109
4.O'quv
materiallarini
kreativ
yondashuv asosidasamarali
tayyorlashda qanday tamoyillar inobatga olinadi?
5.O'quv
mashg'ulotlar
uchun didaktik
ishlanmalar
tayyorlashga qo'yiladigan zamonaviy talablar nimalarda iborat?
6.O'qituvchilarda
kreativlikni
rivojlantirishning
pedagogik
texnologiyalarini tushuntiring
6-modul.Amaliy pedagogik faoliyatni tashkil etishga kreativ
yondashish
Reja:
1.Ma'ruza mashg'uloti uchun mo'ljallangan matnning vizual xususiyat kasb
etishi.
2.O'quv topshiriqlarining turlari va o'quv mashg'ulotlar uchun o'quv
topshiriqlarini shakllantirish.
3.O'quv topshiriqlari uchun ish qog'ozlarini tayyorlash.
4.Kreativ yondashuv asosida o'quv fanlari bo'yicha
nazorat-sinov-
topshiriqlarini tayyorlash, keys va darajali testlar to'plamini shakllantirish.
5.Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etishga kreativ yondashish. O'quv
mashg'ulotlari va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar uchun auditoriya (joy)ni
jihozlashga kreativ yondashish.
Tayanch tushunchalar: matn, vizuallik, matnning vizuallik xususiyati,
o'quv topshiriqlari, o'quv topshiriqlarining turlari, ish qog'ozlari, keys, darajali
test, auditoriyani jihozlash.
Shaxsda kreativlikni shakllantirishga yo'naltirilgan mashg'ulotlar faqatgina
ko'ngilochar xarakterdagi topshiriq, mashq yoki vazifalardan iborat bo'lib qolishi
kerak emas. Balki, talabalarga beriladigan
barcha topshiriq, mashq va vazifalar
mavjud davlat ta'lim standartlarga mos kelishi, talabalarga bilim, ko'nikma va
110
malakalarini to'laqonli namoyish qila olish imkoniyatini yaratishi zarur.
Mashg'ulotlar jarayonida o'qituvchilar talabalarni asta-sekin mas'uliyatdan ozod
qilish orqali mustaqil ta'lim olishga rag'bat bildiradigan shaxs bo'lishlariga
erisha
olishlari lozim.
Pedagogning kreativligi rivojlantirishda uning ma'ruza, amaliy, seminar va
laboratoriya mashg'ulotlari uchun o'quv topshiriqlarini ishlab chiqishga ijodiy
yondashish ko'nikma va malakalariga ega bo'lishi muhim ahamiyatga ega.
Buning uchun pedagoglar o'zlarida kreativlik qobiliyatini rivojlantirish yo'lida
tizimli, izchil amaliy harakatlarni tashkil etishlari zarur. Quyida ularning
ayrimlari xususida to'xtalib o'tiladi.
1.
Matnli axborotlarni grafik shakliga o'tkazish. Matnli, ayniqsa, katta
hajmdagi matnli axborotlar talabalar tomonidan qiyin qabul qilinadi. Zamonaviy
sharoitda matnli axborotlarni grafik shakliga o'tkazish talab etilmoqda. O'quv
axborotlarini grafik shakliga o'tkazishda ma'lumotlarni model, sxema, jadval,
diagramma, tasvir, klaster, matematik, fizik, geometrik ko'rinishlarida ifodalash
maqsadga muvofiqdir. Bu tarzda talabalarga taqdim etilgan axborotlar talabalar
tomonidan samarali qabul qilinadi.
2.
Maxsus testlar bilan ishlash. Pedagoglarni
qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish kurslarida tinglovchilarda kreativlik qobiliyati va
sifatlari mavjudligini aniqlashda P.Torrensning “Tugallanmagan rasmlar”
testidan foydalanish samarali natijalarni beradi.Mazkur test quyidagi shtrixlaran
iborat noaniq tasvirlardan iborat bo'lib, tinglovchilarga ularni tugatib berish
topshirig'i beriladi.
OTMda bo`lajak pedagoglarni kasbiy tayyorlash jarayonida P.Torrensning
“Tugallanmagan rasmlar” testini maqbul ravishda qo'llash o`z samarasini
beradi. Talabalar tomonidan bajarilgan testlar bo`lajak
pedagoglarning qay
darajada kreativlik sifatlariga egaligi, tasavvurining qanchalik boyligini
ifodalaydi.
111
3.
Interfaol metodlardan foydalanish. Mashg'ulotlarda
interfaol metod
(strategiya, grafikr organayzer)lar bilan ishlash talabalar tomonidan o'quv
axborotlarini tizimli, yaxlit holda o'zlashtirish imkoniyatini yaratadi. Qolaversa,
interfaol metodlar yordamida talabalar o'quv axborotlari bilan ishlashda
bilimlarni tahlil qilish, sintezlash, muhim tushunchalarni tizimlashtirish, ob'ekt,
jarayon, faoliyat, voqea, hodisalarning umumiy mohiyatini
aniq ifodalash kabi
ko'nikma, malakalarni o'zlashtirishga muvaffaq bo'ladi.
112
Quyida peagogik turkum fanlarini o'qitish hamda talabalar, OTM
pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakalarini oshirish kurslari
tinglovchilarida kreativlik sifatlari, ijodiy-kasbiy
faoliyat malakalarini
shakllantirishda interfaol metodlardan foydalanishga oid misollar keltiriladi.