Yo’l xo’jaligidagi aylanma mablag’lar va kapitalning




Download 81,78 Kb.
bet2/9
Sana31.01.2024
Hajmi81,78 Kb.
#149245
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Transport iqtisodiyoti-fayllar.org

Yo’l xo’jaligidagi aylanma mablag’lar va kapitalning
iqtisodiy xususiyatlari va vazifalari
Aylanma mablag‘lar iqtisodiy kategoriya sifatida kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydilar va ikki xil – ishlab chiqarish aylanma fondlari va muomala fondlari ko‘rinishida bo‘ladi. Ishlab chiqarishning aylanma fondlari bitta ishlab chiqarish tsiklida ishtirok etib, o‘zining buyum ko‘rinishini o‘zgartiradi va o‘z qiymatlarini tayyorlagan mahsulot qiymatiga to‘liq o‘tkazadi. Muomala mablag‘lari (hisob-kitoblardagi mablag‘lar, kassadagi va schetlardagi pul mablag‘lari) to‘xtovsiz ravishda doimo aylanma fondlarning tovar ko‘rinishidagi pul ko‘rinishiga, pul ko‘rinishidagi tovar ko‘rinishiga aylanib turishlarini, ya’ni qayta ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydilar. Aylanma mablag‘lar harakati hisobi butun tarmoqlar va alohida korxonalar bo‘yicha olib boriladi. Aylanma mablag‘larni quyidagi elementlar bo‘yicha taqsimlanishini ko‘zda tutadi: tovar-material boyliklar, jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar, pul mablag‘lari, debitorlar, boshqa aylanma mablag‘lar. O‘z navbatida, tovar-material boyliklar ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari, tayyor mahsulot, tovarlar va hokazolardan tashkil topadi. Aylanma mablag‘larning doimiy ravishda ishlab chiqarish sferasidan muomala sferasiga, so‘ngra yana ishlab chiqarish sferasiga o‘tib turishi, mablag‘larning aylanishi, deb nomlanadigan iqtisodiy jarayonni harakterlaydi. Aylanish tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, yo‘l xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonini normal kechishligi uchun shunchalik kamroq mablag‘ kerak bo‘ladi. Yo‘l xo‘jaliklari aylanma mablag‘larining tarkibi umumiy iqtisodiyotdagi aylanma mablag‘lar tarkibi bilan deyarli bir xil, lyokin yo‘l xo‘jaliklarining vazifalari va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lgan o‘z xususiyatlariga ega. Yo‘l xo‘jaliklari uch xil turdagi faoliyat bo‘yicha harakterlanadilar: pudrat qurilishi, yo‘llarni tasarruf etish, sanoat ishlab chiqarishi. Har qaysi faoliyat turi bo‘yicha aylanma mablag‘larni balans moddalari bo‘yicha yagona usulda guruhlashtiriladi. I. Ishlab chiqarish aylanma fondlari. A. Ishlab chiqarish zahiralari (asosiy materiallar, konstruktsiyalar va detallar, kam qiymatli va tez Yeyiluvchi predmetlar, boshqa materiallar va yonilg‘i). B. Ishlab chiqarishdagi mablag‘lar (tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari). II. Muomala fondlari. A.Tayyor mahsulot; B. Pul mablag‘lari; V. Hisob-kitoblardagi mablag‘lar. Asosiy materiallar, konstruktsiyalar, detallar (sheben, shag‘al,qum, g‘isht, yig‘ma konstruktsiyalar, qurilish va arxitektura detallari) ishlab chiqariladigan mahsulotning buyumlashgan asosini tashkil qiladi. Kam qiymatli va tez Yeyiluvchi predmetlarga xo‘jalik inventarlari, hizmat muddati bir yilgacha va narxi 10000 so‘m gacha bo‘lgan asbob-uskunalar kiradi. Boshqa materiallar va yonilg‘i qurilish mahsuloti tarkibiga buyum sifatida kirmaydi. Tugallanmagan ishlab chiqarish – bu buyurtmachiga topshirilmagan va haqi to‘lanmagan, tugallanmagan qurilish mahsuloti yoki qurilish-montaj ishlaridir. Tugallanmagan ishlab chiqarish yo‘l tashkilotlarining balansida hisobga olinadi. Kelgusi davr xarajatlari ishlab chiqarishga birdaniga qilinadigan, lyokin mahsulot yoki bajarilgan ishlar tannarxiga asta-syokin ma’lum qismlarda o‘tkaziladigan xarajatlardir. Bu xarajatlarning asosiy maqsad vazifasi oldinda kutilayotgan ishlab chiqarish jarayoniga tayyorgarchilikdan iborat. Yo‘l xo‘jaliklarida kelgusi davr xarajatlariga quyidagilar kiradi: -titulda hisobga olinmagan vaqtinchalik inshootlar va moslamalarga bo‘ladigan xarajatlar; -mashinalarni tasarruf etish qiymatlariga kiruvchi - ularni qurilish maydoniga Yetkazib kelish va joyida montaj qilishga birdaniga bo‘ladigan xarajatlar; -trassa bo‘ylab vaqtinchalik tosh materiallari karerlarini ochishga bo‘ladigan xarajatlar. Yo‘l xo‘jaligida tayyor mahsulot faqat sanoat ishlab chiqarishidagina hisobga olinadi va qurilish hamda tasarruf faoliyatlarida u deyarli yo‘q, chunki buyurtmachi uchun tayyorlangan mahsulot to‘planib qolmaydi, omborxonada saqlanmaydi va darhol ishlatila boshlaydi. Buyurtmachilar bilan hisob-kitoblardagi mablag‘lar bu yo‘l tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar uchun taqdim etilgan schetlardagi, lyokin hali to‘lov muddati Yetib kelmagan mablag‘lardir.

Download 81,78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 81,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo’l xo’jaligidagi aylanma mablag’lar va kapitalning

Download 81,78 Kb.