• 28. Sertifikatlashtirishning qonuniy va meyoriy-huquqiy asoslari va milliy tizimi
  • Mahsulotlarni ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirish




    Download 134,93 Kb.
    bet5/5
    Sana09.02.2024
    Hajmi134,93 Kb.
    #153772
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    meeeett

    29. Mahsulotlarni ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirish
    Qonunning 17-18-19-moddalarida ixtiyoriy sertifikatlashtirish, uni amalga oshiruvchi subyektlar, ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlari haqida ma’lumotlar berilgan.
    Jumladan, har qanday mahsulot normativ hujjatlarning talablariga muvofiq ekanligini tasdiqlash uchun u yuridik va jismoniy shaxsning tashabbusi bilan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan о‘tkazilishi mumkinligi;
    –ixtiyoriy sertifikatlashtirishni «О‘zstandart» belgilab qо‘ygan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirishga haqli ekanligi;
    –sertifikatlashtirish qoidalari va tartibini belgilovchi ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlarini akkreditatsiya qilingan organlar «О‘zstandart» bilan kelishgan holda belgilashi belgilab qо‘yilgan.
    Sertifikatlashtirilishi shart bо‘lgan mahsulotlarni О‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish tartibini О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
    Quyidagi ishlar:
    –sertifikatlashtirishni rivojlantirishning istiqbollari-ni, uni о‘tkazish qoidalari va tavsiyalarini ishlab chiqish;
    –sertifikatlashtirish sohasida rasmiy axborotlar bnlan ta’minlash;
    –xalqaro (mintaqaviy) sertifikatlashtirish tashkilotlari ishida qatnashish hamda chet el milliy serti­fikatlashtirish organlari bilan birgalikda ishlar о‘tkazish;
    –sertifikatlashtirish yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) qoidalar va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni ishlab chiqishda qatnashish;
    –sertifikatlashtirish yuzasidan umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot ishlari ia boshqa ishlar olib borish;
    –sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan hamda sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi va nazorati olib borish ishlari davlat tomonidan moliyaviy ta’minlanadi
    28. Sertifikatlashtirishning qonuniy va meyoriy-huquqiy asoslari va milliy tizimi
    Quyidagilar sertifikatlashtirishning qonuniy va meyoriy-huquqiy asoslarini tashkil etadi:
    О‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish tо‘g‘risida”gi Qonuni;
    О‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi tо‘g‘risida”gi Qonuni;
    О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 avgustdagi 409-sonli “Sertifikatlanishi majburiy bо‘lgan mahsulotlar rо‘yxatini, sertifikatlashtirishni о‘tkazish tartibini, О‘zbekiston Respublikasi hududiga xavfsiz ekanini tasdiqlash talab qilinuvchi tovarlarni olib kirish va о‘z hududidan olib chiqishi tartiblarini tasdiqlash haqida”gi qarori;
    О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktabrdagi 342-sonli “Mahsulot va xizmatlarni standartlashtirish, metrologiyasi va sertifikatlashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi qarori;
    Sertifikatlashtirish milliy tizimining asoslanuvchi meyoriy hujjatlari
    “О‘zstandart” agentligi О‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bо‘yicha milliy organi bо‘lib, amaldagi qonunchilikka binoan quyidagi faoliyatlarni bajaradi:
    – sertifikatlashtirishsohasidadavlatsiyosatiniamalgaoshiradi;
    –mahsulotlar, ishlar va xizmatlar sertifikatlanishini о‘tkazish bо‘yicha xalqaro meyorlar va standartlar bilan uyg‘unlashgan umumiy qoidalar hamda tartiblarni о‘rnatadi;
    –sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bо‘yicha dasturlar loyihalarini ishlab chiqadi va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kо‘rib chiqish uchun taqdim etadi;
    –Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlariga qо‘shilish haqidagi qarorlarni qabul qiladi hamda standartlashtirish natijalarini о‘zaro tan olish xususida kelishuvlar tuzadi;
    –О‘zga davlatlar bilan о‘zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda sertifikatlashtirish masalalari bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi nomidan ish kо‘radi.
    Download 134,93 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 134,93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulotlarni ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirish

    Download 134,93 Kb.