Topshiriqni boshqrish tili.
Kompyuterda bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriq
avtomatik tarzda yoki foydalanuvchi aniqlagan parametrlar yordamida bajariladi.
Jarayonni boshqarish uchun OC ga boshqarish tili kiritiladi va topshiriqni bajarish
uchun zarur bo‘lgan resurslar aniqlanadi. Odatda, agar topshiriqni boshqarish tilida
ma’lum
resurslar qayd etilmasa, unda sistema uchun qabul qilingan parametrlar
olinadi. Topshiriqni boshqarish tili hozirgi zamon
shaxsiy kompyuterlarida
sistemani tashkil qilinayotgan paytda tanlab olinadi. Parametrlarni tanlab olish
foydalanuvchining talab va ehtiyojiga qarab amalga oshiriladi.
Har bir sistemani
qo‘shimcha dasturlar bilan boyitish har doim ham yaxshi natijaga olib kelmaydi.
Masalan, funksional jihatdan bir vaqtning o‘zida bir necha dasturning sistemada
saqlanishi sistema uchun kerakli dasturning qilirilishiga ko‘p vaqt va qo‘shimcha
xotira sarflanishiga olib keladi. Shu kabi sistema uchun bevosita zarur bo‘lmagan
dasturning saqlanishi ham shu natijaga olib keladi. Dasturiy ta’minot bo‘yicha
mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchi uchun topshiriqni
boshqarish tilini tahlil
qilish va unga o‘zgarishlar kiritish tavsiya qilinmaydi.
Resurslar taqsimoti.
Avval aytganimizdek,
resurslar fizik va dasturiy
bo‘ladi. OC yordamida resurslar shunday taqsimlanadiki natijada bajarilayotgan
topshiriqlar ma’lium ketma – ketlikda amalga oshiriladi.
Topshiriqlar tili
yordamida foydalanuvchining dasturiy normal ishlashini ta’minlaydigan resurslar
aktiv holatga chiqariladi va topshiriq bajarilishiga qarab ular ma’lum ketma –
ketlikda bajariladi. Resurslar ishlatilishiga ketma –
ketligi boshqarish tili va
foydalanuvchi dasturiy yordamida amalga oshiriladi.
Protsessor vaqti.
Topshiriq bajarilishi uchun ketgan umumiy vaqt
protsessori va kutish vaqti majmuasidan iborat bo‘ladi.
Protsessor vaqti bevosita
foydalanuvchi dasturiga ishlov bergan vaqt bilan aniqlanadi. Qo‘shimcha vaqt bu
OC resurslariga murojat va uni bo‘shashini kutish, muloqot, protsessorga bog‘liq
bo‘lmagan boshqa resurslarning ishlash vaqtidir. Foydalanuvchi
dasturiga ketgan
umumiy vaqtga nisbatan protsessor vaqti salmog‘I har doim kam bo‘ladi.