Kreativ yondashuv asosida o'quv fanlari bo'yicha nazorat-sinov
topshiriqlarini tayyorlash, keys va darajali testlar to'plamini shakllantirish
Zamonaviy ta'limda talabalarga tayyor bilimlarni berish emas, balki ularni
bilimlarni mustaqil o'zlashtirishga yo'naltirish tobora muhim ahamiyat kasb etib
bormoqda. Zero, tayyor bilimlarni o'zlashtirish garchi talabalarning borliqni
anglashlarii, ijtimoiy munosabatlar mazmunini, u yoki bu ko'rinishdagi kishilik
faoliyati mohiyatini tushunishlariga yordam beradi.
116
Biroq, borliq va ijtimoiy munosabatlarning mavjud holatini ifoalovchi
hodisa, voqelik, jarayonning tarkibiy elementlari o'rtasidagi o'zaro birlik,
aloqadorlikni tushunish, sabab-oqibatlarini tahlil qilish, faoliyat mazmuni,
yo'nalishi va eng muhimi, natijasini kafolatlovchi omillarni tahlil qilish
malakalarini samarali rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.
Shu kabi salbiy holatning olini olishda talabalarni “muammo vaziyatlar”ga
ro'para qilish metodik jihatdan samarali sanaladi.
Muammoli
vaziyatlarning
didaktik
imkoniyatlari
talabalarni
o'rganilayotgan masala (mavzu, muammo) yuzasidan fikrlash, masala
mohiyatini yorituvchi tarkibiy elementlar o'rtasidagi o'zaro birlik va
aloqadorlikni anglash, “muammo-muammoni hal qilish jarayoni-yechim” tizimi
asosida masalani tahlil qilish, yechim borasida farazlarni ilgari surish, ularning
maqbulligini tekshirish, yechimni bayon etish va uni himoya qilish kabi amaliy
harakatlarni tashkil etishga majbur qiladi.
Qolaversa, muammoli vaziyatlar yordamida talabalar o'z bilimlarini
mustaqil
tahlil
qilish,
o'quv-bilish
faoliyatiga
tanqiliy
yondashish,
o'rganilayotgan masala (mavzu, muammo) yuzasidan ijodiy fikrlarni ilgari
surish kabi imkoniyatlarga ega bo'ladiki, xuddi shu holat jamiyat tomonidan
ta'lim tizimi oldiga qo'yilayotgan ijtimoiy buyurtmaning to'laqonli bajarilishini
ta'minlaydi. Ya'ni, muammoli o'qitish, uni o'qitish jarayonida qo'llaniladigan
texnologiyalar respublika uzluksiz ta'lim tizimi tomonidan o'z oldiga qo'yilgan
har tomonlama (aqliy, axloqiy, jismoniy, hissiy jihatdan) rivojlangan barkamol
shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashdan iborat ijtimoiy buyurtmaning
bajarilishini ta'minlovchi zarur pedagogik shart-sharoitni vujudga keltiradi. Shu
sababli bugungi kunda ta'lim tizimida muammoli ta'limdan foydalanish,
muammoli ta'lim texnologiyalarini samarali qo'llashga alohida e'tibor
qaratilmoqda.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta'limi amaliyotida ham “Keys- stadi”
texnologiyasini qo'llash asosida muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni hal
117
qilishga doir o'quv topshiriqlarini ishlab chiqish borasida boy amaliy tajriba
to'plangan va mazkur texnologiya jahon o'qitish tizimida eng ommalashgan
o'quv texnologiyasi sifatida e'tirof etilmoqda.
Pedagogik turkum fanlarini o'qitishda “ Keys-stadi” texnologiyasini
qo'llash xususida so'z yuritishdan avval uning tushuncha sifatida o'zida qanday
mohiyatni yoritishi xususida to'xtalib o'tish maqsadga muvofiqdir.
“ Keys-stadi” texnologiyasi (ingl. “case” – chemodan, metod, “study” –
muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish) –
talabalarda aniq, real yoki sun'iy yaratilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish
orqali eng maqbul variantlarini topish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat
qiladigan texnologiya, real vaziyatlarni bayon etishda qo'llaniladigan o'qitish
texnikasi deya e'tirof etiladi.
Texnologiyaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
1.Tahlil ko'nikmalari va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish.
2.Nazariya va amaliyot birligini ta'minlash.
3.Muammo yuzasidan turli qarashlar va yondashuvlarni namoyish qilish.
4.Qarorlar
qabul qilish va
uning oqibatlariga doir mulohazalarni
taqdim etish.
5.Noaniqliklar mavjud bo'lgan sharoitda muqobil variantlarni baholash
ko'nikmalarini shakllantirish.
Darhaqiqat, keys-stadi talabalarni har qanday mazmunga ega vaziyatni
o'rganish va tahlil qilishga o'rgatadi. Uning negizida muayyan muammoli
vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar
yotadi. Bular quyidagilardir: ta'lim shakllari, ta'lim metodlari, ta'lim vositalari,
ta'lim jarayonini boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan
olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to'plash,
ularni o'rganish usul va vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, o'qituvchi
va o'quvchi talaba) o'rtasidagi ta'limiy aloqaning usul va vositalari, o'quv
natijalari.
118
Zamonaviy o'qitish amalyotida ta'limiy xarakterdagi keyslarning quyidagi
turlari qo'llanilmoqda:
- muammoning yechimi va qarorlarni tahlil qilishga yo'naltirilgan keyslar;
- qaror yoki yaxlit muammoni ifodalovchi keyslar;
- talaba faoliyatini tahlil qilish va baholash imkoniyatini beruvchi keyslar.
Texnologiya talabalarda predmetni o'zlashtirishga bo'lgan qiziqishni,
amaliy ko'nikmalarni, vaziyatni tahlil qilish va to'g'ri qaror qabul qilishga
nisbatan ijodiy yondashish malakalarini rivojlantiradi, turli muammoli vaziyatlar
va ularni hal qilish asosida ular tomonidan bilimlarning faol o'zlashtirilishi
uchun imkoniyat yaratadi.
“Keys-stadi” yordamida talabalar quyidagi ko'nikma, malakalarga ega
bo'ladi:
1.Tahliliy ko'nikmalar (ma'lumotlarni axborotlardan ajrata olish, ularni
turkumlashtirish, ma'lumotlarni zarur va nozarurga ajratish, tahlil qilish, taqdim
etish; buning uchun shaxs aniq, mantiqiy fikrlay olishi kerak).
2.Amaliy ko'nikmalar (muammoning murakkabligidan kelib chiqib, real
vaziyatni tahlil qila olish, eng muhim nazariya, metod va tamoyillarni qo'llay
bilish).
3.Ijodiy ko'nikmalar (bunda mantiqiylik asosida vaziyat (muammo)ni
yechish muhim emas, balki ijodiy yondashuv asosida muammoning bir necha
yechimlarini topish va ularni tahlil qilish talab etiladi).
4.Muloqot ko'nikmalari (unga ko'ra talaba bahs-munozara olib borish, o'z
nuqtai nazarini himoya qilish, qaroriga boshqalarni ishontirish, juda qisqa va
ishonarli hisobotni tayyorlash ko'nikmalarini o'zlashtira bilishi zarur).
5.Ijtimoiy ko'nikmalar (qarorni muhokama qilish jarayonida talabalar
boshqalarning xatti-harakatini tahlil qilish, boshqalarni tinglay bilish, bahsda
o'zgalarning fikrlarini qo'llab-quvvatlash, ilgari surilgan fikrga qarama-qarshi
fikrni bildira olish va o'zini boshqara olishi lozim).
119
6.O'z-o'zini tahlil (bahs-munozara jarayonida o'zini tuta bilishi,
boshqalarga namuna bo'lishi muhim).
Har o'qituvchi keys-stadiga asoslangan o'quv topshiriqlarining puxta
asoslanishiga erisha olishi lozim. Keys topshiriqlarining amaliy- didaktik
xarakterga ega bo'lishi uchun ularni ishlab chiqishda quyidagilarga e'tiborni
qaratish talab etiladi:
- maqsad aniq ifoda etish (maqsad ikki xil (yoki undan ortiq)
tushunilmasligi;
- savol yoki topshiriqlar ma'lum darajada murakkab bo'lishi;
- ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotning bir necha jihatini yorita olishi;
- tezda o'zining amaliy ahamiyatini yo'qotmasligi;
- milliy xususiyatlarni o'zida namoyon eta olishi;
- ta'limning barcha
yo'nalish
yoki sohalariga oid
tipik
vaziyatlarni ifodalashi;
- dolzarb ahamiyatga ega bo'lishi;
- talabalarda tahliliy tafakkurni rivojlantirishi;
- bahs-munozarani tashkil etish imkoniyatini yaratishi;
- bir necha yechim (qaror)ni ilgari surish imkoniyatini ta'minlay olishi.
O'quv keyslarining muhim xarakterli jihatlari talabalarga muammoli
vaziyatni hal etish yuzasidan talabalar e'tiboriga adabiyotlar ro'yxatining taqdim
etilishi, ularga metodik ko'rsatma, yo'riqnomalarning berilishi va albatta,
o'qituvchi tomonidan muammoning yechimi bo'yicha o'z variantining taqdim
etilishi sanaladi.
Keyslarni yechishga doir metodik ko'rsatma, yo'riqnomalar taxminan
shunday bo'lishi mumkin:
1.Keys (muammo) bilan tanishing.
2.Muammoning dolzarbligini baholang.
3.Muammoning dolzarbligini dalillar yordamida izohlang.
4.Keys (muammo)ni samarali yechish yo'llarini aniqlang.
120
5.Keys (muammo)ning samarali yechimini belgilovchi metod va
texnologiyalarni tanlang.
6.Keys (muammo)ning samarali yechimini kafolatlovchi faraz (ilmiy
faraz)larni shaklantiring.
Xorijiy mamlakatlar ta'limi amaliyotida keyslar amaliy va ilmiy
tadqiqotlarini tashkil etish maqsadida qo'llanilishi sababli ular odatda murakkab
tarkibiy tuzilma hamda o'rtacha (Yevropa), katta (AQSH) hajmga ega bo'ladi.
Ko'p holatlarda keyslar birgina mashg'ulot jarayonida hal qilinmay, balki butun
bir semestr, hatto o'quv yili davomida yechiladi. Ularning bu boradagi
tajribalaridan bitiruv malakaviy ishlari (bakalavriat), magistrlik dissertatsiyalari
(magistratura), bitiruv loyiha ishlari (malaka oshirish kurslari)da foydalanish
maqsadga muvofiqir. O'quv materialining xarakteridan kelib chiqqan holda
oddiy, murakkab tarkibiy tuzilishga ega bo'lmagan, ya'ni mini testlardan ham
foydalanish amaliy qiymatga egaligi ta'lim amaliyotida o'z tasdig'ini topgan.
Murakkab keys (muammoli vaziyat)lar quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega
bo'ladi:
1.Pedagogik annotatsiya.
2.Kirish.
3.Keys (muammo)ning bayoni.
4.Keys (muammo)ni yechish yuzasidan topshiriq (yoki savol)lar.
5.Foydalanish uchun adabiyotlar ro'yxati.
6.Metodik ko'rsatmalar.
7.Keysni yechish jarayoni (tahlil va yechim variantlarini ilgari surish,
variantlar maqbulligini tekshirish).
8.Keys yechimi bo'yicha taqdimotni tashkil etish.
9.Keys yechimini tahlil qilish.
10.O'qituvchi (keysolog)ning yechimi.
Mini keyslar uchun quyidagi tarkibiy tuzilmaga egalik xarakterlidir:
1.Keys (muammo)ning bayoni.
121
2.Keys (muammo)ni yechish yuzasidan topshiriq (yoki savol)lar.
3.Foydalanish uchun adabiyotlar ro'yxati.
4.Metodik ko'rsatmalar.
5.Keysni yechish jarayoni (tahlil va yechim variantlarini ilgari surish,
variantlar maqbulligini tekshirish).
6.Keys yechimi bo'yicha taqdimotni tashkil etish.
7.Keys yechimini tahlil qilish.
8.O'qituvchi (keysolog)ning yechimi.
Anglanganidek, ta'lim jarayonida o'quv keyslarini qo'llashda jarayon
(mashg'ulot) yakunida albatta o'qituvchi (keys)ning yechimini taqdim etishi
zarur. Buning didaktik ahamiyati bu yechim asosida talabalarning o'z o'quv-
bilish harakatlarining qanchalik to'g'ri, samarali, maqsadga muvofiq amalga
oshira olganliklarini tahlil qilish, solishtirish, yo'l qo'ygan xatolarini aniqlash
imkoniyatini yaratishi bilan belgilanadi.
Keyslar tipologiyasida o'quv topshirig'ini taqdim etish usuli savolli hamda
topshiriqli bo'lishi ko'rsatilgan. Shunga ko'ra talabalarning e'tiborlariga havola
etiladigan keyslar yoki savolli, yoki topshiriqli bo'lishi mumkin.
Agar keys savolli-keys bo'lsa, u holda muammo yoki muammoli vaziyatni
tahlil qilish va yechishga oid bir necha savollar keltiriladi.
Masalan:
1.Yoshlarning “ommaviy madaniyat” ta'siriga berilishining asosiy omillari
nimalardan iborat?
2.Yoshlarning “ommaviy madaniyat”ta'siriga berilishlarida OAVning o'rni
va rolini qanday aniq dalillar asosida baholay olasiz?
Agar keys topshiriqli-keys bo'lsa, u holda keysni yechish jarayonida
bajarilishi zarur bo'lgan topshiriqlar beriladi. Odatda keyslarni tayyorlashda
darslik va o'quv qo'llanmalardan, balki ommaviy axborot vositalari, jumladan,
Internet materiallaridan ham maqsadli foydalanish mumkin.
122
Pedagogik turkum fanlarni o'qitishda qo'llaniladigan keyslarni ularning
xarakteriga ko'ra B.Blum taksonomiyasi (bilish-tushunish-anglash-tahlil-sintez-
qo'llash)ga muvofiq bir necha guruhga ajratish mumkin. Xususan:
1) pedagogik bilimlardan xabardorlikni aniqlashga yordam beradigan
keyslar;
2) pedagogik faoliyat, hodisa yoki jarayon mohiyatini tushunish holatini
belgilashga xizmat qiladigan keyslar;
3) ta'lim va tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat hamda hodisalarning
tarkibiy elementlari o'rtasidagi o'zaro birlik va aloqadorlikni anglash hamda
tahlil qilishga yo'naltirilgan keyslar;
4) ta'lim va tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat hamda hodisaning
tarkibiy elementlarini tizimlashtirish, sintezlash, bosqichlarni izchil ifodalashni
taqozo etadigan keyslar;
5) pedagogik bilimlarni amalda qo'llash, mavjud ko'nikma va malakalarni
to'laqonli namoyon etishga doir keyslar.
Pedagogik turkum fanlarni o'qitishda ushbu keyslardan samarali, maqsadli
va o'rinli foydalanish uchun zarur sharoitlar mavjudligi aniqlandi. Quyidagi
misollar ushbu fikrning to'g'riligini tasdiqlaydi.
1. Pedagogik bilimlardan xabardorlikni aniqlashga yordam beradigan keys.
|