Avval qayd etganimizdek, OC ning asosiy vazifasi bu –resurslar taqsimoti
va boshqarishdan iborat.OC foydalanuvchini resurslar taqsimotidan ozod qilib
kompyuterni uch xil rejimda ishlashini ta’milashi mumkin: bir dasturlik; ko‘p
dasturlik; ko‘p masalali.
Bir dasturli rejim – kompyuterning barcha resurslari faqat bir dasturga
xizmat qiladi.
Ko‘p dasturli rejim (multidastur) – OC bir vaqtning o‘zida bir – biriga
bog‘liq bo‘lmagan bir necha dasturlarga xizmat qiladi. Bunda resurslar dasturlar
o‘rtasida o‘zaro taqsimlanadi. “multidastur” rejimi markaziy protsessor ish vati
bilan “periferiya” qurilmalari ishini ta’minlashdan iborat. Bu usulning bir dasturli
rejimidan afzalligi resurslardan effektiv foydalanish va berilgan masala
yechilishini tezlatishdir.