• Oquv topshiriqlari uchun ish qogozlarini tayyorlash
  • mulohazaga  asoslangan holda




    Download 1,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/72
    Sana14.12.2023
    Hajmi1,95 Mb.
    #119015
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72
    Bog'liq
    kreativ-pedagogika-qullanma

    mulohazaga 
    asoslangan holda
    yechimni 
    topishga 
    doir (ratsional yechimga asoslangan) topshiriqlar. 
    Anglanganidek, pedagoglar ta'lim jarayonini tashkil etishda o'quv 
    materiallarining xarakteridan kelib chiqqan holda yuqorida qayd etilgan 
    topshiriqlardan ikki va undan ortig'ini tanlash imkoniyatiga ega. Bir 
    mashg'ulotda talabalarni bir necha turdagi topshiriqlar bilan ishlashga jalb etish 
    talabalarda o'quv faoliyatiga nisbatan qiziqishni oshiradi va o'quv-bilish 
    faoliyatini kuchaytiradi. 
    O'quv topshiriqlari uchun ish qog'ozlarini tayyorlash 
    Ish qog'ozlari asosida o'quv topshiriqlarining bajarilishi mazkur jarayonni 
    tezlashtirish, talabalar faoliyatini osonlashtirish va eng muhimi, mumkin qadar 
    vaqtni tejash imkonini yaratadi. Shu tufayli yetakchi xorijiy mamlakatlar 
    tajribasida o'quv topshiriqlari bilan ishlash jarayoni uchun ish qog'ozlarini 
    shakllantirish va ularni mashg'ulotlar uchun tayyorlashga alohida e'tibor 
    qaratiladi. 


    115 
    O'zbekistonda ta'limni tashkil etishga innovatsion yondashish natijasida 
    uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida deyarli har bir dars, o'quv 
    mashg'ulotida o'quvchi va talabalarning amaliy faoliyatini ish qog'ozlari 
    vositasida tashkil etish an'anasi bir qadar shakllandi. Ayni vaqtda bu boradagi 
    tajribani yanada boyitishga nisbatan ehtiyoj mavjud. Shu sababli OTM 
    pedagoglarida ish qog'ozlarini shakllantirish borasidagi ko'nikma, malakalarini 
    rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, o'quv mashg'ulotlarida 
    bajariladigan topshiriqlar uchun ish qog'ozlarining tayyorlanishi pedagoglarda 
    kreativlik qobiliyatini yanaa rivojlanishiga yordam beradi.Ta'lim jarayonida 
    interfaol metodlarni qo'llashda grafik organayzerlarning grafikli tavirlaridan ish 
    qog'ozlari sifatida foydalanish mumkin. 

    Download 1,95 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72




    Download 1,95 Mb.
    Pdf ko'rish