101
foydalanishlari mumkin. Bu o'rinda olingan ma'lumotlarning
ishonchliligi
muhim. Shu sababli pedagoglar didaktik materiallarni tayyorlashda o'quv
axborotlarining ishonchli ekanligiga e'tiborni qaratishlari zarur. Binobarin, ilmiy
asosga ega dalillar bilan boyitilgan didaktik materiallar talabalarning umumiy va
kasbiy rivojlanishini ta'minlashda o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Demak, pedagoglarning o'quv dasturlari va o'quv manbalarini yaratishga
nisbatan kreativ yondashuvlari talabalarning umumiy rivojlanishi hamda kasbiy
shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim jarayonining muvaffaqiyati
pedagog tomonidan taqdim etilayotgan o'quv materiallarining
qay darajada
sifatli tayyorlanishiga ham bog'liq. Shu sababli pedagoglar o'quv materiallarini
tayyorlashga kreativ yondashishlari talab etiladi.
Bunda ular o'quv materiallarini samarali shakllantirishda g'oyaviylik,
ilmiylik, vizuallik, tizimlilik, o'quv axborotlarining
izchil bayon etilishi, o'quv
axborotlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik, talabalarning yosh xususiyatiga mosligi,
amaliy ahamiyatga egalik, aniq maqsadga yo'naltirilganlik hamda estetik
talablarga muvofiqlik kabi tamoyillarni inobatga olishi o'quv
jarayonining
sifatli, metodik jihatdan to'g'ri tashkil etilishini ta'minlaydi. moyillarni inobatga
olishlari zarur. O'quv mashg'ulotlar uchun didaktik ishlanmalar tayyorlashda
ham pedagoglar zamonaviy talablar.