Paket rejimi sistemasi;
Vaqtni taqsimlash sistemasi;
Real vaqt sistemasi muloqot (dialog) sistemasi.
“
paket” rejimi –
bu masalalar majmuasiga ishlov beruvchi sistema ya’ni bir
yoki bir necha foydalanuvchi tomonidan tayyorlangan topshiriqlarni bajaruvchi
sistema. Masalalar majmuasi kompyuterga kiritilgandan so‘ng foydalanuvchi bilan
uning masalasi o‘rtasida muloqot qilish ta’qiqlangan. Bunday OC bir dasturli yoki
ko‘p dasturli rejimlarda ishlashi mumkin.
Vaqtni taqsimlash –
bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchiga xizmat
qilish mumkin va foydalanuvchiga o‘z masalasi bilan muloqot qilish imkonini
beradi. Bir vaqtda ishlash effektiga, protsessor vaqti va boshqa resurslarni turli
foydalanuvchilar tomonidan berilgan hisoblash jarayonlariga taqsimlash bilan
erishiladi. OC kompyuterga kiritilayotgan topshiriqlar uchun navbat tashkil qiladi
va har biriga navbat asosida protsessordan foydalanish vaqtini aniqlaydi. Birinchi
topshiriqni bajargandan so‘ng OC uni navbatning oxiriga olib borib qo‘yadi va
ikkinchi masalaga xizmat qiladi va x.k. har bir masalaga xizmat qilish vaqti
parametrlarida aniqlanadi. Professional dasturchi tashkil qilish jarayonida bu vaqt
birligini o‘zgartirishi mumkin.
Real vaqt –
sistema berilgan real vaqt oralig‘ida topshiriqning bajarilishini
ta’minlaydi. Bunda kompyuterdagi hisoblash jarayoni tezligi real vaqt o‘tishiga
hamohang bo‘lishi kerak. Kompyuter bunday OC bilan odatda, bir dasturli rejimda
ishlaydi.