Mavzu: Operatsion sistema va uning funksiyalari
Reja :
1. Operatsion sistema ta’rifi va xususiyatlari.
2. ShK operatsion tizimlari kompanentalari.
3. MS – DOS tizimi tarkbi.
4. Windows sistemasi qulayliklari.
Operatsion sistema (OS) sistemaviy programma
taminotining asosiy
turlaridan biri bo‘lib apparatura (mashina) atirofida ish
muhitini tashkil qiladi va
mashinaga to‘g‘ridan – to‘g‘ri murojat qiladi. Ma’lumotlarni
qayta ishlash
jarayonida 4 ta bir – biri bilan bog‘liq kompanenta: odam (foydalanuvchi),
qurilmalar (mashina), programma va ma’lumot o‘zaro
hamkorlik qilsa, OS hu
hamkorlikni boshqaradi.
Shularni xisobga olib OS ga quydagicha tariff berish mumkin.
Tarif: Operatsion sistema sistemaviy programma bo‘lib
foydalanuvchi va
hisoblash tizimi orasidagi muloqatni tashkil qiladi
va quydagi funksiyalarni
bajaradi:
- xotirani boshqarish ;
- protsessorni boshqarish ;
- jarayonlarni boshqarish ;
- qurilmalarni boshqarish ;
- fayllarni boshqarish.