklardan noodatiy tarzda chiqib ketish 
demakdir.
Kreativ qobiliyatlarni faqat yangi g'oyalarni yaratishgina uchun emas, balki 
hayot tarzining, yoki alohida olingan aspektlarni yaxshilash uchun qo'llash va 
shaxsning ichki dunyosi rivojlanishida muhim o'rin tutadi.
Kreativlik axborotni yodda saqlash va faktlarni yig'ishga asoslanganligi 
tufayli an'anaviy ta'lim sistemasi har doim ham o'qitishda kreativ yondoshuvga 
asos bo'la olmaydi. Bu holat shaxsga yo'naltirilgan ta'limning, xususan 
talabaning kreativlik qobilyatini rivojlantirishga qodir emas. Kundalik hayot 
tarzi ko'pincha shaxsning kreativ xususiyatlarining pasayishiga sabab bo'ladi. 
Shu tufayli, kreativ qobiliyatlarning rivojlanishi uchun faqat maxsus tashkil 
qilingan muhit bo'lishi lozim.

Download 1,95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish