Berilganlarni saqlanishi:
*Ketma-ket, agar foydalaniladigan berilganlar xoirada ketma-ket joylashgan
bo‘lsa, u holda xotiraning navbatdagi manzilidan berilganlarni olish uchun har
safar keyingi manzil qidirilmasdan kerakli berilganlar ketma-ket tanlab olinadi.
*Indeksli, berilganlarning navbatdagi qismi tugagandan so‘ng o‘zining
davomi qayerda joylashganligi xaqidagi malumot bevosita berilganlardan keyin
joylashgan bo‘ladi bu ma’lumot tahlil qilinib, berilganlarning ko‘rsatilgan joydan
boshlab talqin qilinadi.
*Indeksli-ketma-ket, indeksli boshqarishdan farqi berilganlar davomi
ko‘rsatilgan joydan bir emas balki bir nechta berilganlar birligidan iborat ketma-
ketlik ko‘rinishda beriladi.
Himoya.
OC da ishlatiladigan berilganlar himoyalangan bo‘lishi kerak.
Himoyalanish OC tarkibiga kirgan dasturdan, foydalanuvchi dasturidan va
foydalanuvchining biron-bir harakatidan bo‘ladi. Har qanday OC o‘z tarkibiga
kirgan dasturlarni himoyalashi ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Biroq, bu himoyalanish
buzilishi mumkin,buzilish, odatda, tashqi aralashuv natijasida ro‘y beradi. Shu
sababli OC tarkibidagi ayrim dasturlarga kirish umuman ta’qiqlab qo‘yilgan.
Albatta, bunday ta’qiqni malakali foydalanuvchi “aylanib” o‘tishi mumkin, biroq
bunday usul tavsiya qilinmaydi.