Sinflar va obyektlarning aloqasi va o’zaro ta'siri. Obyekt – bu
xususiyatlarga ega bo’lgan va uning xatti-harakatlarini ko’rsatadigan haqiqiy nomli
mohiyat.
Obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillariga qo’llanilganda, obyekt va sinf
tushunchasi aniqlanadi:
Obyekt – bu kompyuter xotirasida fizik jihatdan
joylashtirilgan va ularga
kirish imkoniyatiga ega bo’lgan ma'lumotlar to’plami (obyektlar maydonlari). Ism
obyektni tashkil etuvchi maydon va metodlarga kirish uchun ishlatiladi. Ba’zi
holatlarda, obyekt xossalar yoki metodlarni o’z ichiga olmaydi va nomga ega
bo’lmasligi mumkin. Har qanday obyekt ma'lum bir sinfga tegishli. Sinf
ma'lumotlarning tavsifi va ulardagi amallarni o’z ichiga oladi. Sinf ma'lum bir -
biriga bog’liq, aslida mavjud obyektlarning umumiy tavsifini beradi. Obyekt - bu
sinfning aniq nusxasi.