• Manaviy-marifiy tadbirlarni tashkil etishga kreativ yondashish
  • Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika




    Download 1,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/72
    Sana14.12.2023
    Hajmi1,95 Mb.
    #119015
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   72
    Bog'liq
    kreativ-pedagogika-qullanma

    Keys topshirig'i. Mashq bajarishni tashkil etish bosqichlarini zarur 
    izchillikda ifodalang. 
    Keys yechimi. Mashq bajarishni tashkil etish bosqichlari: 
    1) o'qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi; 
    2) topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko'rsatishi; 
    3) o'qituvchi nazorati ostida o'quvchilar tomonidan o'quv harakatining 
    dastlabki bajarilishi; 
    4) zarur ko'nikma va malakalar shakllangunicha o'quv harakatlarning ko'p 
    bora takrorlanishi. 
    5.Pedagogik bilimlarni amalda qo'llash, mavjud ko'nikma va malakalarni 
    to'laqonli namoyon etishga doir keys. 
    5.Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etishga kreativ yondashish
    O'quv mashg'ulotlari va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar uchun auditoriya (joy)ni 
    jihozlashga kreativ yondashish. Pedagogning faoliyati faqatgina o'qitishdan 
    iborat emas. Bir vaqtning o'zida u tarbiyachilik vazifasini ham bajaradi. 
    Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish ham pedagog faoliyatining muhim 
    yo'nalishi hisoblanadi. Shunday ekan, pedagog ma'naviy-ma'rifiy ishlarini 
    tashkil etishga ham ijodiy yondasha olishi zarur. Bunda u quyidagilarga e'tiborni 
    qaratishi lozim: 
    -ma'naviy-ma'rifiy ishlari maqsaga muvofiq, izchil, uzluksiz va tizimli 
    tashkil etishi; 
    - o'quv yili uchun puxta asoslangan ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasini ishlab 
    chiqishi; 
    - rejadan talabalarning e'tiyoj va qiziqishlariga mos keladigan hamda 
    dolzarb mavzulardagi muammolarga bag'ishlangan tadbirlarning o'rin olishiga 
    erishish; 


    125 
    - ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning reja uchun emas, balki talabalarning 
    ehtiyojlarini qondirish, ularni shaxs va mutaxassis sifatida shakllanishlarini 
    ta'minlash maqsadida tashkil etish; 
    - ma'naviy-ma'rifiy ishlarni ularning yo'nalishi, mazmuni, xarakteriga
    ko'lami va b. xususiyatlariga ko'ra turli shakllardan interfaollik asosida tashkil 
    etilishiga erishish; 
    - har bir ma'naviy-ma'rifiy tadbirning aniq maqsad asosida tashkil etilishi 
    va albatta, kutilgan natijani kafolatlay olishini ta'minlash; 
    - ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va o'tkazishda akademik guruhning 
    barcha talabalari birdek faol ishtirok etishlariga erishish. 
    Nafaqat ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etiladigan joy, balki o'quv 
    mashg'ulotlari o'tkaziladigan auditoriyaning jihozlanishiga erishish pedagogning 
    ham tashkilotchilik, ham kreativ faolligidan dalolat beradi. Har ikki holatda ham 
    pedagog o'rganiladigan, tahlil etiladigan mavzu mohiyatidan kelib chiqqan holda 
    o'quv auditoriyasi va tadbir o'tadigan joy (xona)ni o'ziga xos ruhda bezata olishi 
    maqsadga muvofiqdir. 
    O'quv mashg'ulotlarida auditoriyaning mavzuning xarakteriga ko'ra 
    plakatlar, mulajlar, gerbariylar, xaritalar, badiiy adabiyotlar, olimlar, rassomlar, 
    yozuvchilar, sarkardalar hamda davlat arboblarining portretlari, ish jihozlari, 
    yozishmalari, adabiyotlari, badiiy asarlari va h.k. bilan bezatilishi mashg'ulot va 
    tadbir ruhiyatini ko'tarishga, talabalarga ijobiy, hissiy ta'sir ko'rsatadi. 
    Pedagog qanchalik kreativ bo'lsa, o'quv auditoriyasi va ma'naviy- ma'rifiy 
    tadbirlar tashkil etiladigan xonani talabalar bilan hamkorlikda, ularning ijodiy 
    imkoniyatlari, kreativlik layoqatlariga tayangan holda jihozlashga muvaffaq 
    bo'ladi. Natijada ham talabalarning kreativ faolligi oshadi, ham mashg'ulot, 
    tadbirning ta'sirchanligi kuchayadi. 
    Shunday qilib, zamonaviy o'qitishda muammoli ta'lim muhim ahamiyatga 
    ega. Muammoli ta'lim texnologiyalari talabalarda fikrlash, qaror qabul qilish, o'z 


    126 
    fikrini asoslash qobiliyatini shakllantirish ko'nikma, malakalarini samarali 
    shakllantirishga yordam beradi. Bu kabi texnologiyalar orasida “Keys-stadi”
    texnologiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Keys-stadidan ta'lim jarayonida 
    o'rinli, maqsadli,izchil foydalanish o'qitish sifatini yaxshilash, samaradorligini 
    oshirish, shu bilan birga talabalarning o'quv-bilish faoliyatini faollashtiradi. 

    Download 1,95 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   72




    Download 1,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika

    Download 1,95 Mb.
    Pdf ko'rish