|
Tovarlar nomenklaturasining ahamiyati Номенклатура – лотинча «nomenclaturа»
|
bet | 4/5 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 134,93 Kb. | | #153772 |
Bog'liq meeeettSertifikatlashtirish sxemalari
Sertifikatlashtirish bо‘yicha ISO tarkibidagi qо‘mita tomonidan tayyorlangan hujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladigan sertifikatlashtirishning 9 ta sxemasi berilgan bо‘lib, respublikamizda ham aynan shu 9 ta sxema tatbiq etilgan.
Birinchi sxema. Bu sxema bilan faqat mahsulot namunalari turlarini standartlar talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan о‘tkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan namunalarning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xolos. Bu yо‘l о‘zining soddaligi va unga kо‘p xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va xalqaro savdo munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan.
Ikkinchi sxema. Bu sxemada, mahsulotning namuna turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan о‘tkazilib, sо‘ngra uning sifatini savdo shahobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat qilib boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baholash bilan seriyali chiqayotgan mahsulotning ham sifatini baholash imkonini beradi. Usulning afzalligi - uning soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar natijasiga qarab, agar mahsulot standart talablariga nomuvofiqligi aniqlansa, baribir uni savdo shahobchalaridan chiqarib tashlash mumkin bо‘lmaydi yoki uni chiqarib tashlash uchun birmuncha qiyinchiliklar tug‘iladi.
1-6 va 9a-10a sxemalar seriyali ishlab chiqariladigan sertifikatlashtirishda qо‘llaniladi;
7, 8, 9 sxemalari shlab chiqariladigan buyumlar partiyasini yoki yagona nusxasini sertifikatlashtirishda qо‘llaniladi;
1-sxemani mahsulotni chegaralangan hajmda sotish va ishlab chiqarishda qо‘llash tavsiya etiladi;
1a, 2a, 3a, 4a, 9a va 10a sxemalarni 1, 2, 3, 4, 9 va 10 sxemalarningо‘rnigaqо‘llashtavsiyaqilinadi, agardasertifikatlovchi organ (idora)da tayyorlovchiningmahsulotxarakteristikasiningbarqarorliginita’minlashimkoniyatitо‘g‘risidaaxborotibо‘lmasa;
5-sxema qat’iy sxema hisoblanadi. Ushbu sxema ishlabchiqariluvchimahsulotningxarakteristikalarigaoshirilgantalablarо‘rnatilganhollardaqо‘llaniladi.
3a, 4a va 5 sxemalardan ixtiyoriy sertifikatlashtirish bо‘yicha ishlarni о‘tkazishda foydalaniladi.
9-10a sxemalar xorijdagi sertifikatlashtirish tajribalari asosida yaqindagina kiritilgan. Agar, bayonotdagi sertifikatlashtirishdan tashqarida bо‘lgan hujjatlar bevosita va bilvosita ravishda mahsulotning о‘rnatilgan talablarga muvofiqlikni tasdiqlasa, u holda, sertifikatlovchi organ (idora) taqdim qilingan hujjatlar va muvofiqlik bayonoti asosida qо‘shimcha sinovlarni о‘tkazmasdan sertifikat berishi mumkin
|
| |