• Kompyuter bilan muloqot.
  • Kompyuterning ishonchliligini ta’minlash.
  • Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




    Download 0,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/15
    Sana06.06.2024
    Hajmi0,73 Mb.
    #260978
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    SAIDA O.T.

    Effektiv joylashtirish. 
    Berilganlarni qay tartibda joylashtirish sistemasini 
    mukammal ishlashiga omil bo‘ladi. Berilganlar pog‘ona – pog‘ona joylashtiriladi. 
    Bunda ko‘p ishlatiladigan berilganlar oldingi “fon”da, kamroq ishlatiladiganlar esa 
    keyingi bo‘limlarda joylashtiriladi. Albatta, joylashtirishda ikkita berilganlar 
    majmuasi o‘rtasida bo‘sh joylar qoldirmaslikka harakat qilinadi. Berilganlar 
    majmuasi orasida bo‘sh joy hosil bo‘lishi mumkinmi? Ha, mumkin. Bu 
    berilganlarning saqlanishining ichki tuzulishidan kelib chiqadi. OC berilganlarni 
    effektiv joylashtirishi uchun shunga o‘xshash holatlarni hisobga olgan holda 
    joylashtiradi. 
    Kompyuter bilan muloqot. 
    OC ning ayrim resurslarida kompyuter bilan 
    muloqot ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, foydalanuvchi ham o‘z dasturiga 
    muloqotni kiritishi mumkin. Muloqot tashabbuskori sistema yoki foydalanuvchi 
    bo‘lishi mumkin. Tashabbuskor sistema bo‘lganda, sistema hosil bo‘lgan holatdan 
    boshqa holatga o‘tish yo‘lini foydalanuvchi tavsiyaga asosan bajaradi. Bunday 
    holatlar rejali yoki rejasiz bo‘lishi mumkin. Rejali holat sistemada ko‘zda tutilgan 
    bo‘lib foydalanuvchining javobi sistema unumdorligini oshirishga olib keladi. 
    Rejada ko‘zda tutilmagan muloqotda esa sistema jarayonni qay tartibda bajarishni 
    “bilmaydi” va “tupik” holat vujudga kelishi ham mumkin. (Masalan, 
    foydalanuvchi dasturi sistemada mavjud bo‘lmagan resurni talab qilishi). Muloqot 
    tashabbuskori foydalanuvchi bo‘lganda, sistema kutish holatiga o‘tadi va 


    foydalanuvchining buyrug‘iga asosan ishni davom ettiradi. (Masalan, sistema 
    xizmat qilayotgan dasturni vaqtincha yoki umuman to‘xtatish). 
    Kompyuterning ishonchliligini ta’minlash.
    Kompyuterning qurilmalari 
    normal ishlashi uchun ma’lum shart – sharoitlar bajarilishi talab qilinadi, bular 
    elektr manbai parametrlari, tashqi muhit temiraturasi va boshqalardir. Bu shart – 
    sharoitlardan chetga chiqish kompyuter apparaturasida uzilishga yoki noto‘g‘ri 
    ishlashiga olib keladi. OC da apparatura noto‘g‘ri ishlashi natijasida paydo 
    bo‘ladigan xatolikni inkor qiluvchi dastur mavjud bo‘lib, zaruriyat tug‘ilganda 
    sistema tashabbusi bilan bu dastur ishlaydi va hosil bo‘lgan xatolikka ishlov 
    beradi. Bundan tashqari, dasturiy resurslar noto‘g‘ri ishlashi natijasida xatolik 
    vujudga keladi. Bu vaziyatda ishlatilayotgan dasturning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri 
    ishlatilayotganligini aniqlash uchun turli uslublardan foydalaniladi. Bunday 
    uslublardan biri quyidagicha. OC tarkibiga maxsus dastur kiritiladi va bu dastur 
    berilganlarga ishlov berishdan avval va ishlov bergandan so‘ng tekshiriladi. Shu 
    dastur kodlari yig‘indisi tekshiriladi, agarda hosil bo‘lgan kod avvaldan shu dastur 
    uchun aniqlanga kodga teng bo‘lsa, u holda dastur to‘g‘ri ishlaydi yoki ishlagan 
    dbe talqin qilinadi. Odatda, OC tarkibiga kirgan barcha dasturlar uchun yagona kod 
    tanlanadi, masalan barcha bitlar nolga tenglab olinadi. Buning uchun dasturning 
    oxirgi buyrug‘idan keyin nol kodiga to‘ldiruvchi bo‘lgan kod tanlanadi va bu kodni 
    dastur kodlari bilan yig‘indisi nol kodini beradi. Shu bilan dastur ishi natijasining 
    ishonchliligiga erishiladi, chunki dasturdagi bitta bitning qiymati o‘zgarishi dastur 
    uchun aniqlangan kontrol yig‘indida boshqa kod hosil qiladi. Bu holatlarni 
    aniqlash va uni tahlil qilish uchun OC tarkibiga maxsus dasturlar kiritiladi. 

    Download 0,73 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

    Download 0,73 Mb.
    Pdf ko'rish