Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika




Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/72
Sana14.12.2023
Hajmi1,95 Mb.
#119015
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72
Bog'liq
kreativ-pedagogika-qullanma

yaratish ma’nosini bildiradi.
Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga 
qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tagzamirida originallik, amaliylik, 
noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, kreativ fikrlash muayyan masala 
yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan yondashishni 
anglatadi. 


131 
Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, 
ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo‘lgan bilimlarning 
ko‘pqirrali ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga intilish, o‘rnatilgan 
stereotiplarni isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish 
jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, 
berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo‘lmaydi, ijodiy 
fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi asosiy shartdir. 
Masalan, ingliz tilida so‘zlarni yodlab, grammatika qoidalarini “suv qilib ichib 
yuborgan” bo‘lsangiz ham, insho yozolmasangiz, barchasi bekor. Shuning 
uchun kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o‘ynaydi.
Albert Eynshteyn “Tasavvur — bilimdan muhim” deganida aynan mana 
shu jihatni nazarda tutgan. Ko‘pincha noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda 
inson xayoliga keladi. Buning uchun, avvalo, fikrlash jarayonidagi bir xillikka, 
odatiylikka barham berilishi lozim. 
Inson miyasi o‘z ishini “yengillashtirish”, “qulaylashtirish” uchun shablon 
va stereotiplardan foydalanadi. Stereotiplar shu paytgacha ma’lum bo‘lgan va 
umumqabul qilingan fikrlardir. Ular asosida fikrlash bizga hech qanday yangi 
g‘oya bermaydi. Qoliplarning yuzaga kelishida jamiyatda ustuvor bo‘lgan 
ijtimoiy fikr, mediamahsulotlarda taqdim etilayotgan shakl va ko‘rinishlar ham 
yetakchi o‘rin tutadi. Inson ommadan ajrab qolmaslik nuqtayi nazaridan 
hammaning fikriga qo‘shiladi. Qolaversa, “oqim bo‘ylab suzish” mustaqil 
fikrlashdan ko‘ra oson tuyuladi. 
Stereotiplar orqali fikrlaganda muayyan mavzu bo‘yicha inson ongiga 
“so‘rov” berilganida odatiy ma’lumot va mulohazalar yuzaga keladi. Masalan, 
“yangi yil” deganda to‘kin dasturxon, reklamadan tushmaydigan gazli 
ichimliklar, archa va hokazolarni tasavvur qilish, bobo obrazida qo‘lida hassa 
tutgan, ko‘zoynakli cholni ko‘rish qolip asosida fikrlashning ko‘rinishi. Kreativ 
fikrlovchi insonlar odatiy manzaralardan o‘zgacharoq tasvirlarni ham tasavvur 
qilib, hech kim ilg‘amagan jihatlarni payqaydi, yangilik yaratoladi. 


132 
Eng ajablanarli jihati, ta’lim-tarbiya jarayoni ham bolalarni bir xil 
fikrlashga o‘rgatib qo‘yarkan. Mashhur ixtirochi va kashfiyotchilarning aynan 
maktabdagi ta’lim jarayonidagi bir xillikka ko‘nikolmagani, qoliplarga 
sig‘maganini ko‘rish mumkin. Masalan, Albert Eynshteynning maktabdan 
haydalishi yoki Dmitriy Mendeleyevning kimyo fanidan “uch” olgani bunga 
misol bo‘ladi. 
Ken Robinson tomonidan tayyorlangan va YouTube saytida 5 million 
marta tomosha qilingan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli 
videolavhada ham shu xususida so‘z boradi. Harf o‘rganish jarayonidayoq 
bolalarning belgilangan chiziqlar bo‘ylab yozishi, topshiriqlarni bajarishda 
namunalar orqali ishlashi, adabiyot darslarida asarni qanday tushunish kerakligi 
to‘g‘risida ma’lumotlar berilishi, pedagoglarning yaxshi bajaruvchilarni yaxshi 
baholashi natijasida bolalar qoliplar doirasida fikrlay boshlaydi. Oqibatda 
ko‘plab yoshlar topshiriq berilsa, namuna bormi, deb so‘raydigan holga kelgan. 
Bu oldin mavjud bo‘lgan modellar asosida ishlashga o‘rganib qolish natijasi. 


