Masalaning bog‘lanishini boshqarish (ketma – ket, parallel). Masala OC
resurslari bilan ketma – ket yoki parallel bog‘lanishi mumkin. Bunday bog‘lanish,
asosan, resurslarning jarayonga xizmat qilish tezligiga bog‘liq. Agar resurslarning
xizmat qilish tezligi bir xil bo‘lsa, resurslar xizmatga ketma – ket chaqiriladi. Agar
talab qilinayotgan resurs tezligi sekin bo‘lsa va u mustaqil o‘zi masalaga xizmat
qila olsa, u holda bu resursga boshqaruv beriladi va navbatda turgan keyingi resurs
aktiv holatga o‘tadi va x.k. shu bilan birga, masala uchun bir necha resurs parallel
xizmat qiladi. OC tarkibiga masalani hal qiluvchi dasturlarni parallel va ketma –
ket bo‘lgan qismini aniqlaydigan maxsus buyruqlar kiritiladi.
Yordamchi qurilmalar. Aksariyat qurilmalar bilan har bir oniy vaqtda
faqat bitta masalaga xizmat qilishi mumkin. Qurilmalarning bunday ko‘rinishda
ishlashi kompyuterdan noeffektiv foydalanishga olib keladi. Bunday hol
yechilayotgan masalaning hisoblash vaqti ko‘p bo‘lsa, ayniqsa, sezilarlidir. Tezkor
qurilmalar foydalanuvchi uchun, OC ning fayllarini bajarish dasturi yordamida
taqsimlanadi. Tezkor qurilmalarda vujudga keladigan ushlanishlar ularning tez
ishlashi va kiritish – chiqarish so‘roviga ketgan vaqtini inobatga olsak – umumiy
jarayonni qoniqarli deb hisoblasak bo‘ladi. Kompyuter unumdorligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadigan faktorlardan asosiysi kiritish – chiqarish qurilmalarining sekin
ishlashidir. OC kompyuter unumdorligini oshirish uchun
spuling mexanizmini
ishga soladi. Spuling – kiritish – chiqarishga mo‘ljallangan berilganlarni avtomatik
tarzda diskka yozib qo‘yuvchi dastur. Spuling tayyorlagan ma’lumot qurilma
tayyor bo‘lganda qo‘yilgan masalaga qarab kiritiladi yoki chiqariladi.
Matematik ta’minot resurslari – berilganlar va dastur bajarilishini nazorat
qiluvchi, foydalanuvchidan himoyalanmagan funksiyalar majmuasidan iborat. Bu
resurslar orasida sistema rejalashtirish, sistema kutubxonalari, fayllarni boshqarish
va kiritish – chiqarishga xizmat qiluvchi servis (xizmat ko‘rsatuvchi) dasturlar
mavjud.