123
2.Ayni vaziyatda Sobirning qanday huquqlari buzilyapti?
Keys yechimi. Kasb-hunar kolleji rahbarlari ijtimoiy xavf bo'lmagan holda
“Uch” bahoga o'qiganligi va xulqida salbiy holatlar ko'zga tashlanishi uchungina
Sobirni o'qitishga qabul qilmaslikka haqli emaslar. Ular shaxsning bilim olishga
bo'lgan huquqini poymol yetishgan.
3.Ta'lim-tarbiya
jarayonlari, pedagogik faoliyat hamda hodisalarning
tarkibiy elementlari o'rtasidagi o'zaro birlik va
aloqadorlikni anglash hamda
tahlil qilishga yo'naltirilgan keys.
Keys bayoni. Tarix fani o'qituvchisi bir soatlik darsida quyidagi xatti-
harakatlarni amalga oshirdi:
1)ma'lumotlarni izchil bayon qildi;
2)zarur o'rinlarda tayanch tushunchalarga alohida urg'u berdi;
3)xaritadan tarixiy voqelar sodir bo'lgan joylarni ko'rsatdi;
4)vaqti-vaqti bilan talabalarga
savollar berib, ulardan javoblar oldi;
5)o'quv fil`mi orqali tarixiy voqelikka oid dalillarni namoyish etdi.
Keys topshirig'i. O'qituvchining xatti-harakatlari qanay metodlar
yordamida amalga oshirilganligini aniqlang.
Keys yechimi. Tarix fani o'qituvchisi qo'llagan metodlar: 1) hikoya; 2)
tushuntirish; 3) tasvirlash; 4) suhbat; 5) namoyish.
4.Ta'lim-tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat hamda hodisaning tarkibiy
elementlarini
tizimlashtirish, sintezlash, bosqichlarni
izchil ifodalashni taqozo
etadigan keys.
Mashq bajarishni tashkil etish bosqichlari:
1) o'qituvchi nazorati ostida o'quvchilar tomonidan o'quv harakatining;
2) zarur ko'nikma va malakalar shakllangunicha o'quv harakatlarning ko'p
bora takrorlanishi;
3) dastlabki bajarilishi o'qituvchining faoliyat
maqsadi va mazmunini
tushuntirishi;
4) topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko'rsatishi.
124
Ushbu
holatda
mashq
bajarishni tashkil
etish
bosqichlari noto'g'ri ko'rsatilgan.