hisoblanadi. Ishlovchi dastur uchun kerakli bo‘lgan resurs uning uchun har doim
ishga tayyor holatida bo‘ladi. Agarda ishlayotgan dastur uchun kerak bo‘lgan
resurs ishlayotgan dasturga nisbatan yuqoriroq prioritetli (afzalikka ega bo‘lgan)
dastur bilan band bo‘lsa, ishlovchi dastur kutish holatiga o‘tkaziladi. OC ning
ayrim buyruqlari foydalanuvchi dasturiga nisbatan prioriteti yuqori hisoblanadi.
Albatta, ixtiyoriy OC ga foydalanuvchi dasturi ishini to‘xtatish imkoniyatini
beradigan buyruq kiritilishi zarur.
Blokirovka qilingan. Dastur ishlashi uchun ayrim resurslar yetarli bo‘lmasa
sistema bunday dasturni blokirovka qilib qo‘yadi. Ya’ni bunda dasturga nisbatan
sistema holati aniqlanmagan hisoblanadi. Odatda, bunday holatda sistema
foydalanuvchining aralashinuvini talab qiladi.