|
Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish va rejalashtirish
|
bet | 3/9 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 81,78 Kb. | | #149245 |
Bog'liq Transport iqtisodiyoti-fayllar.orgAylanma mablag‘larni me’yorlashtirish va rejalashtirish
Aylanma mablag‘larni rejalashtirish quyidagilarni ko‘zda tutadi: -aylanma mablag‘larning alohida elementlari bo‘yicha me’yorlarni hisoblash (kun, foiz); -tegishli elementlar bo‘yicha bir kunlik aylanish sxemasini aniqlash (pul ko‘rinishida); -pul ko‘rinishida korxonaning o‘ziga tegishli aylanma mablag‘lar normativlarini aniqlash (so‘m); -korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari bo‘yicha belgilangan normativlarni qoplash manbalarini aniqlash. Mablag‘larni limitlashtirish nuqtai nazaridan olganda me’yorlanadigan va me’yorlanmaydigan aylanma mablag‘lar mavjud. Me’yorlanuvchi aylanma mablag‘larga ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va buyurtmachilarga bajarilgan ishlar uchun hisob-kitoblardagi mablag‘lar kiradi. Me’yorlanmaydiganlarga barcha turdagi debitorlik qarzlari: buyurtmachilar uchun bajarilgan, lyokin o‘z vaqtida to‘lanmagan hisob-kitobdagi mablag‘lar, jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan hizmatlar va boshqalar uchun haqlar kiradi. Bu mablag‘larning miqdori operativ ravishda aniqlanadi. Me’yorlashtirish - aylanma mablag‘larni tashkil etish va ulardan foydalanishni nazorat etishning muhim vositasidir. Me’yorlashtirishning to‘g‘ri tashkil etilishi qurilishni zarur resurslar bilan ta’minlash va ulardan ratsional foydalanish sharoitini yaratadi. Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish - bu har bir pudratchi tashkilot bo‘yicha ularning zaruriy minimal miqdorini to‘lig‘icha va alohida elementlari bo‘yicha belgilashdir. Qurilish faoliyati bo‘yicha aylanma mablag‘larning miqdori davlat pudrat tashkilotlarida aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish to‘g‘risidagi instruktsiyaga muvofiq ravishda belgilanadi. Belgilangan normativ ehtiyoji chegarasida korxonalar o‘zlariga tegishli bo‘lgan aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanadilar. Qurilish tashkilotida o‘ziga qarashli aylanma mablag‘larning pul ko‘rinishidagi normativi rejalashtirilayotgan davr oxirida hisoblanadi, normativga nisbatan asoslangan tarzda bo‘ladigan barcha og‘ishlar qarz mablag‘lar hisobiga qoplanadi. Pudratchi qurilish yoki tasarruf tashkiloti uchun kerak bo‘ladigan aylanma mablag‘larning miqdori konkret sharoitga - ishlar hajmi va strukturasi, materiallar sarfi, mehnat sarfi, ta’minot harakteri va komplektlash, buyurtmachilar bilan hisob-kitob qilish shartlariga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli aylanma mablag‘larni rejalashtirish va me’yorlashtirish moddiy-tovar boyliklari strukturasining har bir tashkil etuvchi bo‘yicha alohida amalga oshiriladi. Me’yorlashtirishning asosida yo‘l tashkilotlari bo‘limlarining konkret ish sharoitlarini hisobga oluvchi aylanma mablag‘lar me’yorlarini ishlab chiqish yotadi. Moddiy boyliklar va xarajatlarning ba’zi turlari bo‘yicha aylanma mablag‘larining har qaysi elementi bo‘yicha me’yorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob-kitob qilish uslubi yordamida ishlab chiqiladi. Me’yorlarni ishlab chiqishda, aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshiruvchi, materiallar va mehnat xarajatlarini kamaytiruvchi, moddiy-texnika ta’minotini yaxshilovchi, buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni mukammallashtiruvchi, hujjatlar aylanishini tezlashtiruvchi, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar hisobga olinishi kerak. Bir xil ish profiliga ega bo‘lgan yo‘l qurilish tashkilotlari uchun, ya’ni ta’minot va bajarilgan ishlar uchun hisob-kitoblari o‘xshash tashkilotlar uchun, yuqori tashkilot aylanma mablag‘lar elementlari bo‘yicha tipik me’yorlar ishlab chiqishi mumkin. Me’yorlar qator yillar mobaynida amal qilib, vaqti-vaqti bilan texnologiyaning o‘zgarishi va qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish, ularning strukturasi va harakteri, moddiy-texnika ta’minoti rejalari, bajarilgan ishlar uchun hisob-kitoblar tizimi va boshqa reja ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar sodir bo‘lgan holatlarda qayta ko‘rib chiqiladi va aniqlashtiriladi. Aylanma mablag‘larning elementlari bo‘yicha tasdiqlangan me’yorlar asosida yo‘l qurilish tashkilotining moliyaviy xodimlari har yili joriy rejani tuzishda korxonaga tegishli aylanma mablag‘lar normativini, yillik reja ko‘rsatkichlariga asoslanib, pul ko‘rinishida aniqlab chiqadilar. Aylanma mablag‘larning pul ko‘rinishida ifodalangan normativi N reja bo‘yicha bir kunlik reyesterlar xarajatini (masalan, asosiy materiallar) zahira kunlarining umumiy me’yoriga xarajat miqdori esa yillik resurslar iste’mol hajmini yildagi kunlar soniga bo‘lib topiladi:
N
bu yerda,
M-materiallar iste’molining yillik hajmi, mln.so‘m; Hh-zahira kunlari soni, kun Ishlab chiqarish zahiralarini rejalashtirish. Ishlab chiqarish jarayonining bir maromliligi va uzluksizligini ta’minlash uchun yo‘l xo‘jaligi bo‘limlari ish sharoitiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish zahiralari bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak. Zahiralar tashkil etish zaruriyati shundaki, alohida turdagi asosiy materiallar turlari bo‘yicha Yetkazib berishlar miqdori, u materiallarni iste’mol qilish muddatlari bilan mos kelmaydi. Davrdan davrga o‘tuvchi zahiralar – bu yo‘l tashkiloti uchun zaruriy bo‘lgan rejadagi material resurslardir. Davrdan davrga o‘tuvchi materiallarning umumiy zahirasi quyidagilarni ko‘zda tutadi: -materiallarning Yetkazib berilishlari orasidagi omborxonada bo‘lish vaqtlari; -ya’ni joriy zahira Ntek (Mjoriy); -materiallarni texnologik jihatdan ishlab chiqarishga tayyorlash vaqti, tayyorgarchilik zahirasi Npodg (Ntayyorg.); -to‘lov hujjatlarining Yetib kelishi bilan moddiy boyliklar Yetib kelishi bilan moddiy boyliklar Yetib kelishi orasidagi vaqt farqi-transport zahirasi Ntr.; -materiallarning qurilish tashkiloti omborxonasida kafolatlangan zahira sifatida bo‘lish vaqti, Ngar (Nkafolat);
|
| |