|
Telekommunikasiya texnik vositalarini sertifikatlashtirishning huquqiy asoslarini tahlil qilish
|
bet | 3/5 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 134,93 Kb. | | #153772 |
Bog'liq meeeett31 Telekommunikasiya texnik vositalarini sertifikatlashtirishning huquqiy asoslarini tahlil qilish. Sertifikatlashtirish mahsulotning yuqori sifatini va xavfsizligini ta’minlash shakli sifatida xalqaro miqyosda tan olindi. Sertifikatlashtirish О‘zbekistonga “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish tо‘g‘risida”gi 1993 yilning 28-dekabrida qabul qilingan qonuni orqali kirib keldi. Qonunga muvofiq, sertifikatlashtirish majburiy sertifikatlash-tirilishi kerak bо‘lgan mahsulot va xizmatlar rо‘yxati orqali amalga oshiriladi. Dastlab, bu rо‘yxat 1994 yilda Vazirlar Mahkamasining 409-sonli qarori bilan, keyinchalik, Vazirlar Mahkamasining 2004 yilning 6-iyulidagi 318-sonli qarori bilan yangi rо‘yxat amalga kiritildi.
Telekommunikatsiyalar texnik vositalarini sertifikatlash-tirish tizimi 24.02.1999y. №12-201 tasdiqlangan, qayd qilingan va О‘zbekiston Respublikasining milliy tizimida amalga oshirish uchun kiritilgan (qaydlov raqami NSS.US.10.NS0.002).
«Telekommunikatsiyalar» sertifikatlashtirish tizimi О‘zbekiston hududida ishlab chiqariladigan hamda boshqa davlatlardan keltirilayotgan TTV uchun muvofiqlikni tasdiqlashning yagona qoidalari va tartibini nazarda tutadi.
TTVni sertifikatlashtirishning asosiy protseduralari О‘z SMT va belgilangan tartibda «О‘zstandart» agentligida rо‘yxatga olingan Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlash-tirish tizimining normativ hujjatlari bilan tartibga solingan.
Quyidagilar sertifikatlashtirishning huquqiy va meyoriy asoslarini tashkil qiladi:
О‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish tо‘g‘risida”gi Qonuni;
О‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi tо‘g‘risida”gi Qonuni;
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 avgustdagi 409-sonli “Sertifikatlanishi majburiy bо‘lgan mahsulotlar rо‘yxatini, sertifikatlashtirishni о‘tkazish tartibini, О‘zbekiston Respublikasi hududiga xavfsiz ekanini tasdiqlash talab qilinuvchi tovarlarni olib kirish va о‘z hududidan olib chiqishi tartiblarini tasdiqlash haqida”gi qarori;
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktabrdagi 342-sonli “Mahsulot va xizmatlarni standartlashtirish, metrologiyasi va sertifikatlashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi qarori;
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 dekabrdagi 427-sonli “О‘zbekiston Respublikasiga iste’mol tovarlarini olib kirishni takomillashtirish bо‘yicha chora-tadbirlarni tatbiq etish haqida”gi qarori;
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi qarori;
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli “Mahsulotlar va xizmatlarning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish soha-tadbirlari tо‘g‘risida” qarori.
Sertifikatlashtirish milliy tizimining asoslanuvchi meyoriy hujjatlari
|
| |