• Buyruq protsessori
  • Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




    Download 0,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/15
    Sana06.06.2024
    Hajmi0,73 Mb.
    #260978
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
    Bog'liq
    SAIDA O.T.

    Muloqot operatsion sistemasi – 
    yakka foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan 
    bo‘lib ko‘mpyuter bilan muloqotning qulay ko‘rinishini ta’minlaydi. OC, odatda, 
    bir dasturli rejimda ishlaydi. 
    Uzilishga ishlov beruvchi (обработка прерываний) modul 
    OC tarkibiga 
    kiritilgan asosiy modullardan biri hisoblanadi. U foydalanuvchi dasturi bilan 
    aloqani ta’minlaydi. Uzilishga ishlov beruvchi modul operativ xotiraga yuklanadi 
    va u yerda kompyuter bilan ishlash seansi vaqtida saqlanib turadi. Bu mudul 
    komponentlari qism dasturlaridan iborat bo‘lib, fayl sistemasi ishlashini, disk bilan 
    berilganlarni almashishni va, shu bilan birga, maxsus xolatlarni tahlil qilishni
     
    ta’minlaydi. Amaliy
     
    dasturdan bu qism dasturlarga murojaat qilinganda uzilishga 
    ishlov beruvchi modul bajariladigan amallar parametrini oladi, uni tahlil qiladi va 
    holatni ko‘rinishiga qarab kerakli modullarga bir yoki bir necha murojaatni hosil 
    qiladi. 


    Buyruq protsessori 
    funksiyalari quyidagilardan iborat: 
    1.
    Klaviatura va buyruq faylidan kiritilgan buyruqni qabul qilish va sintaktik 
    tahlil qilish. 
    2.
    OC ichki buyruqlarni bajarish. 
    3.
    OC tashqi buyruqlarni va foydalanuvchining amaliy dasturlarini yuklash va 
    bajarish. 
    Buyruq protsessori tomonidan bajariladigan buyruqlar 
    ichki 
    buyruqlar 
    deyiladi. Foydalanuvchining tashabbusi bilan bajariladigan buyruqlar esa 
    tashqi 
    buyruqlar tashkil qiladi. Tashqi buyruqni bajarish uchun buyruq protsessori 
    diskdan mos ismli buyruqni qidiriladi, agar uni topa olsa, u hilda uni xotiraga 
    yuklaydi va unga boshqaruvni beradi. Buyruqlarni bunday usulda taqsimlanishi 
    operativ xotira bandligini kamaytiradi va kompyuter unumdorligini oshiradi. 
    Amaliy dasturlarni ishga tushurish tashqi buyruqqa murojaat qilishdek 
    amalga oshiriladi. Buyruq protsessori funksiyasiga buyruq fayllarini ishlatish ham 
    yuklatilgan. Buyruq faylining birontasi OC ni yuklangandan so‘ng avtomatik 
    tarzda bajariladi va foydalanuvchiga faoliyat muhiti sozlanganligi haqida dalolat 
    beradi. Avtomatik tarzda bajariladigan buyruq foydalanuvchi ehtiyojiga qarab 
    sistemali dasturchi tomonidan yaratiladi. Buyruq protsessori berilgan satrda 
    yozilgan berilganlarni ketma – ket o‘qiydi va tahlil qiladi. Berilganlar buyruq
    tamg‘a yoki izohdan iborat bo‘lishi mumkin. Agar navbatdagi satrda biron – bir 
    daturga murojaat qiluvchi buyruq bo‘lsa, buyruq fayl ishini to‘xtatib turadi va 
    chiqarilgan dastur bajariladi. Dastur o‘z ishini yakunlagandan so‘ng buyruq fayl 
    o‘z ishini davom ettiradi. 


