o’zgartirmay turib modulni qadam-baqadam o’zgartirish mumkin emas. Bundan
tashqari,
bitta modulni ishlab chiqishda, uning funksiyalarini boshqasiga
o’tkazmay(delegat qilmay) turib boshqasidan foydalanib bo’lmaydi.
Yana garchi
modulda turni belgilab bo’lsa-da, bir modul boshqasida belgilangan turdan
foydalana olmaydi.
Modulli va prosedurali dasturlash tillarida
turni kengaytirish usuli, agar
«agregatlash» deb ataluvchi usul yordamida boshqa turlarni yaratishni hisobga
olmaganda, mavjud emas edi. Xullas,
modulli dasturlash – bu yana protseduraga
mo’ljallangan gibridli sxema bo’lib, unga amal
qilishda dastur bir necha
protseduralarga bo’linadi. Biroq endilikda protseduralar ishlov berilmagan
ma'lumotlar ustida amallarni bajarmaydi, balki modullarni boshqaradi.
Obyektga yo’naltirilgan dasturlash (OYD) bu talablarga to’la javob beradi.
Bunda dasturiy komponentlarni ko’p martalab qo’llash
va berilganlarni
manipulatsiya qiluvchi usullar bilan birlashtirish imkoniyati mavjud.
OYDning asosiy maqsadi berilganlar va ular ustida amal bajaruvchi
protseduralarni yagona obyekt deb qarashdan iboratdir.