moslash o’rniga, OMY aniq bir sohaning atamalaridan foydalanish imkonini
beradi.
Ishonchlilik. Yaxshi dasturiy ta'minot
boshqa har qanday mahsulotlar,
masalan, muzlatgich yoki televizorlar kabi ishonchli bo’lmog’i lozim.
Puxta ishlab chiqilgan va tartib bilan yozilgan obyektga mo’ljallangan dastur
ishonchli bo’ladi. Obyektlarning modulli tabiati dastur qismlaridan birida, uning
boshqa
qismlariga tegmagan holda, o’zgartirishlarni amalga oshirish imkonini
beradi. Obyekt tushunchasi tufayli, axborotga ushbu axborot kerak bo’lgan
shaxslar
egalik qiladi, ma’suliyat esa berilgan funksiyalarni bajaruvchilar
zimmasiga yuklatiladi.
Qayta qo’llanish imkoniyati. Quruvchi uy qurishga kirishar ekan,
har gal
g’ishtlarning yangi turini ixtiro qilmaydi. Radiomuhandis yangi sxemani
yaratishda, har gal rezistorlarning yangi turini o’ylab topmaydi. Unda nima uchun
dasturchi “g’ildirak ixtiro qilaverishi kerak?” Masala o’z yechimini topgan ekan,
bu yechimdan ko’p martalab foydalanish lozim.
Malakali ishlab chiqilgan obyektga mo’ljallangan sinflarni bemalol takroran
ishlatish mumkin. Xuddi modullar kabi obyektlarni ham turli dasturlarda takroran
qo’llash mumkin. Modulli dasturlashdan farqli o’laroq, OMY mavjud obyektlarni
kengaytirish
uchun vorislikdan, sozlanayotgan kodni yozish uchun esa
polimorfizmdan foydalanish imkonini beradi.
Kuzatib borishda qulaylik. Dasturiy mahsulotning ish berish davri uning
ishlab chiqilishi bilan tugamaydi. Dasturni ishlatish jarayonida kuzatib borish deb
nomlanuvchi jarayon muhimdir. Dasturga sarflangan 60 foizdan 80 foizgacha vaqt
kuzatib borishga ketadi. Ishlab chiqish esa ish berish siklining 20 foizinigina
tashkil etadi.
Puxta ishlangan obyektga mo’ljallangan dastur ishlatishda qulay bo’ladi.
Xatoni bartaraf etish uchun faqat bitta o’ringa to’g’rilash kiritish kifoya qiladi.
Chunki ishlatishdagi o’zgarishlar, boshqa barcha
obyektlar takomillashtirish
afzalliklaridan avtomatik ravishda foydalana boshlaydi. O’zining tabliyligi tufayli
dastur matni boshqa ishlab chiquvchilar uchun tushunarli bo’lmog’i lozim.