    Buyruq protsessori xotiraga yuklanganda ikki – doimo xotirada saqlanadigan 
    rezident va xotiraning foydalanuvchi uchun ichiq bo‘lgan norezident qismiga 
    bo‘linadi. Bunda ixtiyoriy dastur buyruq protsessorini norezident qismini o‘chirib 
    yuborishi mumkin. Bu dastur o‘z ishini yakunlaganda boshqaruv har doim buyruq 
    protsessorining rezident qismiga uzatiladi va u sistema diskidan yuklash orqali 
    buyruq faylining norezident qismini tiklaydi. OC aynan shu ko‘rinishda tashkil 
    qilinganligi sababli qattiq disk resurslari yetarli bo‘lmasa yoki u umuman bo‘lmasa 
    sistemali yumshoq disk bo‘lishi shart va u ishga tayyor holatda bo‘lishi kerak. OC 
    normal ishlashini ta’minlash uchun qattiq yoki yumshoq disk o‘rniga operativ 
    xotirada tashkil qilingan virtual diskdan foydalanish mumkin. 
    OC tashqi buyruqlari diskda aloohida saqlangan dasturlar yordamida 
    bajariladi. Ixtiyoriy OC ga turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan o‘nlab dasturlar 
    kiritilgan. Masalan, barcha OC larga kiritilgan qurilma drayveri deb nomlanadigan 
    maxsus rezident dasturlar kiritish – chiqarish sistemasini to‘ldirish uchun 
    qo‘llaniladi. Drayverlar qo‘shimcha tashqi qurilmalarni yoki mavjud qurilmalarni 
    nostandart ishlatilishini ta’minlab beradi. Real OC loyihalanganda fizik qurilmalar 
    imkoniyatlari foydalanuvchi talabiga to‘liq javob bera olmasa maxsus rezident 
    dasturlar yaratib kompyuter imkoniyatlarini kuchaytirish mumkin. 
    Mavjud OC larning bir – biridan farqi “sistema darajasi” bilan aniqlanadi, 
    ya’ni konkret tipdagi kompyuter uchun mos OC qurish (ko‘chirish) bilan 
    aniqlanadi. Bunda OC tannarxi kompyuter arxitekturasi, unga kirgan qurilmalar, 
    berilganlarni ichki ko‘rinishi bilan birga OC tarkibiga kiritilgan imkoniyatlarga 
    bog‘liq bo‘ladi. Qaralayotgan OC larning farqini faqat professional (sistemali) 
    dasturchigina farqlay oladi. Odatda, oddiy foydalanuvchiga bunday farqlar 
    sezilmaydi. Buday farqlar xotira hajmi, berilganlarga ishlov berish vaqti, sistema 
    imkoniyatlari va ishonchliligi bilan aniqlanadi. 
    Sistemada bajariluvchi dastur jarayonni tashkil qiladi. Jarayon – bu 
    holatlarning yagona ketma – ketligidir. Jarayon kompyuter resurslari va fayllar 
    bilan bog‘liq bo‘ladi. Fayl – berilganlar dasturiy bo‘lishi mumkin. Jarayonda 
    qatnashgan har bir fizik resurs albatta mavjud bo‘lishi shart. Yangi jarayonni 
    tashkil qilishni eski jarayonda nusxa olish yo‘li bilan ham tashkil qilish mumkin, 
    bu holatda yamgi jarayon tugallanishi eski jarayon orqali ham amalga oshirilishi 
    mumkin. Har bir jarayon o‘z jarayonini yangi jarayon bilan almashtirib 
    boshqaruvni yangi jarayonga berishi ham mumkin. 
    Ritchi va Tompson (1978) terminologiyasiga asosan dastur bajariladigan 
    muhit, holat (obraz) deyiladi. Holat tarkibiga dastur va unga bog‘liq bo‘lgan 
    berilganlar, ochiq fayllar holati va joriy mundarija kiradi. Holat atributiga 
    foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ayrim identifikatorlar foydalanuvchi uchun 
    ochiq deb hisoblanadi. Jarayonni bunday tashkil qilinishi foydalanuvchiga 


    qo‘shimcha ma’lumot berish va jarayonga aralashish imkoniyatini beradi. Shuni 
    aytish kerakki, barcha jarayonlar uchun ham foydalanuvchi atributi mavjud emas. 
    Bunday holat jarayon yaratgan jarayonlarda vujudga keladi. Bunday jarayonlarga 
    foydalanuvchi aralashuvi maxsus sistemali buyruqlar asosida amalga oshirilishi 
    mumkin. Sistemada jarayonga ko‘makchi jarayonlar mavjud bo‘ladi. 
    Sistemadagi ko‘pgina jarayonlar kutish holatiga o‘tishi berilganlarni kiritish 
    va chiqarish yoki biron – bir sistemali funksiyani bajarilishini kutish bilan bog‘liq 
    bo‘ladi. Har bir real sistemada bir vaqtda mavjud bo‘lgan jarayonlar 
    chegaralangan. Bu holat ko‘proq kompyuterning real fizik imkoniyatlaridan kelib 
    chiqadi.
    Berilganlar segmentiga foydalanuvchi berilganlarni kiritishi mumkin va bu 
    sigment boshqa foydalanuvchilardan himoyalangan. Foydalanuvchi bu orqali 
    dasturiy usul bilan kengaytirishi yoki qisqartirishi mumkin. Berilganlar sigmenti
     
    hajmi OC da qabul qilingan oraliq bilan aniqlanadi yoki real foydalanuvchi 
    ehtiyojiga qarab tashkil qilinadi. Xotira chegaralanganligi sababli, OC dan 
    foydalanuvchi ehtiyojini to‘liq qondira olmasiligi ham mumkin. 

    Download 0,73 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




    Download 0,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

    Download 0,73 Mb.
    Pdf ko'rish