133 
Bunday vaziyatni bartaraf etish uchun o‘quv jarayonida ijodkorlik sifatlarini 
tarbiyalashga ahamiyat qaratilishi maqsadga muvofiq.
Masalan, o‘quvchilarga “Sizga bir kunda 86400 AQSh dollari berilsa, uni 
nimalarga sarflagan bo‘lardingiz?” kabi noodatiy savollar berilishi mumkin. Bu 
savol o‘quvchining topqirlik, bilag‘onlik, ijodkorlik, masalaga turli nuqtayi 
nazardan qaray olish, yashirin jihatlarni ochish kabi xislatlarini rivojlantiradi. 
Sababi, 86 400 bir kundagi soniyalar miqdorini anglatadi. Savol orqali 
o‘quvchiga har bir soniya qimmati anglatiladi, uni behuda sarflamaslik 
uqtiriladi. Agar o‘quvchi savol tagidagi mohiyatni anglamasa, unda kreativ va 
evrestik sifatlar past hisoblanadi. 
Qolip va stereotiplar asosida fikrlashning bir necha ko‘rinishlari bor. 
Masalan, qutbli tafakkur — hamma narsani ikki shaklda — yaxshi yoki yomon 
deb qabul qilish, dunyoni oq va qora rangda ko‘rishdir. Aslida, yaxshi yoki 
yomon narsaning o‘zi mavjud emas, uni fikrlarimiz shundayga aylantiradi. Har 
bir holat va jarayonning ijobiy hamda salbiy jihatlari bor. Bir tomonlama 
yondashuv, asoslanmagan xulosalar ham stereotiplar asosida fikrlashning 
ko‘rinishlaridir. 
Ijodkorlikni yuzaga keltirish uchun stereotiplarning ongosti darajasida 
ijoddan cheklovchi funksiya, shablonlardagi to‘siqni anglash, qoliplardan voz 
kechish zarur. Kumir, brend va modaga ergashish mustaqil fikr kushandasi 
hisoblanadi. Kiyinish, o‘zini tutish, kasb tanlash, hatto fikrlashdagi taqlid 
bunyodkorlik faoliyatidan cheklashi mumkin. Shuning uchun nega aynan shu 
kiyimni tanladim, nima uchun shu ichimlikni xarid qilyapman, deb OAV, 
reklama orqali inson ongiga majburan singdirilayotgan ta’sirlardan voz kechish 
mustaqil qaror qabul qilishga, media qurshovidan chiqishga sabab bo‘ladi. 
Tomas Edison “Kreativlik — g‘ayri ixtiyoriy jarayon”, deydi. Lekin har 
kuni ko‘plab mutaxassislar muammolarga noodatiy yechim topishga zaruriyat 
sezadi. Ular mana shu g‘ayriixtiyoriy jarayonni ixtiyoriylashtirishi mumkinmi? 
Tabiatda yangi fikrlarni yuzaga keltiruvchi “sehrli tayoqcha” yo‘q, biroq har 


134 
qanday mutaxassisning kreativ o‘ylashiga ko‘maklashadigan ko‘plab usullar 
mavjud. Buning uchun ijodiy fikrlashga vaqt ajratish, ijodiy salohiyatni anglash 
lozim. Jorj Bernard Shou hazillashib shunday deydi: “Ko‘pchilik yiliga ikki-uch 
marta o‘ylaydi. Mening butun dunyoga mashhurligim sababi — haftada bir yoki 
ikki marta o‘ylaganim”. Demak, xayolga kelgan yangi fikrlarni e’tiborsiz 
qoldirmaslik, o‘ylash uchun imkon yaratish muhim. 
Ijodkorlik chegarasini belgilang. Muammoli masalaga duch kelgan 
paytingizda ijodkorlik chegaralarini belgilang. O‘zingizdan “Eng oddiy yechim 
nimada?” deb so‘rang. Keyin “muammoni hal qilishning aql bovar qilmas 
varianti”ni tasavvur qiling. Oddiy va hayratlanarli yechim o‘rtasida sizga ijodiy 
maydon paydo bo‘ldi. Endi yangi g‘oya mavhum emas, uning chegaralari 
mavjud. Bu ijod jarayonidagi psixologik bosimni yengillashtiradi. 

Download 1,95 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72




Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika

Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish