|
Transport iqtisodiyoti
|
bet | 4/9 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 81,78 Kb. | | #149245 |
Bog'liq Transport iqtisodiyoti-fayllar.orgNp.z. Ntek Npodg Ntr Ngar
Joriy zahiraning miqdori materiallarning Yetib kelish vaqti va ularni to‘xtovsiz iste’mol etilishlari bilan bog‘liq. U Yetkazib berishlarning vaqti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq, chunki materiallar qanchalik tez-tez keltirilib turilsa, shunchalik joriy zahira miqdori kamroq bo‘ladi. Joriy zahira me’yori odatda ikkita Yetkazib berishlar orasidagi vaqt intervalining 50 foiz miqdorida qabul qilinadi. Tayyorgarchilik zahirasi komplektlanish, materiallar sifatini laboratoriyada tekshirish, materialni qabul qilish va omborxonadan Yetkazib olib kelish vaqtlarini hisobga oladi. Transport zahirasi moddiy boyliklarning temir yo‘l orqali Yetib kelishi vaqti bilan to‘lov hujjatlarini pochta orqali Yetib kelish vaqtlari orasidagi farqdan iborat. Kafolat zahirasi Yetkazib berishlardagi bir maromlilikni kutilmagan holda buzishlarini oldini olish uchun kerak. Uning miqdori joriy zahira me’yorining 50 foiz miqdorida qabul qilinadi. Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan aylanma mablag‘lar me’yori, ya’ni yonilg‘i va boshqa materiallar zahirasini hosil qilish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar me’yori ham, rejalashtirilayotgan davrdan oldingi yilda amalda mavjud bo‘lgan o‘rtacha ma’lumotlarga asoslanib, kunlarda belgilanadi. Kam qiymatli va tez Yeyilib ketadigan predmetlar zahirasini hosil qilish uchun kerak bo‘ladigan aylanma mablag‘lar me’yori ham rejalashtirilayotgan yildan avvalgi yil hisobotlari asosida aniqlanadi va bir ishlovchiga nisbatan pul ko‘rinishida belgilanadi.
Aylanma mablag‘larni ishlab chiqarish jarayonida me’yorlashtirish. Ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan aylanma mablag‘lar tarkibining eng ko‘p qismini tugallanmagan ishlab chiqarishdagi mablag‘lar tashkil etadi. Ularning miqdori bajarilgan ishlar uchun qabul qilingan to‘lovlar tizimiga bog‘liq. Tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha aylanma mablag‘larni me’yorlashtirishda hisob-kitoblar ob’ektlar bo‘yicha alohida-alohida amalga oshiriladi, ya’ni barcha ishlar tugagandan so‘ng to‘lovlar amalga oshiriladigan, tugallangan bosqichlar uchun oraliq to‘lovlarsiz to‘lov amalga oshiriladigan va reja bo‘yicha bajarilgan ishlar hajmi uchun har oyda to‘lovlar amalga oshiriladigan ob’ektlar bo‘yicha va hokazo. Tugallanmagan ishlab chiqarish uchun aylanma mablag‘larning normativi, qurilish-montaj ishlariga bo‘ladigan o‘rtacha bir kunlik xarajat 66 miqdoriga, mablag‘larning tugallanmagan ishlab chiqarish jarayonida bo‘lish vaqtiga va xarajatlarning o‘sib borish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Bajarilgan ishlar uchun (reja bo‘yicha) har oyda muntazam ravishda to‘lovlar amalga oshirilib tursa, tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash uchun aylanma mablag‘lar normativi, korxonaning o‘z kuchi bilan bajariladigan yillik ish hajmining 10 foiz miqdorida belgilanadi. Barcha ishlar tugatilgandan so‘ng yoki ma’lum bir tugatilgan bosqich uchun to‘lovlar amalga oshiriladigan ob’ektlar bo‘yicha, tugallanmagan ishlab chiqarishga aylanma mablag‘lar normativi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
|
| |