Kommunikatsiya esa-bu sistema dasturi va buyruqlari orasidagi o‘zaro
berilganlarni almashishdir, ya’ni berilganlarni uzatish OC ichida amalga oshiriladi.
Operatsion sistemaninig qoshimcha funksiyalari.
Berilganlarga ishlov
berish. Berilganlar kompyuter xotirasida turli ko‘rinishda saqlanadi. Bular
avvaldan kelishilgan xolda bo‘ladi. Masalan, dastur saqlanish prinsipi bilan
berilganlarni saqlanishi turlichia bo‘ladi, biron-bir matn muharriri yordamida xosil
qilingan ma’lumot boshqa muharrir yordamida hosil qilingan ma’lumotlarning
ichki ko‘rinishidan farq qiladi. Har bir malumotning ichki tuzilish avvaldan
tanlabolingan kodlash usuli yordamida xosil qilinadi. Kodlar turlari va kodlash
usulari turlicha. Ularni qanday ko‘rinishda tanlab olish va ishlatish bevosita
sistema ijodkorlariga bog‘liq. Odatda, biron-bir kodlash usuli ma’lum bir turdagi
kompyuter (dasturiy ta’minot bilan birga) uchun tanlab olinadi va bu turdagi
kompyuter takomillashsa, kodlash usulini saqlab qolishga harakat qilinadi. Bundan
shunday xulosa qilishimiz mumkin, OC tarkibidagi berilganlarga ishlov beruvchi
dastur berilgan dastur berilganlar tuzilishini aniqlab dastur, arifmetik konstanta,
berilganlar majmuasi (matn) va h.k. kerakli usulda tahlil qilib, ko‘zda tutilgan ishni
bajaradi.
Virtual xotirami boshqarish.
OC tarkibiga virtual (faraziy) xotiraga ishlov
beruvchi dastur kiritiladi. Virtual xotira – bu taxmin (tasavvur) qilinadigan xotira.
Virtual xotira hajmi real fizik xotira hajmidan ko‘p bo‘ladi. Bunday usulni tanlab
olish sabablari, birinchidan, hotiraninig har bir manzilini tanlash manzilini tanlash
bo‘lsa, ikkinchidan, real operativ xotiraning tannarxi birmuncha qimmatligidadir.
Shuni eslatib o‘tish kerakki, albatta protsessor virtual xotirag ishlov berishda real
fizik xotiraga ishlov berishga nisbatan ko‘proq vaqt sarflaydi. Virtual xotira
varaqma-varaq tashkil qilinadi. Har bir varaqda aniqlangan xotiraning malumot
birligi uchun o‘z manzili mavjud bo‘ladi. Bu manzillar ketma-ketligi ularning
ko‘rinishi va yozilishi har bir varaq uchun bir xil bo‘ladi. Virtual xotiraning real
adresi xisoblanganda varaqdagi manzil qiymatiga varaq koeffitsienti qo‘shiladi.
Shu sababli manzillar chalkashiligi oldi olinadi. Ya’ni agar biz bir necha nomdagi
ko‘chani qarasak, har bir ko‘chada 13-uy mavjud bo‘lsa, xa rbir 13-uy manzili
turli bo‘ladi, chunki ko‘chalar nomi turli.