S I N F - N O M I . O B ’ E K T - N O M I
Dasturda ob’ekt komponentasiga quyidagicha murojat kilish mumkin:
Sinf-nomi.ob’ekt-nomi :: komponenta-nomi yoki soddarok holda
Ob’ekt-nomi. Element-nomi
Misol uchun:
x.real=1.24;
x.imag=0.0;
dim[3]. Real=0.25;
dim[3]. Imag=0.0;
Sinfga tegishli funksiyalarga quyidagicha murojat qilinadi:
ob’ekt-nomi. funksiya-nomi
Misol uchun:
X. define(0.9) (Bu holda real=0.9 va imag=0.0)
X. define(4.3,20.0) (Bu holda kompleks son 4.3+i*20.0)
Display funksiyasi ekranda kompleks son qiymatlarini tasvirlaydi.
Komponenta o’zgaruvchilar
va komponenta
funksiyalar.Sinf
kompanenta o’zgaruvchilari sifatida o’zgaruvchilar , massivlar, ko’rsatkichlar
ishlatilishi mumkin. Elementlar ta’riflanganda initsializatsiya kilish mumkin
emas. Buning sababi shuki sinf uchun xotiradan joy ajratilmaydi. Kompanenta
elementlariga kompanenta funksiyalar orkali murojat qilinganda faqat nomlari
ishlatiladi
Sinfdan
tashqarida sinf
elementlariga
emas
ob’ekt elementlariga murojat kilish mumkin . Bu murojat ikki xil bo’lishi
mumkindir.
Ob’ekt- nomi . Element - nomi.
Sinf
elementlari sinfga
tegishli
funksiyalarida
ishlatilishidan oldin
ta’riflangan bo’lishi shart emas. Xuddi shunday bir funksiyadan xali ta’rifi
berilmagan ikkinchi funksiyaga murojaat kilish mumkin.
Komponentalarga murojaat xukuklari. Komponentalarga murojaat xuquqi
murojaat spetsifikatorlari yordamida boshkariladi. Bu spetsifikatorlar:
Protected – ximoyalangan;
Private – xususiy;
Public – umumiy;
Ximoyalangan kompanentalardan sinflar ierarxiyasi qurilganda foydalaniladi.
Oddiy
holda Protected spetsifikatori Private spetsifikatoriga
ekvivalentdir.
Umumiy ya’ni Public tipidagi komponentalarga dasturning ixtiyoriy joyida
murojaat kilinishi mumkin.
Xususiy ya’ni Private tipidagi komponentalarga sinf tashqarisidan murojaat
qilish mumkin emas. Agar sinflar Struct xizmatchi so’zi bilan kiritilgan bo’lsa,
uning hamma komponentalari umumiy Public bo’ladi, lekin bu xuquqni murojaat
spetsifikatorlari yordamida o’zgartirish mumkin.
Agar sinf Class xizmatchi so’zi orkali ta’riflangan bo’lsa, uning hamma
komponentalari xususiy bo’ladi. Lekin bu xuquqni murojaat spetsifikatorlari
yordamida o’zgartirish mumkindir.
Bu spetsifikator yordamida sinflar umumiy holda quyidagicha ta’riflanadi:
class class_name
{
int data_member; // Ma’lumot-element
void show_member(int); // Funksiya-element
};
Sinf ta’riflangandan so’ng, shu sinf tipidagi o’zgaruvchilarni(ob’ektlarni)
quyidagicha ta’riflash mumkin:
class_name object_one, object_two, object_three;
Quyidagi misolda employee, sinfi kiritilgandir:
class employee
{
public:
long employee_id;
float salary;
void show_employee(void)
{
cout<<"Nomer: "<cout<<"Maosh: "<};
};
Bu sinf ikki o’zgaruvchi va bitta funksiya-elementga ega.
Quyidagi dastur ikki employee ob’ektini yaratadi. Nuqta operatordan
foydalanib
ma’lumot
elementlarga
qiymat
beriladi
so’ngra show_employee elementidan foydalanib xizmatchi xakidagi ma’lumot
ekranga chikariladi:
#include
using namespace std;
class employee
{
public:
long employee_id;
float salary;
void show_employee(void)
{
cout<<"Nomer: "<cout<<"Maosh: "<};
};
int main()
{
employee worker, boss;
worker.employee_id = 12345;
worker.salary = 25000;
boss.employee_id = 101;
boss.salary = 101101.00;
cout<<"\n"<<"ishchi"< worker.show_employee();
cout<<"\n"<<"boss"< boss.show_employee();
return 0;
}
Komponenta funksiya ta’rifi. Komponenta funksiya albatta sinf tanasida
ta’riflangan bo’lishi lozim. Global funksiyalardan farqli komponenta funksiya
sinfning hamma komponentalariga murojat qilishi mumkin. Funksiyaning faqat
prototipi emas to’la ta’rifi sinf tanasida joylashgan bo’lsa, bu funksiya
joylashtiruvchi
(inline)
funksiya
hisoblanadi.
Ma’lumki
inline
funksiyalardassikllar, kalit bo’yicha o’tish operatori ishlatilishi mumkin emas.
Bundan tashqari bunday funksiyalar rekursiv funksiya bo’lolmaydi. Bu
chegaralarni engish uchun sinf tanasiga faqat funksiya prototipi joylashtirilib,
funksiyaning to’la ta’rifi sinf tashqarisida dasturga kiruvchi boshqa funksiyalar
bilan birga beriladi. Komponenta funksiyani sinf tashqarisida ta’riflanganda, qaysi
sinfga tegishli ekanligini quyidagi shaklda ko’rsatiladi:
Sinf-nomi :: Komponenta funksiya-nomi
Sinf tanasiga komponenta funksiya prototipi quyidagi shaklda joylashtiriladi:
Tip funksiya-nomi(formal-parametrlar-ta’rifi)
Sinf tashqarisida funksiya quyidagi shaklda ta’riflanadi:
Tip sinf-nomi :: funksiya-nomi(formal-parametrlar-spetsifikatsiyasi)
{ funksiya tanasi };
Oldingi misoldagi employee sinfida funksiya sinf ichida ta’riflangan. Bunday
funksiya joylanuvchi (inline) funksiya deb qaraladi.
Funksiyani sinf tashqarisida ta’riflab sinf ichiga funksiya prototipini
joylashtirish mumkin. Sinf ta’rifi bu holda quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
class employee
{
public:
long employee_id;
float salary;
void show_employee(void);
};
Har xil funksiyalar bir xil nomli funksiyalardan foydalanishi mumkin bo’lgani
uchun funksiya nomi sinf nomi va global ruxsat operatori belgisi (::) qo’yilishi
lozim.
void employee::show_employee(void)
{
cout<<"Nomer: "< cout<<"Maosh: "< };
Funksiya sinf tashqarisida ta’riflangan bo’lsa ularni inline funksiya sifatida
qarash uchun funksiya ta’rifida inline so’zi aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Quyidagi
dastur show_employee funksiyasi
ta’rifini sinf tashqarisiga
joylashtiradi va inline so’zi anik ko’rsatiladi:
#include
using namespace std;
class employee
{
public:
long employee_id;
float salary;
void show_employee(void);
};
inline void employee::show_employee(void)
{
cout<<"Nomer: "<cout<<"Maosh: "<};
int main()
{
employee worker, boss;
worker.employee_id = 12345;
worker.salary = 25000;
boss.employee_id = 101;
boss.salary = 101101.00;
cout<<"\n"<<"ishchi"<worker.show_employee();
cout<<"\n"<<"boss"<boss.show_employee();
return 0;
}
K O N S T R U K T O R L A R .
K O N S T R U K T O R L A R
B U
S I N F
K O M P O N E N T A
F U N K S I Y A L A R I
B O ’ L I B ,
OB’EKTLARNI
A V T O M A T I K
I N I T S I A L I Z A T S I Y A
Q I L I S H
U C H U N
I S H L A T I L A D I .
Konstruktorlar ko’rinishi quyidagicha bo’lishi mumkin:
Sinf nomi (formal parametrlar ro’yxati)
{konstruktor tanasi}
Bu komponenta funksiya nomi sinf nomi bilan bir xil bo’lishi lozim.
Misol uchun complex sinfi uchun konstruktorni quyidagicha kiritish mumkin :
complex (double re = 0.0; double im = 0.0 )
{real=re; imag=im;}
Konstruktorlar uchun qaytariluvchi tiplar, xatto void tipi ham ko’rsatilmaydi.
Dasturchi tomonidan ko’rsatilmagan holda ham ob’ekt yaratilganda konstruktor
avtomatik ravishda chaqiriladi.
|