Telekommunikasiyalar texnik vositalarini sertifikatlashtirish qoidalarining tahlili




Download 134,93 Kb.
bet2/5
Sana09.02.2024
Hajmi134,93 Kb.
#153772
1   2   3   4   5
Bog'liq
meeeett

32 Telekommunikasiyalar texnik vositalarini sertifikatlashtirish qoidalarining tahlili.Telekommunikatsiyalar texnik vositalarini sertifikat-lashtirish tizimida sertifikatlashtirishni о‘tkazish qoidalari quyidagi asosiy bosqichlarni о‘z ichiga oladi:

  • buyurtmachi tomonidan sertifikatlashtirishni о‘tkazish uchun buyurtma berilishi;

  • sertifikatlashtirishga berilgan buyurtma bо‘yicha qaror qabul qilish;

  • telekommunikatsiyalar texnik vositalarining namunalarini tanlash va identifikatsiyalash;

  • sertifikatlash sinovlarining dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;

  • telekommunikatsiyalar texnik vositalarining sertifikatsiya sinovlarini о‘tkazish (6 va 9-sertifikatlashtirish sxemalaridan tashqari);

  • telekommunikatsiyalar texnik vositalarini ishlab chiqarish holatini о‘rganib chiqish (3, 4 va 5-sertifikatlashtirish sxemalari uchun);

  • sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish (5 va 6-sertifikatlashtirish sxemalari uchun);

  • telekommunikatsiyalar texnik vositalarini sertifikat-lashtirish sinovlari bо‘yicha olingan natijalarning tahlili;

  • muvofiqlik sertifikatini berish mumkinligi (berish mumkin emasligi) tо‘g‘risida xulosa yasash;

  • muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va taqdim etish (agar sertifikatlashtirish sxemasida bu nazarda tutilgan bо‘lsa), muvofiqlikni tasdiqlash belgisidan foydalanish huquqini berish;

  • xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish;

  • telekommunikatsiyalar texnik vositalari sertifikatlangan turlarining inspeksiya nazoratini о‘tkazish;

  • appelyatsiyalarni qarab chiqish;

Sertifikatlashtirish bо‘yicha idora telekommunikatsiyalar texnik vositalarining sertifikatlashtirilishi tо‘g‘risidagi buyurtma bо‘yicha qabul qilingan qarorda quyidagilar kо‘rsatiladi:

  • telekommunikatsiyalar texnik vositalarini sertifikatlash-tirilishini о‘tkazish imkoniyatining mavjud yoki mavjud emasligi tо‘g‘risidagi axborot;

  • telekommunikatsiyalar texnik vositalarining nomlanishi, tashkilot va tayyorlangan mamlakatlar;

  • telekommunikatsiyalar texnik vositalari partiyasining о‘lchami (7-sxema uchun);

  • sertifikatlashtirishni о‘tkazish sxemasi;

  • telekommunikatsiyalar texnik vositalarini sertifikat-lashtirish sinovlarini о‘tkazish bо‘yicha talablarni о‘rnatuvchi meyoriy hujjatlarning nomrо‘yxati;

  • telekommunikatsiyalar texnik vositalarini identifikatsiyalash va namunalarni tanlash joyi;

  • telekommunikatsiyalar texnik vositalarining sinovlarini о‘tkazish joyi;

  • sertifikatlashtirish sinovlari о‘tkaziladigan sinash laboratoriyasi (sinash markazi)ning nomi;

  • telekommunikatsiyalar texnik vositalari qо‘llaniladigan ishlab chiqarish korxonasining holatini aniqlash bо‘yicha ishlarni о‘tkazish zarurligi;



Download 134,93 Kb.
1   2   3   4   5




Download 134,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telekommunikasiyalar texnik vositalarini sertifikatlashtirish qoidalarining tahlili

Download 134,93 Kb.